Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari


Download 242.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana02.01.2022
Hajmi242.47 Kb.
#190969
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari



Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari 

Xalqaro  investitsiya  huquqi    bugungi  kunda  eng  tez  rivojlanayotgan 

huquq  sohalaridan  biri  hisoblanadi.  Chunki  har  bir  rivojlanayotgan  davlat  o’ziga 

investitsiya  chaqirishni,  rivojlangan  davlatlar  esa  endi  rivojlanib  kelayotgan, 

resurslarga  boy  davlatlarga  investitsiya  kiritishni  kundalik  ehtiyojlar  qatoriga 

kiritgan.  Bu  hodisa  har  ikki  tomon  uchun  ham  manfaatli,  investitsiyani  qabul 

qiluvchi  davlat  tashqaridan  va  ichkaridan  kelayotgan  investitsiya  orqali  o’z 

iqtisodiyotini  yana  ham  jadalroq  rivojlantirishni  o’z  oldiga  maqsad  qilib  qo’ygan 

bo’lsa, investorlar esa o’z mablag’larini biror sohaga yo’naltirish ortidan yana ham 

ko’proq boylik ortirish payida. Shu sabali Xalqaro investitsiya huquqini o’rganish 

bugungi  kunning  muhim  masalalaridan  biriga  aylangan.  Shu  sababli  bugun  biz 

Xalqaro  investitsiya  huquqining  prinsiplarini  o’rganib  chiqishni  maqsad  qildik. 

Nimaga  aynan  prinsiplar  degan  savol  tug’ilishi  mumkin.    Chunki  huquq 

prinsiplarining  o’rganilishi  shu  huquqni  to’laqonli  anglab  yetish  uchun  asosiy 

poydevor  bo’lib  xizmat  qiladi.  Xalqaro  investitsiya  huquqida  kelib  chiqadigan 

muammolarning  ko’pchiligi  shu  huquq  prinsiplariga  yetarli  darajada  amal 

qilinmayotganligi  bilan  bog’liq.  Bu  huquq  sohasidagi  prinsiplar  qolgan  huquq 

sohalariga  qaraganda  faolroq  ishlaydi  va  xalqaro  kelishuvlarda  eng  ko’p 

belgilanadigan  prinsiplar  hisoblandi.  Quyida  Xalqaro  investitsiya  huquqining 

prinsiplari bilan birma-bir tanishib chiqamiz.   

1. Adolatli va teng rejim prinsipi (FET); 

2. Investitsiyaning to’liq himoyasi va xavfsizligi prinsipi (Full Protection and 

Security); 

3. Milliy rejim prinsipi (National Treatment); 

4. Eng qulay shartlari rejimi (MFN); 

5. Investitsiyalarni natsionalizatsiya qilish paytida yuzaga kelgan zararni 

qoplash prinsipi; 

6. Subrogatsiya prinsipi (Investitsiya zarar ko’rgan  taqdirda xususiy 

investordan davlatga talab huquqini berish). 

 


Download 242.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling