Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari


Milliy rejim prinsipi (National Treatment)


Download 242.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana02.01.2022
Hajmi242.47 Kb.
#190969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari

Milliy rejim prinsipi (National Treatment) 

Milliy rejim prinsipi bu xorijiy investor va  uning investitsiyasiga nisbatan 

milliy  subyekt va obyektlar uchun belgilangan huquqiy  maqomning qo’llanilishi. 

Bu  prinsipning  maqsadi  investitsiyani  qabul  qiluvchi  davlatni  uning  qonunlari  va 

qoidalarini qabul qilish va qo’llashda chet ellik va mahalliy investorlar o’rtasidagi 

salbiy  farq  bo’lishiga  yo’l  qo’ymaslik  va  shu  bilan  chet  ellik  investorlarning 

pozitsiyasini  teng  darajada  ko’tarish  hisoblanadi.  Bu  prinsip  ikki  tomonlama 

investitsiya  shartnomalarida  belgilab  qo’yiladi.  Bu  prinsipdan  kelib  chiqadigan 

asosiy  nizo  mamlakat  aholisi  va  investorda  mavjud  bo’lgan  holatni  qay  darajada 

bir  xillikda  ushlab  turishda    namoyon  bo’ladi.  Ya’ni  xorijiy  investor  va  mahalliy 

tadbirkorga  yaratilgan  imkoniyatlar    o’rtasida  farq  bo’lmasligi  lozim.  Lekin 

yaratilgan  imkoniyatning,  ko’rsatilayotgan  xizmatning  bir  xil  darajada  bo’lishi 

nimada namoyon bo’lishi aniq belgilab olinmasa, investor va investitsiyani qabul 

qiluvchi  davlat  o’rasida  nizo  kelib  chiqishi  tabiiy.      Shu  o’rinda  AQShning 

tajribasini  qo’llash  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.    AQShga  nisbatan  o’xshashlik 

masalasi nisbatan oddiy chunki xorijiy investor va mahalliy investor  bir-biri bilan 

to’g’ridan-to’g’ri raqobatlashadi.  


Download 242.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling