Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari


Investitsiyalarni natsionalizatsiya qilish paytida yuzaga kelgan zararni


Download 242.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana02.01.2022
Hajmi242.47 Kb.
#190969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari

Investitsiyalarni natsionalizatsiya qilish paytida yuzaga kelgan zararni 

qoplash prinsipi 

 

Qaytarilmaydigan  va  kompensatsiyasiz  ekspropriatsiyadan  investorni 



himoya  qilish  xalqaro  investitsiya  huquqining  asoslaridan  birini  tashkil  etadi. 

Chunki  investorning  mol-mulki  milliylashtirilsa  va  unga  hech  qanday 

kompensatsiya  to’llanmasa  bunday  davlat  investitsion  jozibadorligini  yo’qotadi. 

Shuning  uchun  xalqaro  shartnomalarda  investorning  mulkini  milliylashtirishga 

belgilangan  tartibdan  boshqa  hollarda  yo’l  qo’yilmasligi  belgilangan.  Faqatgina 

xalqaro  huquq  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  muayyan  hollarda  xorijiy 

investitsiyalarni majburiy ravishda olib qo’yish qonuniy va adolatli deb tan olinishi 

mumkin. Xalqaro hujjatlarda belgilangan hollardan tashqari har qanday investitsiya 

obyektlarini milliylashtirish qonunga zid deb topiladi. Bu prinsip ko’pgina hollarda 

davlatlarning  ikki  tomonlama  shartnomalarida  belgilangan  bo’ladi.  Masalan 

O’zbekiston va Turkiya hukumati o’rtasida  investitsiyani o’zraro  rag’batlantirish 

va  himoya  qilish  to’g’risidagi  bitimda  ekspropriatsiya  va  kompensatsiya  to’lash 

tartibi  belgilangan.  Unda    quyidagicha  mazmunda  so’z  yuritiladi  “Investitsiyalar 

ekspropriatsiya  qilinmaydi,  davlat  mulkiga  aylantirilmaydi  yoki  o’xshash 

oqibatlarga olib keladigan boshqa choralar ularga nisbatan bevosita yoki bilvosita 

qo’llanilmaydi,  kamsitilmaydigan  tarzda  tezkor,  mutanosib  va  samarali 

kompensatsiya  to’lovi  amalga  oshirilgan    holda  qonunda  belgilangan  tartibda 

umumiy  tamoillarga  muvofiq  jamoat  maqsadlarida  amalga  oshiriladigan  hollar 

bundan  mustasno”.  Demak    bu  prinsipga  davlat  tomonidan  amal  qilinishi 

investitsiyani jalb qilish uchun yaxshi vosita  hisoblanadi. 




Download 242.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling