Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari


Eng qulay shartlar rejimi (MFN)


Download 242.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana02.01.2022
Hajmi242.47 Kb.
#190969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari

Eng qulay shartlar rejimi (MFN) 

Xalqaro iqtisodiy aloqalar va xalqaro siyosatda eng  maqbul shartlar rejimi 

–bu  xalqaro  savdoda  bir  davlatning  boshqa  bir  davlatga  bergan  moqomi  yoki 

darjasi.  Bu  atama  shuni  anglatadiki,  ushbu  prinsipni  qabul  qiluvchi  mamlakat 

nominal  ravishda  bunday  muomalani  taqdim  etgan  mamlakat  tomonidan    “eng 

maqbul  xalq”  sifatida  teng  savdo  afzalliklariga  ega  bo’lishi  kerak  (savdo 

afzalliklari past tariflar yoki yuqori import kvotalarini o’z ichiga oladi). Eng qulay 

rejim  maqomiga  ega  bo’lgan  davlatga  nisbatan  boshqa  shunday  maqomga  ega 

bo’lgan  davlatga  qaraganda  kamroq  imtiyoz  berilishi  mumkin  emas.  Ikki 

tomonlama  investitsiya  shartnomalarida  ko’rsatilgan    eng  qulay  shartlar  rejimi 

moddalari faqat moddiy normalarni o’z ichiga oladimi yoki protsessual himoyani 

ham  o’z  ichiga  oladimi  degan  munozaralar  mavjud.  Bu  degani  shartnomadagi 

normalar  faqatgina  eng  qulay  rejim  nima  ekanligini  ta’riflaydimi  yoki  prinsip 

buzilsa,  investor  huquqlarini  ham  himoya  qiladimi  degan  anglashilmovchilik 

mavjud.  Mening  fikrimcha  shartnomadagi  normalar  protsessual  huquqlarni  ham 

tartibga  solishi  kerak,  chunki  shartnoma  faqat  moddiy  normalardan  iborat  bo’lib 

qolsa,  protsessual  normalarni  tartibga  solib  bo’lmay  qoladi.  Eng  qulay  shartlar 



rejimi  Jahon  savdo  tashkilotining    savdo  qonunchiligini  asosini  tashkil  etadi.  Bu 

prinsipning  kelib  chiqish  tarixiga  to’xtaladigan  bo’lsak,  bu  prinsipning  dastlabki 

shaklini  XI  asrdayoq  uchratish  mumkin  ekanligi  odamni  xayratga  soladi.  Eng 

qulay shart rejimining bugungi kontsepsiyasi XVIII asrda paydo bo’la boshlagan.  

Bu  rejim  odatda  ikki  tomonlama  shartnomalarda  o’z  aksini  topgan.    Masalan, 

Madrid  shartnomasida  (1667)  Ispaniya  Angliya  eng  qulay  rejim  savdo  maqomini 

bergan.  1794-yildagi  Jey  shartnomasida  AQSh  ham  Buyuk  Britaniyaga  shunday 

savdo maqomini bergan. Demak, bir davlat eng qulay rejim maqomini olishi uchun 

ikki tomonlama shartnoma tuzishi lozim.  


Download 242.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling