Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari


Adolatli va teng rejim prinsipi (FET)


Download 242.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana02.01.2022
Hajmi242.47 Kb.
#190969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari

Adolatli va teng rejim prinsipi (FET) 

Umumiy  ma’noda    “Adolatli  va  teng  rejim  prinsipi”  investitsiya  qabul 

qiluvchi  davlatning  xorijiy  investor  va  investitsiyaga  nisbatan  adolatli  va  teng 

munosabatda  bo’lishini  bildiradi.  Bu  prinsipning  kelib  chiqishi  1948-yilga  borib 

taqaladi.  Bu  prinsip  ilk  marotaba  Xalqaro  Savdo  Tashkilotining  (WTO)  1948-

yildagi Gavana charterida “Adolatli va teng rejim prinsipi” standartlarida  nazarda 



tutilgan.  Keyinchalik    “Adolatli  va  teng  rejim  prinsipi”  AQShning    Friendship, 

Commerce  va  Navigation  (FCN)shartnomasida  ham    nazarda  tutilgan.  Bu 

shartnomalar  birinchi  jahon  urushidan  so’ng  ishlab  chiqilgan  bo’lib  FET  bilan 

bog’liq  xalqaro  standartlarni  o’z  ichiga  oladi.  Ikki  davlat  o’rtasida  “Adolatli  va 

teng  rejim”prinsipiga  amal  qilish  haqida  kelishuv  bo’lmasa  ham  investitsiyani 

qabul  qiluvchi  davlat  investorga  nisbatan    bu  prinsipning  minimal  standartlarini 

bajarishi  lozim.  Bu  prinsipning  eng  minimum  standartlari  1994-yil  1-yanvardan 

kuchga  kirgan  NAFTAning  1105-moddasi  1-qismida  belgilangan.    Unda  har  bir 

tomon  boshqa  investorlarga  tegishli  bo’lgan  investitsiyalarni  xalqaro  huquq 

doirasida himoya qiladi. Shunga ko’ra “Adolatli va teng rejim prinsipi” xavfsiz va 

to’liq himoyalangan. Hozirgi kunda bu prinsipni hamma davlatlar o’rtasidagi ikki 

tomonlama  shartnomalarda  uchratish  mumkin.  Bu  prinsipni  olimlar,  davlat 

xizmatchilari  va  arbitrlar  turlicha  talqin  qilishadi.  Adolatli  va  teng  rejim 

prinsipining quyidagicha o’ziga xos xususiyatlari mavjud. 

1.Adolatli  va  teng  rejim  prinsipining  mohiyati    milliy  qonunchilik  bilan 

emas xalqaro huquq normalari bilan belgilanadi; 

2.  Adolatli  va  teng  rejim  prinsipi  xorijiy  investorga  investitsiyani  qabul 

qiluvchi davlat bir xil muomalada qilganda ham buzilishi mumkin

3. Nizolarning aksariyat qismi shu prinsip buzilganligidan kelib chiqadi; 

4.  Ayrim  ikki  tomonlama  shartnomalarda  “Adolatli  va  teng  rejim 

prinsipi”ning aynan nimadan iborat ekanligi yoziladi. 

Yuqorida  aytib  o’tilgan  xususiyatlardan  kelib  chiqib  shartnomalarda  bu 

prinsipning  aynan  nimadan  iborat  ekanligini  yoritilishi  keyinchalik  tomonlar 

o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan kelishmovchiliklarni oldini olish uchun 

tayanch vazifasini bajaradi. 

Adolatli  va  teng  rejim  prinsipi  quyidagi  elementlardan  iborat.  Bu 

elementlardan birining buzilishi prinsipning buzilishiga olib keladi. 

  Shaffoflik 



  Barqarorlik  

  Investorning qonuniy manfaatlarini himoya qilish 



  Shartnoma majburiyatlariga amal qilish 

 

Adolatli jarayonni ta’minlash 



  Halollik 

  Majburlash va taqib qilishdan ozod qilish 




Mening  fikrimcha  bu  prinsip  agar  shartnomada  aynan  nimadan  iborat 

ekanligi  ko’rsatilmasa  buzilishi  eng  oson  prinsiplardan  biri  hisoblanadi.  Chunki 

adolat va tenglik tushunchalari har bir individual tomonidan turlicha talqin qilinadi. 

Bunday tushunmovchilik bo’lmasligi uchun tomonlar ikki tomonlama investitsiya 

shartnomalarida  “Adolatli  va  teng  rejim  prinsipi”  deganda  aynan  nima  nazarda 

tutilishini kiritishlari lozim. 




Download 242.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling