Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari
Investitsiyaning to’liq himoyasi va xavfsizligi prinsipi (Full Protection
Download 242.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari
Investitsiyaning to’liq himoyasi va xavfsizligi prinsipi (Full Protection
and Security) Ushbu prinsipning kelib chiqish tarixi AQShga borib taqaladi. U quyidagi himoya turlarini o’z ichiga oladi: 1.Investorga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishdan himoya; 2.Investitsiya obyekti va investor hududiga bostirib kirishdan himoya; 3Milliy qonunchilik va uning amaliyoti orqali investorlar huquqlarining buzilishidan himoya. Yuqoridagi prinsipda bo’lgani kabi to’liq himoya va xavfsizlik prinsipining ham har xil talqin qilinishi ko’plar yillar davomida sudlarning ishini murakkablashtirgan. Bir qator sudlar ushbu satandart faqat jismoniy himoyaga tegishli ekanligini ilgari suradilar. Ayni vaqtda boshqa sudlar ushbu standartni jismoniy, moddiy va investor huquqlarining buzilishidan himoyani ham qamrab olishini yoqlaydilar. Birinchi qarashni ilgari surayotgan tomon davlatning vazifasi faqat investorni davlat yoki nodavlat sektor tomonidan sodir etlgan zo’ravonlikdan himoya qilish deb hisoblashadi. Masalan, Saluka-Chexiya (2006) o’rtasidagi nizoda sud tribunali investitsiyaning to’liq himoyasi va xavfsizligi prinsipi faqat jismoniy himoyaga taluqli ekanligini ta’kidladi va quyidagilarni bayon qildi. “To’liq himoya va xavfsizlik standarti asosan chet el investitsiyalarini fuqarolik nizolari va jismoniy zo’ravonlik ta’siriga tushganda qo’llaniladi. To’liq xavfsizlik va himoya qilish prinsipi investorning, investitsiyalarining har qanday buzilishini qoplash uchun emas, balki faqat jismoniy himoya qilish uchun mo’ljallangan”. Lekin hozirgi kunda ko’pchilik bu prinsip faqatgina jismoniy himoyadan iborat emasligini tan olyapti. ”Investitsiyaning to’liq himoyasi va xavsizligi prinsipi” davlatlar o’rtasidagi ikki tomonlama shartnomalarida turli xil iboralar bilan bayon qilinishi mumkin. Masalan, Argentina va Yaponiya o’rtasidagi BITda to’liq himoya va xavsizlik deb nomlangan. Yana bir misol, Yevropa BIT namunalarining 1- moddasida bu prinsip eng doimiy himoya va xavfsizlik deb nomlangan. Investitsiyaning to’liq himoyasi va xavfsizligi prinsipi davlatlar tomonidan tan olinib, bu prinsip xususiyatlariga amal qilinishi davlatning investitsiya sohasidagi maqsadlariga yetishishida ulkan ko’prik yasaydi.
Download 242.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling