Guruh talabasi salaydinova sevara ning


Download 1.41 Mb.
bet6/8
Sana28.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1019259
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
S.S. Kurs ishi

Kimyoviy xossalari:
1. Asetosirka kislota va uning metallar bilan xosil qilgan birikmalari beqarordir, bu kislotani sal qizdirilganda, tuzlari esa qizdirilmasdan ham aseton hosil qilib parchalanadi.
a)
b)
2. Nitril kislotani biriktirib olishi .

3. Fenilgidrazon ta'siri.

4. Asetosirka efir - ketonkislota efiri bo’lganligidan ishqorlar ta'sirida c-c bog’ bo’yicha uzilib parchalanadi.

I.3. Sut kislotasining optik izomeriyasi

Ba’zi moddalar o‘zining fazodagi tuzilishiga ko‘ra fazoviy yoki stereoizomerlarga ega. Etilen uglevodorodlardagi va to‘yinmagan karbon kislotalardagi geometrik (sis-trans) fazoviy izomeriya kabi oksikarbon kislotalarda ham fazoviy optik izomeriya mavjud.


(γ- oksimoy kislota) (γ- oksimoy kislotaning laktoni) 1874- yili golland olimi Y. Vant - Goff va fransuz olimi A. Le - Bel bir-biridan bexabar holda bir vaqtning o‘zida organik moddalardagi har bir uglerod elementining to‘rt valenti to‘rt xil atom yoki atomlar gruppasi bilan birikkan bo‘lsa, shu moddalar asimmetrik markazga ega bo‘lishini isbotlaganlar. Bunday uglerod atomi asimmetrik uglerod atomi deb ataladi. Asimmetrik atom atrofida joylashgan atomlar (o‘rinbosarlar)ni a, b, c va d bilan belgilab, ulardan kichigi d tetraedrning uzoqlashgan qirrasiga joylashgan bo‘lib, qolgan a, b, c lar kattaliklariga qarab d ga nisbatan joylanishidagi aylanish burchagi soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lsa D, soat strelkasining yo‘nalishiga teskari bo‘lsa, L bilan belgilanadi.
D va L ifodalar molekulalarning qutblangan nur tekisligini o‘ngga (+) va chapga (—) burishini ko‘rsatadi.
Masalan, glitserin aldegid molekulasini tetraedr holda olsak, unda eng kichik vodorod atomi uzoqlashgan bo‘lib, qolgan gruppa atomlari asimmetrik markazda soat strelkasiga teskari
yo‘nalishda joylashadi, ya’ni L izomerga ega bo‘ladi. Shundan so‘ng, optik izomeriyaga ega bo‘lgan moddalarning o‘ngga va chapga buruvchi proyeksiyasi formulalarini ifodalashda glitserin aldegidning proyeksion formulasi andoza qilib olindi. Glitserin aldegidning A formulasi D harfi bilan belgilanib, o‘ngga buruvchi izomer deyiladi. B formulasi esa L harfi bilan belgilanib, chapga buruvchi izomer deyiladi:
D va L harflari o‘rniga o‘ng (+) va chap (—) tomonni bildiruvchi ishoralar yoziladi.
Optik aktiv izomerlar faqat (+) va (—) ishoralar bilan farqlanib, ular optik antipodlar ham deyiladi. Glitserin aldegidning fazoviy tuzilishi bilan qolgan moddalarni taqqoslab, ularning proyeksion formulalari yoziladi. Ko‘p moddalar chapga va o‘ngga buruvchi izomerlardan tashqari optik aktiv bo‘lmagan (rasemat) izomerga ham ega. Moddalarning ratsemat izomeri chapga va o‘ngga buruvchi izomerlari miqdori teng bo‘lgan izomerdir.
Sut kislota yoki oksipropion kislota 3CH3-CH(OH)-COOH. 1780-yilda nemis kimyogari K. V. Shyele sut kislotani birinchi marta qatiqdan ajratib olgan.
Sut (α-oksi propion) kislotaning uch xil optik (ko‘zgu) isomer shakllari, ya’ni qutblanish tekisligini o‘ngga buruvchi (+), chapga buruvchi (—) va optik aktiv bo‘lmagan (±) rasemat shakllari mavjud:




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling