Guruh talabasi Suleymonova Gavharoyning


Download 36.05 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2023
Hajmi36.05 Kb.
#1146172
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suleymonova Gavharoy doc

Kurs ishining maqsadi: Boshlangʻich taʼlim muassasalarini nazorat qilish shart-sharoitlarini o‘rganish. Xalk ta'limi bulimlari tashkilotlar, jamoa xujaliklari va boshka tashkilotlar tomonidan boshlangʻich taʼlim maktablarida jamoani tashkil kilish tartibi, ularning tashkiliy xukukiy tizimlari chukur urganiladi. Talabalarda instruktiv va boshka xujjatlardan tugri foydalana olish malakalarini rivojlantirish.
Kurs ishining vazifalari:
1.Pedagogika, ijtimoiy pedagogika, psixologiya hamda sotsiologiya yo‘nalishlarida yaratilgan manbalar hamda xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal etishga doir tajribalarini o‘rganish orqali boshlangʻich maktab yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda xalq taʼlim muassasalarini ta’sirini asoslash.
2.Boshlangʻich maktab yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish.
3.Boshlangʻich taʼlim muassasalari faoliyatining mazmunini yoritish.
4.Davlat va nodavlat boshlangʻich ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish hamda tahlil qilish.
Kurs ishining ob’ekti: Boshlangʻich taʼlim muassasalarida tarbiya berish jarayonida jamoaning roli
Kurs ishining predmeti: Boshlangʻich taʼlim maktablarida tarbiya berish jarayoni, mazmuni, bosqichlari, tamoyillari va bolani tarbiyalash va rivojlantirishda xalq taʼlim muassasalarining tashkiliy-texnologik elementlari.

1. O’quvchilar jamoasini shakllantirish.
Har bir tashkilotda rasmiy va norasmiy guruhlar mavjud. Ular tashkilot rivojlanishi va saqmaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Guruh- ikki yoki undan ortiq kishilarning biror maqsad yoki vazifasini amalga oshirish yo’lida birlashishi yoki o’zaro kelishuv, bir-birini tushunish.Biz guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo’lamiz. Rasmiy guruhlar tashkilot rahbarlari tomonidan ma’lum bir maqsadni amalga oshirish yo’lida tuziladi. Ular rasmiy tashkilotning bir qismi sifatida namoyon bo’ladi. Rasmioy guruhlarda vazifalar ishtirokchilar orasida taqsimlanadi. Rasmiy guruhlarning 3 ko’rinishi mavjud:
Vertikal guruh menejer va uning bo’y sunuvchilari tomonidan tuziladi. Bu guruh ko’rinishi ba’zan funksional guruh deb ham nomlanadi.
Gorizontal guruh ishchilar tomonidan tashkilotning faqat bir bo’g’inida tuziladi. Bunday guruhlar tashkilotning turli bo’lim ishchilar tomonidan ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun tuziladi. Vazifa bajarilgandan so’ng bu guruh tarqatib yuborilishi ham mumkin.
Ishchi guruh yangi mahsulot yaratish yoki institutda yangi kitob yozish uchun tuziladigan guruhdir. Biz bularga misol qilib Yaponiya sifat to’garaklarini aytishimiz mumkin. Bunday guruhlar tashkilotda bir nechta bo’lishi ham mumkin. Qo’mita- ba’zi bir tashkilotlarda bu maslahat kengashi, maqsadli guruh ham, deb nomlanadi.Jamoa va unga qo'yilgan talablar haqida so'z ketar ekan, turli yoshdagi sinflarda jamoa tashkil etishning farqli tomonlari bormi? Ularning o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat, degan savol tug'ilishi tabiiy.
Jamoa a’zolariga:
ixtiyoriylik;
• demokratik faoliyat;
• so'z erkinligi;
• tashabbuskorlik;
mustaqillik;
• faollik;
• ijodiy faoliyat ko'rsatishlari uchun imkoniyat yaratilishi kerak
O'quvchilar jamoalarini tuzish guruhlarda, sinflarda turli farq- lar bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha sinflar uchun bir xildagi yo'l-yo'riqlami belgilab bo'lmaydi.Ayniqsa, boshlang'ich, V va IX sinflarda o'quvchilar jamoasini tashkil etish va jipslashtirish katta qiyinchiliklar tug'diradi. Bu sinflarda ko'pincha o'quvchilar tarkibi mutloq yangi yoki qisman o'zgaradi. Shunday ekan, o'quvchilar jamoasini yangidan tuzishga to'g'ri keladi.VI-VII sinflarda o'quvchilar faollari kengayib boradi. Ular ko'proq jamoatchilik ishlarida qatnashadilar, o'zlarining axloqiy tajribalarini boyitadilar, mehnat qilish malakalari va ko'nikmalarini rivojlantiradilar.Sinf rahbari quyi va o'rta sinflarda bu ishlami amalga oshi- rishda bolalar va o'smirlar uyushmasiga, yuqori sinflarda ≪Yoshlar ittifoqi yetakchisi≫ yordamiga tayanadi.
Sinf jamoasini jipslashtirish yo‘llari:
1. Jamoatchilik topshirig'i berish.
2. Sinf faollarini to'g'ri tanlash.
3. O'quvchilami istiqbolga chorlash.
4. Sinfda ijobiy an’analami qaror toptirish.
5. O'quvchilarga yagona talablar qo'yish.
Jamoaning vujudga kelish uchun to’rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o’qituvchi butun guruhga talab qo’yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qo’yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So’nggi (to’rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o’z oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo’yish layoqatiga ega bo’ladi. Ushbu jarayon mohiyatini qo’yidagicha bayon etish mumkin:
Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, zero, jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay o’qituvchiik nuqtai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish bosqichlarga ajratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir bosqichi jamoa a’zolariga nisbatan samarali o’qituvchiik ta’sir ko’rsatishning maqbul shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi.Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat o’qituvchilar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang’ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jammoa hali tarbiyalovchi jamoa bo’lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan talablarning qo’yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. O’quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo’lishi, shuningdek, o’quvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo’lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so’z yuritilayotgan bosqichda o’qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi. Ushbu bosqichda o’qituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday talabni qo’ya olishi, u tomonidan qo’yilayotgan talabning qat’iyligi, izchilligi hamda murosasizligi muhim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o’qituvchining «hukmdorlik» davri uzoq davom etishi mumkin emasligi, bir qarashda intizomning vujudga kelganligi ma’lum bo’lsada, ayni vaqtda guruh a’zolarining faolliklarini rivojlantirish uchun zarur bo’luvchi sharoitning hali mavjud bo’la olmaganligini hisobga olish zarur. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faolining paydo bo’lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o’qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faollar o’qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining o’qituvchi talabini qo’llab-quvvatlash hamda o’z navbatida uning o’zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo’yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o’qituvchi jamoada paydo bo’lgan va u bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg’iz o’zi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o’z-o’zini boshqarishga o’tadi. O’quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o’tkazishga tiyyorgarlik, uni o’tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini ko’rsatuvchi omillar sanaladi. Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv (rag’bat)larning paydo bo’lishi, ijodiy hamkorlik va o’zaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna bo’lishi, o’z burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o’z mavqelaridan noo’rin foydalanmasliklari juda muhimdir. Bu o’rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini eslab o’tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo’lsada, ayni paytda uning o’ziga ham oshirilgan talablarning qo’yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to’xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko’rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to’xtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo’yish xavfli tug’ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining alohida faollik ko’rsatishga erishishlari zarur sanaladi.



Download 36.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling