Guruh talabasi Suleymonova Gavharoyning
Download 36.05 Kb.
|
Suleymonova Gavharoy doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Kirish
- III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati Kirish Mavzuning dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BOʻLIM BOSHLANGʻICH TAʼLIM YOʻNALISHI 21-145-guruh talabasi Suleymonova Gavharoyning fanidan OʻQUVCHILARNI TARBIYALASHDA JAMOANING ROLI mavzusida KURS ISHI QABULQILDI:. BAJARDI : Suleymonova Gavharoy Reja:
II.Asosiy qism: 1. O’quvchilar jamoasini shakllantirish. 2. Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash mеtodikasi. 3.O`quvchilar jamoasi – sinf rahbarining tayanchi. 4. Jamoani rivojlanish darajasini tarbiyaga bogʻliqligi. 5. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlikni shakllantirishda oila hamda jamoatchilikning o’rni. III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati Kirish Mavzuning dolzarbligi. Bolalarning jamoa turmush, qoidalarining intizomini buzilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzilishi ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo‘lib, ularda yakdil fikr va sinf raxbari tayanishi mumkin bo‘lgan ta’sirchan faollar bo‘lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muxokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning 2-chi bosqichida bo‘lsa, nomigagina emas balki harakatlarini qo‘llab quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishini kuzatish mumkin. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini jamoa faoliyatigan jalb etishdan jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar bo‘ladi, lekin «ajratib qo‘yilgan» bolalar bo‘lmaydi. O‘quvchilarning xulq atvori, o‘quvchining muntazam o‘rganishni o‘z oldiga maxsus maqsad qilib qo‘ymasa uning uchun sezilmagan tarzda o‘zgarishi mumkin. Bunday o‘rganish yakka tartibda ishni tashkil etishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Jamoani shaklantirish, yuzasidan olib boriladigan ish albatta ayrim o‘quvchilarning rivojlanishga ta’sir etadi va shuning uchun ham bu jarayon stixiyali emas, balki maqsadga qaratilgan va boshqariladigan bo‘lishi kerak. Kishilik jamoasi paydo bo’lgandan boshlab inson hech qachon yolg’iz yashay olmagan. Jamoani tashkil qilish va uning tarbiyaviy ta’sirining nazariy va amaliy asoslari mutafakkir va olimlar tomonidan o’rganilib, ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilgan. Tarbiyachining asosiy vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg’or tajribalarga suyanib, o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik- do’stlik , o’zaro hamkorlik, hamjihatlik kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat.Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari jamoasini tashkil qilishda o’qituvchidan turli – tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi: 1.O’qituvchidan jamoa a’zolarining yangi sharoitga moslashuvi davrida ularga ishonch, xushmuomalalik, talablarni to’g’ri qo’ya bilish, shu bilan birga, o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo’lish talab etiladi; 2.O’quvchilar jamoasidagi yetaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash; 3.Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish; 4.Jamoada yangi an’ana qonun – qoidalarning dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish; 5.Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash. Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, bola tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bolulishini ta’minlaydi. -tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi; -tarbiyaning hayot, mehnat bilan, 0‘zbekistonimizning mustaqilligi, gullab yashnashi yo‘lida qilinayotgan fidoiy ishlar bilan bog‘lanishi; -o‘quvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash; -tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik; -tarbiyaviy ishlaming izchilligi, muntazamligi hamda birligi; -tarbiyada o‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Download 36.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling