Тошкент тўҚимачилик ва енгил саноат институти


Download 398.64 Kb.
bet1/7
Sana23.12.2022
Hajmi398.64 Kb.
#1044356
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ZIYOVUDDIN AMALIYOT hisobot[1]


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI


YENGIL SANOAT VA TO‘QIMACHILIK FAKULTETI

TABIIY TOLALAR” kafedrasi




BITIRUVOLDI AMALIYOTI
H I S O B O T I


Talaba(F.I.Sh.) Abdubannoyev Ziyovuddin Axadjon o'g'li


Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti 4- kurs 43a-18 YeSTJ guruhi


Amaliyot boshlanishi: 06.09.2021


Amaliyot tugashi: 22.01.2022


Bitiruvoldi amaliyotini o‘tkazish joyi:

YULBARS TEX




Amaliyotchi talaba: _____________
(IMZO)


Institutdan rahbar: _______________
(IMZO)


Korxonadan rahbar ______________
(IMZO, MUHR)


Kafedra mudiri: ______________
( IMZO)
Farg‘ona - 2021-2022



KIRISH

O’zbekiston Republikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Ayni paytda biz o’z vaqtida tanlab olingan iqtisodiy taraqqiyot modelining naqadar to’g’ri ekanini va amalda o’zini to’la oqlaganini hayotning o’zi yana va yana tasdiqlab bermoqda”, deb aytgandi [1]. Yana shunday so’zlarni ta’kidlagandi: “Biz qudratli to’qimachilik va yengil sanoat tashkil etib paxta bilan emas, balki boshqa rivojlangan mamlakatlar kabi tayyor maxsulotlar bilan savdo qilmog’imiz zarur” [2]. Maskur gaplar bevosita to’qimachilik sanoatiga ta’luqlidir. Ma’lumki, matolar sifati ip sifatiga bog’liqdir. Ma’lumotlarga qaraganda paxta ipining 80 foizi xalqali mashinalarda yigirilmoqda, qolgan 20 foizi boshqa usullarga to’g’ri keladi. Xalqali yigirish mashinalarining afzalligi shundaki, unda olingan ip sifat jixatidan jaxon talablarini qondiradi. Uzbekiston korxonalarida o’rnatilgan xalqali yigirish mashinalari asosan yetakchi xorijiy firmalarning yuqori tezliklarda ishlaydigan uskunalardir. Mazkur mashinalar urchug’ining aylanishlar chastotasi xozir 25000 min-1 gacha yetkazilgan. Ip sifatini oshirib, uning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun xalqali yigirish mashinasida urchuq tezligi ta’sirida mahsulot strukturasida sodir buluvchi o’zgarishlarni tadbiq etish zarur. Xozirgi kunda jaxon bozorida nafis matolarga, bejirim liboslarga, trikotaj buyumlariga, dekorativ matolarga, turli xil ko’zni qamashtiruvchi ko’p pardalarga bo’lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Bu talablarni to’qimachilik sanoati muxandislari, magistr, bakalavrlari, ishchi xodimlari zamonaviy bilimlar asosida, ilg‘or tajribalarga suyanib, yangi texnologiyalarni boshqarish orqali qanoatlantirishlari zarur.


Ishlab chiqarishni va yengil sanoatni mukammallashtirish hozirgi davrda eng dolzarb muammolardan biri xisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng turli jabhalarda, jumladan , yengil sanoat sohasida ham ma'lum darajada siljishlarga erishildi. Yengil sanoatni to'qimachilik sanoatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. To‘qimachilik sanoati murakkab va xilma-xil tarmoqlardan iborat. Eng yirik tarmoqlardan biri ip gazlama ishlab chiqarishdir. Paxta tolasi to‘qimachilik sanoatining asosiy xomashyosi. U «yuqori
yigiruvchanlik» xossasiga ega. Undan ip yigiruv fabrikalarida har xil yo‘g‘onlikdagi iplar yigiriladi, bu iplardan esa chiroyli va rang-barang gazlamalar to‘qiladi. Shu o’rinda paxtaning jahondagi mavqei to‘g‘risida so‘z yuritsak. Ma’lumki, jahondagi ko‘pchilik davlatlarda paxta yetishtiriladi. Masalan, O‘zbekiston bugungi kunda paxta yetishitirish bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Jahon paxta eksportining 15 % O’zbekiston xissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Respublikamiz jahonda AQSH dan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. Xindiston, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlar o’zlari ishlab chiqargan paxtaning deyarli barchasini o‘zlari iste'mol qiladilar. Paxta ishlab chiqarmaydigan yoki kam miqdorda ishlab chiqaradigan mamlakatlar esa to‘qimachilik xomashyosiga bo‘lgan talabni import xisobidan qondiradilar. Xozirgi kunda bunday mamlakatlarning jahon paxta importidagi salmog’i 25,7 % ni tashkil etadi. Yirik paxta import qiluvchilardan xisoblangan Yaponiyada paxta tolasi importi keyingi yillarda muttasil qisqarib bormoqda.
Shuning bilan birga bu mamlakatda kalava ip va gazlama ishlab chiqarish ham qisqardi. O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati korxonalari ichki iste’moli tarkibida tayyor va yarim tayyor paxta mahsulotlari orasida importning ulushi ortdi. Jahon paxta savdosi miqyosi, ko’lami va muvozanatiga jahon paxta zaxiralari ham ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatimizda to‘qimachilik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yangi sifat o‘zgarishi bosqichi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Respublikamiz xukumati qarori va bevosita Prezidentimiz S.Mirziyoyevning ko‘rsatmasi bilan tarmoqning deyarli hamma korxonalarida, xususiylashtirish dasturiga ko‘ra, ochiq turdagi xissadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Mavjud davlat korxonalarida texnika va texnologiyani yangilash dasturi qabul qilindi. Dasturda respublikamizga dunyo ilg‘or texnologiyalarini keltirish, chet el investitsiyasini jalb etish, bank kreditlaridan foydalanib, jahon bozoriga xaridorgir mahsulotlar chiqarishga erishish, eksport imkoniyatlarini kuchaytirib, yuqori sifatli, ayniqsa, bolalar kiyimi assortimentini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
Respublikamizning yengil sanoat tarmog‘iga ko‘p miqdorda chet el investitsiyalari olib kirildi. Bulardan tashqari respublikamizda ichki imkoniyatlardan foydalangan xolda ko'plab pul mablag’lari to‘qimachilik sanoatining rivojlanishida o‘zlashtirildi. Respublikamizning yengil va to‘qimachilik sanoatida ko'plab qo‘shma korxonalar tashkil etilib, ularda ichki bozor va eksportga chiqariladigan sifatli maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
To‘qimachilik sanoatining rivojlanishi ko'p jihatdan joriy etilgan texnologiya va o‘rnatilgan jihozlarning texnik imkoniyatlariga bog‘liq. Sifatli xom ashyodan sifatli ip yigirish va undan talab darajasidagi gazlama, buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish texnologiyaning zimmasidadir. Sanoat soxasida ilmiy texnik yangiliklar jadal -suratlar bilan ishlab chiqarishga tadbiq etilayotgan davrda texnolog-muxandisdan nafaqat amaliy tajriba, nazariy bilimlar, balki jihozlarni konstruqtiv takomillashtirish yo’nalishlarini bilish, ayni paytda, ishlab chiqarilayotgan zamonaviy jihozlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Yangi qurilgan va qayta jihozlangan korxonalarda o‘rnatilgan jihozlarning asosiy qismi Germaniya, Angliya, Shveytsariya va Italiyada ishlab chiqarilgan. jihozlarni ishlab chiqaruvchi firmalar, shular jumlasiga «Rieter», «Truchler»,
«Savio», «Zinger», «Xollintsvart», «Grossenxayner», «Shlafsxort», «Zyusen»,
«Folkman» va boshqalar kiradi.



Download 398.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling