Тошкент тўҚимачилик ва енгил саноат институти
“YO’LBARS TEXTILE” MCHJ ning asosiy tavsifnomalari
Download 398.64 Kb.
|
ZIYOVUDDIN AMALIYOT hisobot[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish quvvati va boshqaruv tuzilmasi
YO’LBARS TEXTILE MChJ korxonasining asosiy tavsifnomalari.
“YO’LBARS TEXTILE” MCHJ ning asosiy tavsifnomalariUmumiy ma'lumotnoma Yo’lbars Tekstil MCHJ INN – 403741741 TROKO – 74810 23,04,2003 da № 000517 – 02 raqam bilan davlat reestrida ro’yxatga olingan. Guvohnoma № 000912, 20.01.2017 dan Guvohnoma № 097312 Yuridik manzilgohi – Farg’ona viloyati , Qo’qon shaxar , Afg’n bog’ ko’chasi 3A Tel: +998 73 321 56 32 Hisob raqami – 33 08 456 231 18 Qo’qon filiali AKIB ―Ipoteka Bank‖ NDO – 03 49 Mulchilik shakli: MCHJ Asosiy faoliyat yo’nalishi – Yigiruv, to’quv va tikuv Ishlab chiqarish quvvati va boshqaruv tuzilmasiKorxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobi va boshqa axborotlar ma‘lumotlari asosida o’rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlami aniq lash va moliyaviy holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil, deb ataladi. Moliyaviy tahlilning, asosiy maqsadi bo’lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, to’lovga qodirlik holatini, o’z va qarz mablag'lari bilan ta'minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik holatini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo’lgan holatini o’rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko’rsatish hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan - moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o’zgarishiga baho berish; Moliyaviy holatning barqarorligini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish. Balans likvidligi ko’rsatkichlarini aniqlash va ulaming o’zgarishini tahlil qilish. Korxonaning to’lov layoqati koeffitsientini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish. Moliyaviy koeffitsientlami aniqlash va ularning o’zgarishiga baho berish. Debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o’rganish. Moliyaviy holatni tahlil qilishning asosiy manbalari quyidagi axborotlar hisoblanadi: Buxgalteriya balansi (1 - shakl). Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2 - shakl). Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot (3 - shakl). Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4 - shakl). Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5 - shakl). Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqida ma’lumotnoma ( 2a shakl). Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda balans ma‘lumotlari asosida nisbiy ko’rsatkichlami aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki ular asosida moliyaviy holatni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda mutlaq ko’rsatkichlarga qaraganda, nisbiy ko‗rsatkichlar keng qo’llaniladi. Nisbiy ko’rsatkichlar amaliyotda moliyaviy koeffitsientlar, deb ataladi. Moliyaviy koeffitsientlarni hisoblashda mutlaq ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Korxona moliyaviy holatiga baho berishda quyidagi moliyaviy koeffitsientlar ko’proq ishlatiladi: Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti. To’lovga qodirlik koeffitsienti. O’z va qarz mablag'larining o’zaro nisbati koeffitsienti. O’z aylanma mablag'lari bilan ta‘minlanish koeffitsienti. Moddiy aylanma mablag’lar hissasi koeffitsienti. Jami aylanma mablag'laming jami mulk qiymatidagi hissasi koeffitsienti. Download 398.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling