Guruh talabasi Tlepbaev Allambergen


Download 329.4 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi329.4 Kb.
#1394956
1   2   3   4
Bog'liq
Tlepbaev Allambergen

EGILUVCHAN MAGNIT DISK


Disket yuzasi temir ikki oksidli (Fе2О3) maxsus magnit qatlam bilan qoplangan. Magnit tasmada ham, magnit diskda ham axborot qattiq magnit disk kabi usulda yoziladi. Ya’ni disket formatlanganda konsentrik aylanalar ko‘rinishidagi yo‘llarga ajratiladi hamda yo‘llar sektorlarga bo‘linadi. Axborot disk sektorlarining yo‘llari bo‘ylab yoziladi. Disketlarda ham fayl sistemasi ish yuritadi va shuning uchun har bir sektorda identifikatsiya qilish uchun joy ajratiladi (adres maydoni), qolgan joylariga esa ma’lumotlar yoziladi. Ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan qurilma, ya’ni diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta’minlangan. Ularning biri himoya g‘ilofi ichidagi plastinkani markaz atrofida, ikkinchisi esa o‘qish/yozish kallagini disk yuzasi radiusi bo‘ylab harakatlantiradi. Himoya g‘ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo‘lsa, undagi axborotni faqat o‘qish mumkin bo‘lib, u diskdagi axborotni o‘chirish va o‘zgartirishdan saqlaydi.
FLASH-XOTIRA VA FLASH-DISK
Flash-xotira va flash-disk sistema blokidagi maxsus portga ulanadi. Bu port USB (Universal Serial Bus, ya’ni universal ketma-ket sig‘im) deb ataladi. Flash-xotira va flash-disk ustida amallar yuqoridagi kabi amallar bilan bajariladi. Hozircha uch turdagi USB portlar bo‘lib, USB 1.1 standarti ma’lumot almashishning 12 Mbit/sek tezligini ta’minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko‘rsatkich 480 Mbit/ sek gacha bo‘ladi, ya’ni 40 marta tezroqdir. USB 3.0 da esa bu ko’rsatgich 480 Mbit/ sek dan ham yuqori.
Flash-xotira va flash-disk kompyuterga ulanganda masalalar panelining o‘ng qismida piktogrammasi aks etadi. Ishlash jarayonida flash-xotira va flash-disk energiyani kompyuterdan olgani uchun kompyuterdan uzishdan avval xavfsiz o‘chirilishi kerak. Buning uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:

  • masalalar panelidagi flash-xotira belgisiga sichqoncha ko‘rsatkichi yo‘naltiriladi va chap tugmasi bosiladi;

  • “Извлечь “USB FLAS DRIVE” lavhasiga sichqoncha ko‘rsatkichini yo‘naltirib chap tugmasi bosiladi;

  • ekranda USB qurilmasini xavfsiz uzish mumkinligi haqidagi ma’lumot aks etgachgina flash-xotirani kompyuterdan uzish mumkin bo‘ladi.


Download 329.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling