Guruh talabasi Tlepbaev Allambergen
Download 329.4 Kb.
|
Tlepbaev Allambergen
- Bu sahifa navigatsiya:
- MULOQOTLI SERVIS XIZMATLARI
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
OPTIK DISKLAR
Kompakt diskdagi ma’lumotlarni o‘qish uchun CD-ROM qurilmasi bo‘lishi yetarli, lekin ma’lumot yozish uchun kompyuterga CD Writer qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Kompakt diskka ma’lumot yozishni Windows operatsion tizimi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin diskka yozish, nusxa ko‘chirish, o‘chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan, masalan, Ahead Nero Burning ROM dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. Shaxsiy kompyuterda DVD larni ochish uchun unga DVD- ROM qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. DVD-ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD diklarni ham ochish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda DVD disklarni o‘qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil etadi, ya’ni 1380 Kbit/sek ∙16 =22080 Kbit/sek, CD disklarni o‘qishning maksimal tezligi esa 52 karrani tashkil etadi, ya’ni 150 Kbit/sek ∙ 52=7800 Kbit/sek. DVD disklarga ma’lumot yozish uchun kompyuterga DVD Writer qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. MULOQOTLI SERVIS XIZMATLARI Ba’zan tashqi xotiralar bilan ishlash sekinlashadi. Buning sabablari turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, diskdagi sistema xatoligi, ba’zi ma’lumotlar o’chirilib, boshqasi yozilganda tashqi xotiradagi ma’lumotlar tarqoq joylashishi va buning oqibatida bo’sh joylarning aniqlanishiga ketayotgan vaqtning ortishi, diskdagi ma’lumotlar hajmining ko’pligi va boshqalar. Shu sababli NTFS fayl sistemasida disk sohasini to’liq saqlash uchun maxsus usullar qo’llanilgan. Lekin bu ham fayllar bo’laklanishining oldini ololmaydi. Shuning uchun qattiq diskni tez-tez (iloji bo’lsa haftada bir marta) defragmentatsiyalab (ing. parcha yoki qismlarni yigish) turish maqsadga muvofiq. Operatsion sistemalar qattiq disk, flash-xotiralar bilan ishlash uchun quyidagi muloqotli servis xizmatlarini taklif etadi: a) diskni tozalash (keraksiz ma’lumotlami o’chirish); b) diskni defragmentatsiyalash; c) diskdagi ba’zi axborotlami arxivlash. Masalan, diskni degragmentatsiyalash uchun Windows operatsion sistemasi servis xizmatining “Diskni defragmentatsiyalash” bo’limidan foydalanish mumkin. Umuman yuqorida sanab o’tilgan servis xizmatlaridan foydalanish uchun kerakli disk tanlanib, sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi. Ochilgan kontekst-menyudan Свойства (Xususiyatlar) amali tanlanadi. Natijada quyidagi muloqot oynasi ochiladi. Muloqot oynasi bir necha bo’limdan iborat, servis xizmatlaridan foydalanish uchun, ular ichidan Сервис bo’limini tanlash keak bo’ladi. ma’lumotlar qanday joylashganini tahlil etadi. Quyidagi rasmda tushunarli bo’lishi uchun disk sohasida ma’lumotlar joylashish tahlili (analizi) ko’rsatilgan. Bunda oq joylar diskdagi bo’sh joylar bo’lib, boshqa ranglar esa fragmentatsiyalangan, fragmentatsiyalanmagan va ko’chirilmaydigan fayllarning qanday taqsimlanganini bildiradi. XULOSA Ushbu amaliy mashg’ulot kompyuterning tashqi xotira qurilmalaridan foydalanishni va ularda ma’lumotlar joylashuvini tahlil qilishni o’rganishdan iborat bo’lib, Flesh kartalar bilan ishlash, kompakt disklarga ma’lumotlarni yozishni, nusxa ko’chirish, o’chirish va yangilash masalalarini ham ko’rib chiqishga va mukammal darajada tashqi disk haqidagi bilimlarimni orttirishga yordam berdi. Quyida amaliy ishdan xisobot tayyorlangan va undan olingan natijalar keltirilgan. Berilgan topshiriq mazmunidan kelib chiqgan holda maqsad va vazifalar belgilab olindi, ishni bajarish tartibi va maqsadini belgilash uchun adabiyotlar tahlil qilindi Tashqi xotira bilan bog’liq ba’zi amaliy mashqlar qilindi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” – umumiy o’rta ta’limmaktablari darsligi; Internet tarmog’i texnika va ta’limga oid manbalari. Download 329.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling