Nazariy qisim.
Elektrod toklari asosiy zaryad tashuvchilarning kristall hajmidagi elektr maydon
ta’sirida dreyf harakatlanishiga
asoslangan uch elektrodli,
kuchlanish bilan
boshqariladigan yarimo‘tkazgich asbob
maydoniy tranzistor (MT) deyiladi. MTlarda
tok hosil bo‘lishida faqat bir turli– asosiy zaryad tashuvchilar (elektronlar yoki
kovaklar) qatnashgani sababli ular ba’zan
unipolyar tranzistorlar deb ataladi.
MTlarda, BTlardagi kabi tezkorlikka ta’sir etuvchi injeksiya va ekstraksiya natijasida
noasosiy zaryad tashuvchilarning to‘planish jarayonlari mavjud emas.
p–n o‘tish bilan boshqariluvchi
n – kanalli MT tuzilmasining ko‘ndalang kesimi va
uning shartli belgilanishi 4.1 - rasmda keltirilgan.
a)
b)
4.1-rasm
n–turdagi soha
kanal deb ataladi. Kanalga zaryad
tashuvchilar kiritiladigan
kontakt
istok (I); zaryad tashuvchilar
chiqib ketadigan kontakt stok (S) deb ataladi.
Zatvor (Z) boshqaruvchi elektrod hisoblanadi. Zatvor va istok oralig‘iga
kuchlanish
berilganda yuzaga keladigan elektr maydoni kanal o‘tkazuvchanligini,
natijada
kanaldan oqib o‘tayotgan tokni o‘zgartiradi. Zatvor
sifatida kanalga nisbatan
o‘tkazuvchanligi teskari turdagi soha qo‘llaniladi. Ishchi
rejimda u teskari ulangan
bo‘lib kanal bilan p
– n o‘tish hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: