Guruh talabasi Xaitova Roza


Download 0.54 Mb.
bet2/3
Sana10.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1256709
1   2   3
Bog'liq
951-20 guruh talabasi

Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (masalan, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat

Diqqatning boʻlina olish xususiyati bir vaqtning oʻzida 2 yoki undan ortiq ish-harakat bajarishda aks etib, koʻp kasb egalari (masalan, oʻqituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega.

Diqqat koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga) oʻz doirasiga sigʻdira olishi mumkin boʻlgan narsalar soni bilan belgilanadi. Shu jihatdan Diqqat keng yoki tor boʻlishi mumkin. Odatda, keng koʻlamli Diqqat yaxshi Diqqat hisoblanadi. Diqqat koʻlami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bogʻliq.

Diqqatning aksi parishonxotirlik. Bunda odam Diqqatini biror narsaga toʻplay olmay, hamma vaqt boshqa narsalarga chalgʻiyveradi. Shunday holat kishi qattiq charchaganda, uning uchun ahamiyatsiz juda koʻp qoʻzgʻatuvchilar mavjudligida yoki, aksincha, bitga ham qoʻzgʻatuvchining odam uchun ahamiyati boʻlmaganda roʻy beradi. Mashq qilish bilan parishonxotirlikka barham berish mumkin.

Diqqatning turlari va xususiyatlari odamning juda yoshlik davridan boshlab rivojlanadi va hayoti davomida oʻzgarib, murakkablashib boradi.

Xotira — idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon.Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.

Xotira turlari Psixik faolligiga ko’ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz Faoliyat maqsadiga kora: harakat, emotsional obraz va soz mantiq xotirasi Muddatiga kora: uzoq muddatli va qisqa muddatli

Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Forobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, Xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling