Asosiy vositalar ishlatish davomida eskirib boradi. Asosiy vositalar eskirishi ular foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblanadi. Asosiy vositalarning amortizasiya summasi ularning foydali xizmat qilish muddati davridagi oylar bo‘yicha mutanosib ravishda bank xarajatlariga o‘tkaziladi. Amortizasiya hisoblar bir necha usulda amalga oshiriladi: Bir tekisda to‘g‘ri chiziqli. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash. Tezlashtirilgan Asosiy vositalar ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng hisobdan chiqariladi, ya’ni ular to‘liq jismoniy va ma’naviy eskirganda, sotilganda, bepul berilganda, aktivdan foydalanishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinganda hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda ularning qoldiq qiymati aniqlanadi. Bunda eskirish summasiga quyidagi provodka bajariladi: Debet 165** “Asosiy vositalarning tegishli eskirish hisobvarag‘i” (masalan: Mebel eskirishi- 16535) Kredit 165** “Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i”( Mebel – 16531)
Do'stlaringiz bilan baham: |