Agar dastlab buyumlar omborxonaga kelib tushib, to‘lov keyin amalga oshirilsa, bu operasiya quyidagicha hisobga olinadi: Debet 19921 – “Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar” Kredit 29802 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qiymati to‘langanda: Debet 29802 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kredit 10301, 16301 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i” yoki 20208, 20210 – “Mijozning hisobvarag‘i”. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar omborxonada foydalanishga berilganda, sotilganda, foydalanishga yaroqsiz holga kelganda hisobdan chiqariladi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar foydalanishga berilganda quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: Debet 56406 – “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”. Kredit 19921 – “Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar”
Do'stlaringiz bilan baham: |