2.Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi. Bank faoliyatida asosiy vositalar bilan birga kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardan ham keng foydalaniladi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar – bu xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan va xizmat muddatidan qat’iy nazar bir donasi O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish haqining 50 baravarigacha qiymatga ega bo‘lgan bank faoliyatida foydalaniladigan buyumlardir. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarga kanselyariya va ofis buyumlari, turli xil blankalar, pochta va hujjat markalari va boshqalar kiradi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning hisobi sotib olish qiymati bo‘yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |