Guruh talabasi yo’lbarsova Qunduzxon Paxlavon qizining “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi fanidan” fanidan


Download 387 Kb.
bet4/14
Sana08.05.2023
Hajmi387 Kb.
#1442861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Guruh talabasi yo’lbarsova Qunduzxon Paxlavon qizining “Texnolog

Ekran va ekran - tovushlik o‘qitish vositalari hozirgi zamonda juda keng tarqalgan o‘qitish vositalaridandir. Bu o‘qitish vositalariga qo‘yilgan talablar eng avvalo ularning mavzuga oid, ikkinchidan, sifatli bo‘lishidir.
Diopozitiv (slayd) - bu harakatlanmaydigan o‘qitish ekran vositasi. Diopozitiv aks etgan chizma va rasmlar odatda plakatdagidan yaxshi qabul qilinadi.
Diopozitiv - bu juda qulay o‘qitish vositasi, chunki o‘qituvchi yordamida materialning qisminiyoki bir kadrni alohida ko‘rsatish mumkin. Har bir kadr to‘liq bir informatsiyaga ega. Diafilm ham harakatlanmaydigan ekran vositasidir. Bu qo‘llanmalarning uslubiy g‘oyasi mualliflarining kadrlar ketma-ketligini taminlanishiga e’tibor berishlaridir. Kadrlarning ketma- ketligi o‘zgarsa informatsiyaning qabul qilinishida mazmun buzilishi ro‘y beradi. Diafflmlarni qo‘llashdagi qiyinchilik - ulardagi axborotning ko‘pligi va ularning qabul qilib olish uchun vaqtning yetmasligidir. Bu qiyinchilik darsda diofilmlarning ayrim fragmentlarini (bo‘laklarmi) ko‘rsatish orqali yengillashtiriladi.
So‘nggi yillarda o‘quv filmlari ishlab chiqarilmay qo‘ydi. Ularningo‘rnini o‘quv video yozuvi, informatsiyani aks ettiruvchi ekran - tovushli vositalari kino, radio, televidiniya, videofilm va diopozitivlar egalladi.Video yozuvini qancha lozim bo‘lsa, shuncha marta takrorlanish mumkin, vaqt ko‘rsatkichi asosida kerakli informatsiyani yozish mumkin. Videokamera yordamida yozib olish juda katta imkoniyatni ochib beradi. Kelajakda o‘qituvchilarni tayyorlash va ular malakasini oshirish maqsadiga xizmat qiluvchi video yozuvi tizimlari chiqiladi.
O‘quv materialini mustaqil o‘rganishda o‘quv yozuvlarini katta ahamiyatga ega.
O‘quv asboblari, moslamalari, laboratoriya asoslari tizimning o‘ta ahamiyatli bo‘lgan qismini tashkil qiladi. Eng, avvalo, u yoki bu asbob nima uchun xizmat qilishini aniqlaylik.
Trenajerlar - texnika vositalarining alohida guruhiga kiradi. Trenajerlar mehnat ishlab chiqarish sharoitlarini imitatsiya (o‘xshatish) qiladi.
Trenajyorlar uch guruhga bo‘linadi:

  • Avtomobil va ximiyaviy ishlab chiqarish texnologiyasini trenajerlari (modellashtirish yordamida o‘rganiladi).

  • Aniq bir intelektual faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan trenajerlar. Masalan: trenajer imitatorlar, stanoklami naladka qilish imkonini beruvchi trenajerlar.

  • Biror bir xarakatlanish ko‘nikmasini hosil qilish uchun trenajerlarning alohida turi qo‘llaniladi. Masalan: metalni aralash, detallarning figurali qilib yasalishi uchun xizmat qiluvchi trenajerlar.

O‘qitish vositalarining rivojlanish istiqbollari. Umumta’lim maktablari va o‘quv- moddiy bazalari hozirgi zamon о‘quv jarayonida bir necha yo‘nalishda rivojlanishi:

  • o‘quvchilarning o‘quv texnika vositalariga nisbatan ijobiy yondoshuvi va ulardan samarali foydalanishga nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish;

  • o‘quv ko‘rgazma vositalarini qo‘llash;

  • o‘qitish vositalarining o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi.

Hozirgi paytda to‘rtta yo‘nalishdagi yangi informatsion texnologiya o‘qish jarayonida qo‘llanilmoqda:
Nashriyot texnologiyalari.
Telekommunikatsiya.
Katta maketlar va ommaviy axborot vositalari.
Kompyuter robototexnikasi.
Hozirgi kunda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish borasida qator qarorlar qabul qilingan. Ushbu texnologiyalardan foydalanishga tibbiyot xodimlari va psixolog mutaxassislar tekshiruvidan so‘ng ruxsat berilishi lozim. O‘qitish vositalarining afzalligi ularning uyqori texnologik imkoniyatlari bilangina emas, balki eng avvalo o‘qitish samaradorligini oshirishdagi pedagogik xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu vositalarning ayrim didaktik imkoniyatlarining ko‘rsatib o‘tish kifoyadir. Masalan: tabiiy va texnikaga oid fanlarni o‘rganish jarayonida yangi informatsion texnologiyalar asosidagi o‘qitish vositalari tizimi, xususan, datchik va moslamalar majmui o‘rganilayotgan shaxsga izlanishni keng ko‘lamda olib borish imkonini beradi.

  • Tadqiqot yoki uning bir bosqichni bir necha marta takrorlash lozim bo‘lganda o‘lchamlarini qayd qilib yozib borish.

-Modellashtirishning turli xil yo‘llari, xususan, tajriba natijalarini qo‘llash.
-Olingan ma’lumotlarini qayta ishlashda avtomatlashtirishning yuzaga kelishi.

  • O‘rganilayotgan materialining turli shakllardagi tushuncha va tasavvurlarini vizuallashtirish (ko‘rgazmali qilish).

  • Texnikaviy moslama va mexanizmalarga taqlid qiluvchi robotlarni yaratish.

Turli xil yo‘nalishlarga mo‘ljallangan ishlab chiqarish dasturlari foydalanuvchilar oldida bilim olish sohalarida keng imkoniyatlarni yaratadi. Ta’lim oluvchi nafaqat tayyor informatsiya asosida ishlaydi, balki o‘zi ham maketlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi, matematik masalalarni yechish,
turli vaziyatlarni modellashtirish, tabiiy fanlar-iqtisodiyot, ekologik va gumanitar fanlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borishi imkoniyatlari yuzaga keladi.
Masofadan turib o‘qitishning kelajagi porloqdir. Masofadan o‘qitish kompyuter texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonini kompleks ravishda tashkil etishga katta ahamiyat beriladi. O‘qituvchi-pedagog bu tizimni mukammal bilishishart. O‘qitish vositalari turli xil funksiyalarini bajarish bilan birga qator imkoniyatlarga ham ega. O‘qitish jarayonlari uchta asosiy funksiyani bajaradi: ma’lumot berish, tarbiyalash hamda rivojlantirish. O‘qitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etishda kompleksli o‘qitish, pedagogik jarayonning barcha asosiy funksiyalari o‘qitish vositalari orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonini o‘qitish vositalari bilan taminlashda iqtisodiy yondoshuv zarur. Tanlangan kasb-hunarning istiqbolli ekanligi va ommaviyligi o‘qitish vositalarining kompleksligi asosida loyihalashtirilishi kerak. Ikkinchi, shunday vostilarni tanlash va yaratish kerakki, ular o‘quv- tarbiyaviy masalalarini eng kam sarf harajatlar bilan amalga oshirishni taminlasin. O‘qitish vositalaridan kompleks foydalanishning samaradorligi ularni qo‘llashda ratsional jihozlanishga nisbatan aniq talab va tavsiyalar qo‘yilishi lozim. Talab va tavsiyalar esa quyidagilardan iboratdir:ko‘rgazmali qurol, tarqatma material va darsda qo‘llanilayotgan o‘qitish vositalari keragidan ortiq darajada qo‘llamaslik;darsda qo‘llaniladigan vositalar (plakat, sxema, modelb, maket, mulyaj, detal va boshqalar) har doim oldindan ko‘rib chiqib tanlab olingan va foydalanish tartibda tayyor bo‘lishi kerak; texnik vosita va boshqa ko‘rgazmali qurollarda oldindan ishlatib ko‘rish lozim; individual qo‘llash uchun tanlangan didaktik ko‘rgazmali qurollar va boshqa qo‘llanmalar barcha o‘quvchilar uchun yetarli bo‘lishi kerak;ko‘rgazmali qurollaning yetarli darajada ko‘rilishi va eshitilishini taminlash; har bir didaktik materialning qo‘llanilish maqsadi va o‘rnini aniq rejalashtirib olish.



Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling