Guruh talabasi yo’lbarsova Qunduzxon Paxlavon qizining “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi fanidan” fanidan


-BOB. O’quvchilarga texnik vositalardan foydalanishni o’rgatish


Download 387 Kb.
bet6/14
Sana08.05.2023
Hajmi387 Kb.
#1442861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Guruh talabasi yo’lbarsova Qunduzxon Paxlavon qizining “Texnolog

2-BOB. O’quvchilarga texnik vositalardan foydalanishni o’rgatish
2.1. Ko’rgazmali qurollar va ularni tanlashni o’rgatish


XTB ning 2017 yil 190 sonli “Umumiy o’rta ta’limningdavlat standartlar talablari asosida takomillashtirilgan o’quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to’g’risidagi buyrug’iga asosan 5 sinf Texnologiya va dizayn yo’nalishi (haftasiga 2 soat, jami 68 soat), Servis xizmati yo’nalishiga ham (haftasiga 2 soat, jami 68 soat) ajratilgan.
Darsni tashkil etishda ko‘rgazmali qurollar muhim o‘rin tutadi. Didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri darsning ko‘rgazmaliligini ta’minlash. Ayniqsa, mehnat ta’limini o‘qitishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish o‘quvchilarga iqtisodiy kategoriyalarni, muammolarni o‘rganishda katta yordam beradi.Ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida muhokoma qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ko‘rish orqali qabul qilishishubhasiz ularni puxta bilim olishlariga yordam beradi.Ko‘rgazmali qurollar xilma-xil taraqqiyotning o‘zi bir tomondan, fanni chuqur o‘zlashtirishni zarur qilib qo‘ysa, ikkinchi tomondan, dars berishning turli-tuman yangi uslublari ko‘rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo‘llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylatirishga yordam beradi. «Bilim olish ignada quduq qazish bilan barobar» degan naql bejiz emas, chunki u nihoyatda mashaqqatli mehnat. Sabr- toqatni talab qiladi. Tabiiy yoshlarda energiya ko‘p, sabr-toqat esa yetishmaydi.Eng uyqori malaka, tajribaga ega o‘qituvchilar ham darsdan ko‘zlangan maqsadga erishish, o‘quvchilarning mavzuni puxta o‘zlashtirishlari uchun doimo auditoriyaga qarab, dars mashg‘ulotini ma’lum bir tartibda avvaldan qanday tarzda, qaysi metodlarni qo‘llab o‘tkazishini o‘ylab qo‘yishi, rejalashtirishi kerak.
Darsni tuzilishi psixologik va pedagogik tamoyillarga ko‘ra tashkil etilishi va darsda vaziyatni o‘zgarishi, o‘quvchilarning tayyorgarligi va boshqa sabablarga ko‘ra moslashish imkoniyatini beradigan tarzda bo‘lishi kerak. Darsni qanday tashkil etishni rejalashtirish, yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘llanma tarzidagina bo‘lishi mumkin. U hamma eshikni ochadigan kalit emas. Sababi: birinchidan, o‘quv xonalar, o‘quvchilarning darsga tayyorlanib kelishi, darsga faol qatnashish darajasi bilan sinflar farq qiladi. Ikkinchidan, mavzular bir-biridan farq qilib, masalaning mazmunini ochib berishda turli usullar qo‘llashni toqazo etadi. Uchinchidan, o‘quvchilar jonli mushohada yurituvchilar ekan, albatta bir dars ikkinchisidan farq qiladi. Kutilmagan vaziyat sodir bo‘lishi mumkinki, u ham albatta dars o‘tishga ta’sir qiladi, dars tarkibini o‘zgartirishga olib keladi, Bunda o‘qituvchi mohir dirijyor orkestrni boshqarganday auditoriyani boshqarishi kerak. Lekin ko‘rgazmalilikni har qanday sharoitda ta’minlash mumkin.
Dars jarayonida so‘z bilan o‘qituvchi tomonidan yodga tushirish, o‘quvchilarning hayolida gavdalantirish mumkin bo‘lgan ichki, hayoliy ko‘rgazmali qurollar: adabiyot, san’at asarlari, badiiy film, badiiy asar qahramonlari hayotda yuz beradigan turli voqea, vaziyatlardan odatda keng foydalaniladi. Har bir darsni boshlaganda eng avvalo o‘qituvchio‘tilgan mavzuni o‘quvchilarning yodiga tushiradi. Yangi mavzuni boshlar ekan, o‘quvchilar diqqatini unga jalb qilish, fkrini yo‘naltirish uchun adabiyot, san’at asarlari yoki hayotda yuz bergan voqeani gapirib berish mumkin. Bu yangi mavzuni o‘rganishga o‘quvchilar ruhi, kayfiyatini tayyorlaydi.
Mashg‘ulot jarayonida ko‘rsatib izohlash mumkin bo‘lgan ko‘rgazmali qurollarjadval, sxema, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish o‘quvchilarning bilimini puxtalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Darsda doskani ishlatish ko‘p vaqtni oladigan, boshqa texnik vositalardan foydalanishga imkoni yo‘q auditoriyalarda plakat, chizmalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Jadval, sxema, grafk, diagrammalardan foydalanish universal:

  • avvaldan slayd plyonkalarga chizib, texnik vositalar yordamida ko‘rsatilishi;

  • vatman qog‘ozga chizib, texnik vositalardan foydalanish uchun sharoiti yo‘q auditoriyada foydalanish;

  • kserokopiyadan chiqarib, tarqatma material sifatida foydalanish;

  • disketga kiritib, kompyuter orqali ko‘rish, tahlil qilish mumkin.

Xullas, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadda foydalanish o‘qituvchiga bog‘liq.
O‘qituvchi ko‘rgazmali qurol tanlar ekan, albatta, avvalo, ma’ruzami yoki seminar darsimi ekanligini hisobga oladi. Ikkinchidan, qaysi mavzu, bu mavzuda o‘quvchilar oldiga o‘qituvchi nima vazifa qo‘ymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda ko‘rgazmali qurol qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib tanlashi kerak.Masalan, jadval raqamlaridan ma’ruzada biron gipotezani, ilgari surilayotgan fikrni tasdiqlash maqsadida foydalanilsa, seminar darsida masala yoki mashq bajarganda foydalanish mumkin. Bunda ham ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi o‘qituvchining mohirligi, fantaziyasiga bog‘liq.
Keyingi paytda darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo‘llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita o‘quvchining qo‘lida bo‘lib, uzoqdan ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarga xos kamchiliklardan xoli.
Ko‘rgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars o‘tishning barcha shakllari, metodlarida qo‘llash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, ko‘rgazmali qurollarsiz o‘tib bo‘lmaydi.
Ko’rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo’laniladigan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi.
Boshqacha qilib aytganda, ta’limning ko’rgazmali vositalari Texnologiya fani mashg’ulotlarini yashi o’rganish va o’zlashtirish xarakterini belgilaydi.
Ta’limning bunday metodlaridan foydalanilganda o’quvchilarning Texnologiya fani mashg’ulotlaridan olgan bilimlari ko’rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tasavvurlarga bog’liq bo’ladi. Og’zaki tushuntirish kuzatishni tashkil etishda, tasavvurlarni bir maromga solishda, ularni o’rganilayotgan Texnologiya fani mashg’ulotlari mavzusi g’oyasi bilan bog’lashda yordam beradi. Ko’rgazmali qurollar bo’lmasa, og’zaki izohning uncha foydasi bo’lmaydi.
Ko’rgazmali vosita sifatida plakatlar, slaydlar Texnologiya fani mashg’ulotlarida namoyish qilib ko’rsatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda o’quv jarayonida turli xil texnika vositalari: kino va boshqa proektsion apparaturalar, tovush yozish apparatlari va boshqalardan foydalanib namoyish qilish keng tarqalmoqda.
Ko’rgazmali qurollar turlicha ahamiyatga ega bo’ladi. Ular bir holda faqat namoyish qilinadi. Ikkinchi holda esa abstraktsiyani shakllantirish jarayonini engillashtiradi. Ko’rgazmali qurollar yordamida vujudga keltiriladigan aniq hissiy obrazlarga tayanish abstrakt qoidalarni o’zlashtirish jarayonini engillashtiradi, bilimlarning tushunarlilik darajasini oshiradi. Masalan, va hokazolardan foydalaniladi.
Ko’rgazmali qurollar, ayniqsa, adabiyotdan olgan bilimlarini sistemaga solishda va boyitishda, shuningdek, o’quvchilarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi.
Ta’lim jarayonida ko’rgazmali quroldan Texnologiya fani o’qituvchisining biror og’zaki bayonini yoki izohsiz foydalanishini tasavvur qilish qiyin. Ko’rgazmali vosita hamisha o’qituvchining so’zi bilan o’zaro aloqada va muayyan munosabatda bo’ladi.
O’quv jarayonida ko’rgazmalilik tamoyilini qo’llashning muhimligini Texnologiya fani mashg’ulotlari jarayonida o’rganilayotgan mavzuni hissiy idrok etishga, ularni «jonli mushohada» qilishga, bilish faoliyatida aniq va mavhum, hissiy, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga katta o’rin beruvchi nazariya nuqtai nazaridan tushintirish mumkin.
Texnologiya fani mashg’ulotlari ko’rgazma vositalari orqali idrok etish katta imkoniyatlarga egadir. Eslab qolishda ko’rgazmalilikning o’zi emas, balki ularning nutq va amaliy faoliyat bilan biriktirilishi eng yuqori samaradorlikka ega bo’ladi. Bu o’qitish metodlarining optimal birikmasini izlash zarurligidan dalolat beradi.
Ana shu aytilganlarga ko’ra bilishning o’qitish jarayonidagi yakka tarzda yo’lini hissiy hamda nazariy bilishning haqiqiy birligi sifatida rejalashtirish va tashkil etish kerak.
Texnologiya fani mashg’ulotlarida o’qitishning ko’rgazmali metodlarini qo’llash optimallik mezoniga muvofiq kelishligi uchun Texnologiya fani o’qituvchisi ularni tanlayotganda bir qator talablarga rioya qilishi kerak.
Ko’rgazmali metodlarni tanlashda ularning quyidagi didaktik vazifalarni ancha muvoffaqiyatli hal qilishi nazarda tutilishi shart:

  • o’quvchilarda tushunchalarni idrok etishda ko’rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishga yordam berishligi;

  • faoliyat turlarini o’zlashtirishda diqqatni faollashtirish vositasi rolini bajarishligi;

  • Texnologiya fani mashg’ulotlaridan olgan bilimlarini aniqlashtirishga imkon berishligi;

  • o’rganilgan mavzularni plakatlarda, grafik chiziqlarda, rasmlarda va boshqalarda aniq qilib sistemalashtirish va klassifikatsiya qilish;

  • tilga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirish, samarali bilim olish uchun ko’rsatmalar yaratish metodlari rolini bajarishi;

  • Texnologiya fanidan o’quv materialining qanchalik o’zlashtirganligi haqida aniqlashtirilgan shaklda ma’lumot olish imkoniyatini beradi.

Texnologiya fani mashg’ulotlarida ko’rgazmali qurollardan foydalanish darsning samaradorligini ta’minlaydi. Buning uchun o’qituvchi tinimsiz ijodiy mehnat va tajribasidan kelib chiqib mavzuni turli metodlar asosida o’quvchilarga keng ko’lamda yetkaza oladi.
Hozirgi kunda fan-texnikaning intensiv holda rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Shuning uchun imkon qadar maktablarda Texnologiya fani mashg’ulotlarini zamonaviy texnologiyalar vositasida darslarni tashkil eta olish va o’quvchilarning mavjud holatdan olgan taassurotlarini dars davomida qiyosiy yo’sinda tahlil qilsa, bevosita o’quvchi dunyoqarashining shakllanishiga va munosabat bildirishiga imkon yaratadi.
Dars jarayonida ijodkorlarga daxldor foto albomlardan foydalanish, shuningdek musavvirning tasvirdagi san’atkorlik mahoratiga ham munosabat bildirsa, bevosita o’quvchida mavjud bo’lgan materialga qiziqish ortadi va jiddiy mulohaza yuritishga zamin tayyorlaydi.
Texnologiya fani mashg’ulotlarida ko’rgazmalilikni maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish bilan o’quvchilarning yozuvchi ijodi va uning badiiy asarlarini, adabiy- nazariy bilimlarini anglab, bilib olishlariga, adabiy nutqlarini o’stirishga erishish o’qituvchining oldiga turgan muhim vazifadir. Ko’rgazmalilik amalga oshirilgan darslarda o’quvchilarda faollik oshib borishi zarur. Agar ularda ana shu faollik bo’lmasa, masalan, tasviriy san’at asarlari ustida o’tkazilgan mashg’ulotda o’quvchilar faolligi sezilmasa. Bunday ko’rgazmalilikning ahamiyati ham bo’lmaydi.
Rivojlangan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yetakchi tendensiyalardan biri inson faoliyatining hamma sohalarining, shuningdek, ta’lim sohasining axborotlashuvi jarayonidir. Ta’limning axborotlashuvi axborotlarga qiziquvchilarning foydalanishlari maqsadida axborotlarni to’plash, qayta ishlash va ularni tarqatish maqsadidagi metod jarayon va texnik-dastur vositalarini o’ziga oladi. Bunda o’quvchilar bilimlarini muntazam texnik vosita asosida ularning o’zlashtirishini nazorat qilishga ham o’z ichiga olgan tizim shaklida o’rganadilar. (ya’ni elektron darsliklar, test yoki nazorat dasturlari, lug’atlar, o’quv materiallari bazasi, o’quv videofilmlar) ya’ni o’rganayotgan ob’ekt, jarayon va hodisalar madem asosida qurilgan va ularni ko’rsatadigan o’quv materiallari tizimli bo’laklarga bo’lib o’rganiladi.Ta’limning axborotlashuvi muammosini yechishga ilmiy yondashish o’quvchilarning kompleks bilim, ko’nikma va malakalar,shaxsiy fikrlarni shakllantirish orqaqli professional vazifalarni samarali bajarish va axborotlash jamiyatida o’zini qulay hal etish eng yaqin kunlardagi maqsaddir.
Hozirgi davrda o’qituvchilar ixtiyorida ko’rgazmalilikning xilma-xil turlari badiiy rasm va grafik, radio eshittirish va gramplastinka yozuvlari,kinofragmentlar, o’quv va kinofilmlar, telefragmentlar, diafilmlar va boshqalar mavjud. Ular ko’rgazmalilikning ekran, eshituv, sintetik turiga kiradi.
Yan Amos Komenskiyning ta’kidlashicha “Mumkin bo’lgan hamma narsa tuyg’ularning his etilishi uchun yetkazilishi kerak”. Boshqa bir yirik pedagog K.D.Ushinskiy esa shunday yozadi “Bola xotirasida nimanidir o’rnab qolishini istagan pedagog imkoni boricha ko’proq sezgi organlari:ko’z,quloq,tovush,muskul harakatlari tuyg’usi,hatto ,mumkin bo’lsa,hidlash va ta’m bilishni ham eslab qolishda ishtirok etishi haqida qayg’urishi kerak”.
X.Sh.Yandariyevning ko’rsatishicha, xarita-sxemalarni yaratishda “asarlarga chizilgan illyustratsiyalar, biografik materiallar, gazeta va jurnallardan qirqib olingan parchalar, nodir va nashr etilmagan rasmlar, maktublar” va boshqalardan foydalanish mumkin. “Xarita-sxemalar tuzishning maqsadi, darslarni rang-barang qilish, uni mumkin bo’lgan darajada tig’izlashtirish, unga o’quvchilarning adabiy bilimlarni olishga qiziqishlarini va ijodiy faolliklarini oshirish, shunday qilib,ular mehnatining mazmunli va quvnoq bo’lishi uchun qo’shimcha materiallarni jalb qilishdan iborat”.
Yana bir muhim holat mavjud: darsda, mashg’ulotlarda oq-qora tasvirdan ko’ra rangli rasmlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur asarlariga ishlangan miniatyuralarning turli yillarda nashr etilgan namunalari bu jihatdan bebaho manba va material bo’la oladi.
Ko’rgazmali material muhim axborot manbai hamdir. Chunki o’quvchi darslik, o’qituvchining bayoni, gazeta va jurnallardan qanday axborot olsa, ko’rgazmali materiallardan ham shunday ma’lumot olshishi mumkin.



Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling