Guruh talabasi Zibibullayev Dilshodning Akademik yozuv fanidan bajargan topshirig‘i


Download 23.6 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi23.6 Kb.
#1390555
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
akademik yozuv


713-20 guruh talabasi Zibibullayev Dilshodning Akademik yozuv fanidan bajargan topshirig‘i
8 - Mavzu. Referat.Taqriz matni. Annotatsiya yozish
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1-topshiriq. Matnni o‘qing va unga reja tuzing.
Xorazm Ma’mun akademiyasi
Reja:

  1. O‘rta Osiyo tarixidagi birinchi akademiya.

  2. “Dorul hikma va maorif” ilmiy tashkilotida faoliyat olib brogan olimlar.

  3. Ma’mun akademiyasiga mustaqillik yillarida qaratilgan e’tibor.

Ma’mun akademiyasi 1004- 1005 yillarda Xorazmda yaratilgan bo‘lib, O‘rta Osiyo tarixida birinchi akademiyadir. Akademiyaning “Ma’mun” deyilishining sababi Ma’muniy xorazmshohlar davrida (997-1017) ularning homiyligida tashkil qilingan va ilmiy ish olib borgan. Akademiya 1017 yilda o‘z faoliyatini to‘xtatilishining sababi Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munning isyonchilar tomonidan o‘ldirilishi bo‘ldi. Shundan so‘ng akademiya homiysiz va qarovsiz qolib, akademiya olimlari ilmiy ish uchun tinch sharoit qidirib, birin-ketin tarqalib ketdilar.
1004 yildan boshlab Gurganjda “Dorul hikma va maorif” ilmiy tashkiloti faoliyat ko‘rsata boshlagan. Bu ilmiy tashkilot ko‘p jihatdan Platonning Afinadagi Akademiyasini va Bog‘doddagi “Bayt -ul hikma” akademiyasiga o‘xshagan Xorazm Ma’mun akademiyasida o‘sha davrning eng ko‘zga ko‘ringan ensiklopedist olimlari va mutafakkirlari xizmat qilganlar. Ular qatorida quyidagi yirik tadqiqotchilarni sanab o‘tish mumkin: Abulhayr ibn Hammar, Jurjoniy, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad ibn Muhammad as -Sahiy, Xorazmiy va boshqalar. Bular o‘sha davr sharoitida haqiqiy ilmu-fanlarning mashhur kimyogarlari, tabiatshunoslari, tibbiyotchilari, matematiklari, astronomlari, muhandis olimlari, mantiqshunoslar, faylasuflar, tarixchilar, geograflar va boshqa sohalarning atoqli vakillari yig‘ilgan edilar.
BMT ning Yunesko tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining taklifi bilan 2005 yilda Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekiston ushbu tantanalar doirasida Xorazm Ma’mun akademiyasini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Xorazm-Amudaryo mintaqasi filiali sifatida qaytadan tikladi. 1997 yil 11 noyabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Xorazm Ma’mun akademiyasini tiklash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan bu akademiya o‘z tarkibida arxeologik, til va adabiyot, biologiya bo‘limlarini tashkil qildi va o‘z ajdodlarining nomi va ruhiga loyiq ish olib borishga intilmoqda.

Download 23.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling