Guruh: tayyorlov guruh Faoliyat markazlari
-Tarbiyachi jismoniy tarbiya markazida
Download 79 Kb.
|
1 2
Bog'liqмашгулот ишланма 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Tarbiyachi tasviriy faoliyat markazida
2-Tarbiyachi jismoniy tarbiya markazida:
Hurmatli bolajonlar, biz siz bilan bugun mana bu halqachalar va xaltachalar yordamida quyoncha bo‘lib sakrashni o‘rganamiz. Qani quyoncha qanday sakrar edi, kim ko‘rsatib beradi, barakalla, bolalar, endi ikki nafar o‘rtog‘imiz bizga xaltachalarni kiyib, xalqachalar ustidan sakrashni ko‘rsatib teradi va keyin barchamiz takrorlaymiz. Barcha bolalar bu usulni takrorlab bo‘lgandan keyin guruhning o‘g‘il va qizlar sonidan kelib chiqib, to‘rtta guruhga ajratiladi va xaltachada belgilangan manzilni aylanib kelish musobaqasi tashkil etiladi. G‘olib bo‘lgan guruh bolalari rag‘batlantiriladi. Musobaqadan keyin bolalar bilan nafas rostlash mashqlari bajariladi. 3-Tarbiyachi tasviriy faoliyat markazida: Tarbiyachi: hurmatli bolajonlar, yo‘l harakati qoidalari esimizda qoldimi? Bolalar baravariga: Ha Tarbiyachi: Unda aytingchi, svetafor bizga nimaga kerak ekan? Bolalar baravariga: yo‘l harakatlarini tartibga solib turish uchun. Tarbiyachi: qani bizning svetaforimizda qanday rangli chiroqlar bor ekan? Bolalar baravariga: qizil, sariq, yashil Tarbiyachi: svetaforni chizishni harakat qilib ko‘raylikchi Bolalar: ha, chizamiz, chizamiz Tarbiyachi: unday bo‘lsa doskadagi namunaga qarab, svetafor rasmini chizishni taklif qilaman. Bolalarning harakatini kuzatib boramiz, qiynalgan bolalarga faoliyat davomida yordamlashib boramiz, tayyor bo‘lgan rasmlarni bolalar bilan birgalikda tahlil qilamiz, faol qatnashgan bolalar “rag‘bat kartochkasi” bilan rag‘batlantiriladi.Faoliyat yakunida bolalar bilan harakatli o‘yin o‘ynaymiz. Qo‘llarimiz chapak-chapak, Harakat bizga kerak, Boshlarimiz sarak-sarak, O‘yindan berar darak. Qo‘limizni ko‘tardik, Astagina tushirdik, Endi ehtiyot bo‘lib, Turgan joyda aylandik. Tarbiyachi: O.Mirabdullayeva Download 79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling