Guruh: tayyorlov guruh Faoliyat markazlari
Download 79 Kb.
|
1 2
Bog'liqмашгулот ишланма 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh
- Faoliyatning borishi: 1-Tarbiyachi atroq olam bilan tanishtirish markazida
Andijon viloyati Baliqchi tumani 9-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ilk qadam” dasturi asosida tayyorlov guruhda o‘tkaziladigan “Yo’l harakati – o’z qo’limizda” mavzusida olib borilgan ishlar yuzasidan mashg’ulot ishlanmasi Sana:_______________________ yil Guruh: tayyorlov guruh Faoliyat markazlari: atrof olam bilan tanishish, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat Mavzu: Yo‘l qoidasi-umr foydasi Faoliyat uchun kerakli jihozlar: Svetafor maketi, yo‘l belgilari, yo‘l chizmalari, bolalar avtomabillari, velosipedlar, samakatlar, rasm daftar, rangli qalamlar, svetafor rasmining eskizlari, faoliyat uchun tarqatma va ko‘rsatma materiallar, nautbuk Faoliyatning borishi: 1-Tarbiyachi atroq olam bilan tanishtirish markazida: Faoliyat bolalar saf tortgan holda tarbiyachining kirish so‘zi bilan boshlanadi. Tarbiyachi:Salom aziz bolajonlar, yaxshi keldingizlarmi, dam olish kunlarini mazmunli o‘tirdingizmi? Bolalar: Ha Tarbiyachi:barakalla bolajonlar, qani bolalar aytinglarchi hozir o‘lkamizda qanday fasl? Bolalar: kuz fasli Tarbiyachi:barakalla, kuz faslida qanaqa oylar bor edi? Bolalar: sentyabr, oktyabr, noyabr Tarbiyachi:xo‘p, hozir kuz faslining qaysi oyi o‘tayapti? Bolalar: noyabr Tarbiyachi:barakalla, xo‘sh endi aytingchi, hafta kunlari qanday? Bolalar: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba Tarbiyachi: xo‘p, bugun haftaning qaysi kuni ekan? Bolalar: dushanba Tarbiyachi: bolajonlar tinglang men sizga topishmoq aytaman, javobini topingchi Uch xil rangli botirlar, Ko‘p ishlarga qodirlar CHorraxada turarlar, Navbat bilan yonarlar (Svetafor) Bolalar: xo‘r bo‘lib svetafor deb javob berishadi Tarbiyachi: hurmatli bolajonlar, bu hafta biz siz bilan “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” degan mavzuda yo‘l harakati qoidalari, yo‘lda piyodalarning harakatlanishi, svetafor va uning afzalliklarini o‘rganishimiz kerak. Buni o‘rganish uchun men sizni yo‘l qoidalarini o‘rganish uchun maxsus tayyorlangan o‘quv maydoniga olib boraman. U erda sizga yo‘l patrul xizmati xodimlari yo‘lda harakatlanishingizda kerakli maslahatlarni berishadi. Xo‘sh boramizmi? Bolalar baravariga: Ha Tarbiyachi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasining asfaltlangan maydonida maxsus yo‘l va piyodalar yo‘li va svetaforlar o‘rnatilgan o‘quv maydoniga olib boradi. Mashg‘ulotga tuman yo‘l patrul xizmat xodimlari va mahalla noziri taklif qilinadi. Bolalarni maydonda yo‘l patrul xizmat xodimlari kutib olishadi. Yo‘l patrul xizmat xodimi: salom aziz bolajonlar, men sizlarni ko‘rib turganimdan xursandman, chunki mening kasbimda asosan yoshi katta piyodalar va haydovchilar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Lekin faoliyatim davomida yo‘l harakati qoidalarini yaxshi bilmaydigan yoshi kattalarni ko‘p uchrataman, shuning uchun sizlarga maslahatim, yoshligingizdan yo‘l harakati qoidalarini yaxshi o‘rganib olsangiz, hayotingiz davomida yo‘l halokatlariga uchramasligingiz va uzoq umr ko‘rishingizga kafolat beraman. Yo‘l patrul xizmat xodimi piyodalar yo‘li va svetaforlar o‘rnatilgan o‘quv maydoniga borib, bolalarga qisqacha yo‘l xavfsizligi qoidalarini tushuntiradi. 1.Uydan ko‘chaga chiqqach,piyodalarga halaqit bermaslik uchun, avval chapga, so‘ng o‘ng tomonga qara. Uydan boqchaga yoki maktabga olib boruvchi eng xavfsiz, kamroq kesib o‘tiladigan , transportlar qatnovi kam yo‘lni tanla. 2.SHahar tashqarisidagi yo‘lda yo‘l chetidan uzoqroqda, shoshmasdan harakat qil. Yo‘lning qatnov qismiga chiqma. Tor tratvardan ketayotganda, to‘chtab turib, o‘zingdan kattalarga yo‘l ber. 3.To‘xtab turgan avtomabil yonidan ehtiyot bo‘lib o‘t. Naydovchi to‘satdan avtomabil eshigini ochib yuborishi mumkin. Harakat tartibga solib turilmaydigan joylarda tratvardan yo‘lga tushishdan oldin chap tomonga qara, chap tomondan transport kelmayotganiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, yo‘lni kesib o‘ta boshlashing mumkin. 4.Agar transportlar harakati boshlanib qolgan bo‘lsa, “Xavfsizlik orolchasi”da kutib tur. Endi o‘ng tomonga qara. Agar o‘ng tomondan transport kelmayotgan bo‘lsa, yo‘ldan o‘tishni tugallashing mumkin. SHundan keyin svetafor, uning uch xil rangining ahamiyati, piyodalar yo‘lidagi ogohlantiruvchi belgilar haqida ma’lumot beriladi. Ma’lumotlar berilib bo‘lgandan keyin, bolalardan uchtasini bolalar avtomabiliga, ikkitasini velasipedga mindirib, transportlarda svetaforga qarab harakatlanish mashq qilinadi. Keyin piyodalar yo‘lida bolalarning harakatlanishi mashq qilinadi Download 79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling