Nazorat savollari 1. Doimiy xotira haqida umumiy tushuncha bering.
Doimiy xotira qanday turlarini bilasiz?
Doimiy xotira qanday elementlardan tashkil topgan?
Doimiy xotira ishlash prinsipini tushuntirib bering
Hisobot mazmuni Talabalar yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlarni o’qib o’rganib qisqacha xullosa va nazorat savollariga yozma ravishda javoblar yozib hisobot tayorlaydilar.
Laboratoriya ish№ 26.
Mavzu: Impuls signallarni generatsiyalash va shakllantirish sxemalarini tadqiq etish.
Ishning maqsadi: Impuls signallarni generatsiyalash va shakllantirish sxemalarini tadqiq etish
Ketma-ket raqamli qurilma kirishiga kodli so‘z belgilari bir vaqtda berilmaydi. Parallel raqamli qurilma kirishiga kirishiga har bir kirish belgi bir vaqtda beriladi. 3-rasmda bunday qurilmaga misol keltirilgan:
3-rasm. Mantiqiy qurilmani struktura sxemasi
Bunda kirishda 2 ta (I, II) uch razryadli signal belgilari bir vaqtda beriladi va chiqishda ham uch razryadli signal belgilari bir vaqtda chiqadi.
Aralash turli raqamli qurilmalarda kirish va chiqish kodli so‘zlari har xil turda beriladi. Masalan, kirishlar ketma- ket, chiqishlar parallel. Bunday qurilmalar kodli so‘zlarni birformadan boshqa formaga o‘tkazishda ishlatilishi mumkin (Masalan, ketma-ket formadan, parallel formaga va aksincha.
Avtomatlashgan tizimlarda axborot almashinishi signallar yordamida amalga oshadi. Signalni tashuvchilari sifatida fizik kattaliklar tushuniladi, masalan, tok, kuchlanish, magnit holatlar va h.k. Fizik kattaliklar o‘zining vaqt funksiyasi orqali yoki belgilangan fazoviy taqsimlanishida ifodalanadi
CHastota, amplituda, faza, impulslar davomiyligi, ketma-ket impulslar seriyalarining bir yoki bir nechta parallel liniyalarida taqsimlanishi, tasvir nuqtalarining tekislik va x. k. larda taqsimlanishi kabi uzatuvchi vaqtli funksiyalarni aniqlovchi parametrlar (ular orqali axborot uzatish holatida) axborot parametrlari deb ataladi. Agar fizik kattalik ikki yoki undan ortiq axborot parametrlarning tashuvchisi bo‘lsa, u ko‘p o‘lchovli signal hisoblanadi. Axborot parametrlar bir qator aniq miqdorlar to‘plamiga ega.
Analog signallar (axborot parametrlari berilgan diapazon ichida har qanday miqdorni qabul qilishi mumkin);
Diskret signallar (axborot parametrlari faqatgina berilgan aniq diskret miqdorlarni qabul qilishi mumkin);
Uzluksiz signallar (axborot parametrlari har vaqtda o‘zgarishi mumkin); Uzlukli signallar (axborot parametrlari vaqtning diskret onlaridagina boshqa miqdorni qabul qilishi mumkin);
EHM yordamida avtomatlashtiriladigan tizimlarda uchraydigan signallarning tipik formalariga baxzi misollar quyida keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |