Guruhi talabasi buvanazarov bekzodning


 Rossiya Federatsiyasida davlat byudjeti g’azna ijrosi faoliyati


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana22.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1377418
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
favorite

2. Rossiya Federatsiyasida davlat byudjeti g’azna ijrosi faoliyati


Rossiyada davlat moliyasini boshqarishda Imperator Aleksandr 2 hukmronlik
qilgan davrda yagona kassa masalasi qo’yilgan. Moliya vazirligi uchun kassa
shuning uchun kerak ediki, bir tomondan tushayotgan davlatning barcha
daromadlarini birlashtirish, ikkinchi tomondan g’aznadan to’g’ridan-to’g’ri
kredit berish yo’li bilan davlat xarajatlarini moliyalashtirishni amalga
oshirishdan iborat.
1872 yilda Imperiyadagi g’aznachilikning yagona me’yoriy xujjati ishlab chiqildi,
undagi qoidalarning mazmuni quyidagilardan iborat edi: g’aznachilar
tomonidan turli xildagi tangalar va kredit qog’ozlarini g’aznaga qabul qilish
tartibi, bir yo’la va doimiy beriladigan pensiya va nafaqalarni to’lash tartibi,
g’aznachilikdan qimmatli qog’ozlar uchun foizlar to’lash tartibi berilgan.
O’sha davrdagi mamlakatning iqtisodiyotini juda tez rivojlanishi va uning
ma’muriy qayta tuzilishdagi o’zgarishlar moliyani rolini yanada oshirishni talab
etar edi. Imperator Nikolay 2 hukmdorlik qilgan davrda Moliya vazirligi
faoliyatida, jumladan, Bosh G’aznachilik Departamentida juda ko’p tarkibiy va
sifat o’zgarishlari qilindi. 1890 yilga kelib g’aznachilikning tarkibini o’zgarishi
bilan shtatlar soni etarli miqdorda oshdi, bu faqatgina kirim-chiqim
moddalarining umumiy sonini oshishi bilan emas, balki g’aznachilikning
buxgalteriya kitobining alohida hisob-kitob hisobraqamlarning sonini oshishi
bilan bog’liq edi.
Rossiya Federatsiyasining byudjet tizimini barcha bosqichlarida byudjet ijrosi
«yagona kassa» tamoyili asosida amalga oshiriladi. «Yagona kassa» tamoyili
Rossiya Federatsiyasi qonuniy xujjatlariga muvofiq, byudjet daromadlarini
barcha
tushumini,
byudjet
taqchilligini
manbalarini
jalb
etish
va
moliyalashtirishni va byudjetning yagona hisobraqamidan barcha xarajatlarni
amalga oshirishni ko’zda tutadi.


Federal byudjetning daromadlar qismi ijrosi haqida gapiradigan bo’lsak, soliq
organlarining Moliya vazirligi bo’ysunuvidan chiqqanligi Federal byudjet ijrosi
jarayonlarini tezkor boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotlarni uzatishni
bo’linishiga olib keldi. Davlat soliq xizmati kanallari bo’yicha barcha soliq
to’lovlarning amalga oshirilganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Lekin
shunga qaramasdan, Rossiya Moliya vazirligi o’zining xududiy organlaridan
haqiqatda federal byudjetning daromadlar qismiga tushgan miqdori to’g’risida
to’liq axborot olish imkoniyatidan chetlatilgan, bu esa byudjet amaliyotidagi
moliyalashtirishning kechikishiga olib keldi.
Davlatning moliyaviy resurslarini boshqarish, himoyalash, nazorat qilish va
hisobga olishni ta’minlash katta muammo bo’lib qoldi. Davlatning moliya tizimi
boshkaruvi bo’yicha davlat talablarini amalda bajarilishini ta’minlovchi ijro
boshqaruvi organini tuzish zaruriyati yuzaga keldi.
Ma’lumki, Rossiyada 1928 yildan 1917 yilgacha «barcha kirim va chiqimlarni
hisoblash»
mavjud
bo’lgan,
bu
vazifalarni
Davlatning
G’aznachilik
Deportamenti amalga oshirgan.
Rossiyada byudjet ijrosini tahlili shuni ko’rsatadiki, 90-yillar boshida
Rossiyada davlat g’aznasini to’ldirish bilan bog’liq va uning resurslarini xarajat
qilishning nazoratini ta’minlashga zururiyat tug’ildi. Rossiya Federatsiyasi 90-
yillarning boshidan yakka tizimli moliya boshqaruvidan voz kechdi, bozor
iqtisodiyotiga o’tish sharoitida moliyaviy manfaatni himoya qilishni o’z oldiga
vazifa qilib qo’ydi. Shunday qilib, federal byudjet ijrosini amalga oshira
oladigan tezlikda yangi moliya organini tuzish masalasini hal qilish kerak edi.
Rossiya Federatsiyasida 1992 yili federal miqyosda xududiy g’aznachilik tizimi
vujudga keldi. Federal G’aznachilik organi Rossiya Federatsiyasi Moliya
Vazirligi tarkibiga kiradi, markazlashgan tizim hisoblanadi va u hududiy


tamoyillarga asoslanadi. Bunga huquqiy asos bo’lib Rossiya Federatsiyasi
Prezidentining Farmoni, «G’aznachilik to’g’risida»gi Nizom xizmat qildi.
Mamlakatda davlat byudjet siyosatini olib borish maqsadida Rossiya
Federatsiyasi Prezidentining 1992 yil 8 dekabrdagi 1556-sonli Farmoni federal
byudjet daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarish, davlat dasturlarini
moliyalashtirishda
tezkorlikni
oshirish,
tushumlar
ustidan
nazoratni
kuchaytirish, davlat mablag’larini maqsadli va iqtisod qilib ishlatish maqsadida
Rossiya Federatsiyasi Moliya Vazirligiga bo’ysinuvchi Federal G’aznachilik
organlarining markazlashtirilgan tizimi shakllantirildi.
2000 yil 1 yanvaridan boshlab Rossiya Federatsiyasi byudjet kodeksi ishga
tushirilishi sababli Federal g’aznachiligining rivojlanishi yangi impulsni oldi.
Rossiya Federatsiyasi Byudjet Kodeksi Rossiya Federatsiyasini byudjeti
bajarilish jarayoni qo’ydagi asosiy vazifalarni hal qildi:
-
Rossiya
Federatsiyasida
byudjetlarning
xazinachilikni
bajarilishini
mustaxkamladi;
- Kassa xarajatlarining shu moliyaviy yilga byudjet xaqidagi bo’yrug’i bilan
belgilangan normalarga zaruriy darajada to’g’ri kelishini ta’minladi.
- Shuni belgiladiki byudjet mablag’larini qabul qiluvchiga etgan byudjet
majburiyatlari limitlar hajmi byudjet mablag’lari xisobidan tulayotgan va qabul
qilingan majburiyatlar xajmiga teng bo’lishi kerak;
- Federal byudjetning mablag’larini Bosh idora qiluvchilar va qabul qilib
oluvchilar ularga ajratilgan mablag’larni maqsadli ishlatish javobgarligi
belgilandi.
2000-2002 yil davomida 89 Federal g’aznachilik boshqarmalari va 2254
Federal g’aznachilik bo’limlarni o’ziga olgan Federal g’aznachilik organlari
vertikal tuzilmasini yaratilishi tugatilgan. 2002 yilda Rossiya Federatsiyasi
Mudofa vazirligining ayrim idoralaridan tashqari barcha Federal idoralari
Federal g’aznachilik organlari tomonidan ta’minlashga o’tkazish jarayoni
amaliyotida tugatilgan.
Federal tashkilotlarni nobyudjet mablag’lari bilan operatsiyalari ham Federal
g’aznachilik organlari nazorat ostiga olingan. 2002 yil 1 yanvardan boshlab 33


ming Federal tashkilotlarning nobyudjet mablag’larini ruyxatga olish xisob
raqamlari Federal g’aznachilik organlarida ochilgan.
Federal g’aznachilik organlari tuzilmasi rivojlanishida yangi bosqich 2004 yil 9
martda qabul qilingan “Ijroiya xokimiyati Federal organlar tizimi va tuzilmasi
haqida” Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
№ 314 farmoni asosida o’tayotgan
admenstrativ isloxatlashtirish bo’lgan.
Shu isloxot o’tkazish natijasida 2005 yil 1 yanvardan Federal g’aznachilik
Rossiya
Federatsiyasi
moliya
vazirligi
tizimidan
chiqarilib
Rossiya
Federatsiyasi Moliya vaziriga bo’y sunadigan Federal xizmatiga aylantirildi.
Shu o’zgartirishlar bo’yicha federal byudjetni bajarilishini ta’minlash vazifalari
Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligidan Federal g’aznachilikga o’tdi, xamda
federal byudjetni bajarilish va Rossiya Federatsiyasi konsolidatsion byudjetni
bajarilish xakida xisobotlarni tayorlash vazifasi yuklatildi.
2004 yil 1 dekabrda chiqqan “Federal g’aznachilik haqida”
№ 703 Rossiya
Federatsiyasi hukumatini qarori asosida Federal g’aznachilik haqidagi nizom
qabul qilindi.
Zamonaviy bosqichda Federal g’aznachilik organlari oldida qo’ydagi asosiy
vazifalar turadi:
- federal byudjet bajarilish davomida o’tkazilayotgan kassa operatsiyalarini
o’tkazish;
- byudjet haqida qonunlarni byudjet jarayoni qatnashchilari tomonidan rioya
qilishini dastlabki va kundalik nazoratini o’tkazish;
- Qonun tomonidan belgilangan normativ bo’yicha byudjet tizimiga tushgan
daromadlarni xar xil darajali byudjetlar orasida taqsimlash;


- Rossiya Federatsiyasi subektlarini byudjetlar va maxalliy byudjetlar
bajarilishini kassaviy ta’minlashni o’tkazish;
- Federal byudjetning bajarilishi haqida hisobotlarni o’z vaqtida va sifatli
tayyorlash.
2004-2006 yillarda Rossiya Federatsiyasida byudjet jarayonini isloxatlashtirish
kontseptsiyasi. Kontseptsiya maqsadi davlat (munitsipal) moliyani maksimal
darajada samarali boshqarish uchun shart-sharoitlarni tuzish. Bu isloxotning
tub ma’nosi - byudjet xarajatlari va ularning natijalari o’rtasida to’g’ri
bog’liqlikni aniqlash, foydalanishning so’ngi natijalarni ommaviy axamiyatini
va davlat siyosati birinchiliklarni xisobga olgan xolda byudjet resurslarini
davlat maqsadlari, vazifalari va funktsiyalari bo’yicha taqsimlash. Isloxatni
amalga oshirish uchun xarajatlarni boshqarish efektiv texnologiyani
ta’minlayotgan - natijaga kiritilgan byudjetlashtirish, boshqacha aytganda
byudjetli rejalashtirish - usulidan foydalanish taklif kiritildi. Bu usul dunyo
amaliyotida, jumladan Germaniya Federativ Respublikasida, muvofiqiyatga
erishadigan usul sifatida tavsiya qilindi.
Birlashgan g’aznachilik xisobi xolatida bir tomondan byudjet defitsiti, ikkinchi
tomondan byudjet mablag’lari xaddan tashqari ko’pligiga bog’liq xar xil
o’zgarishlar uchraydi. Birinchi vaziyatda xisobni mustaxkamlash va kreditlarni
jalb qilish kerak, ikkinchi vaziyatda esa - bush pul mablag’larini foydali
sharoitlarda joylashtirish kerak bo’ladi.
Mamlakatda yangilanish boshlanishi bilan yangi byudjet qonunchiligi yaratildi,
ya’ni qonuniy organlarning tasdig’idan keyin byudjet ijrosi boshlandi. Hozirgi
paytda byudjet ijrosining asosiy mezonlari Rossiya Federatsiyasining Byudjet
Kodeksiga asoslanadi. Rossiya Federatsiyasi Byudjet Kodeksining 215-
moddasida
ta’kidlanishicha,
Rossiya
Federatsiyasida
byudjet
ijrosi
g’aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi. Shu moddaga asosan hokimiyat


ijroya organlariga byudjetning ijrosi va uni tashkil etish, shuningdek, byudjet
mablag’larini va byudjet hisobraqamlarini boshqarish yuklatiladi. Xuddi shu
organlarining o’zi barcha taqsimlovchilarning va byudjetdan mablag’
oluvchilarning kassirlari hamda byudjet tashkilotlari nomidan byudjet
mablag’lari hisobidan to’lovni amalga oshiradilar.
Hududiy G’aznachilik organlari uch bosqichga bo’linadi:
Birinchi bosqich. Federal G’aznachilikning Bosh Boshqarmasi Moliya Vaziri
o’rinbosari miqyosidagi boshliq tomonidan boshqariladi. Doimiy ravishda
yig’ma, to’liq va standartlashtirilgan hisob-kitob va g’aznachilik hisobini olib
boradi, mahalliy byudjetni kirim-chiqim to’g’risida yuqori ijro va qonun
chiqarish organlariga axborot beradi. G’aznachilikning quyi organlari ishini
nazorat qiladi, Federal byudjet tushumi to’g’risida ulardan tezkor axborotlar va
hisobotlar yig’adi, byudjet ijrosining qonunchilik asosida ijrosini ta’minlaydi.
Ikkinchi bosqich. Federal G’aznachilikning Boshqarmasi Sankt-Piterburg,
Moskva shaharlari, avtonom uyushma, oblast va Rossiya Federatsiyasi
ichidagi respublikalaridan iborat. Hududlardan G’aznachilikning organlari
tomonidan federal byudjetning kirim- chiqim qismini shakllantirishda barcha
qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlaydi.
Uchinchi bosqich. Federal G’aznachilik bo’linmalari. Shahar, tuman va shahar
tumanlari, tumanga qarashli shaharlardan tashqari byudjetdan mablag’
oluvchilar tomonidan qilinadigan xarajatlarni maqsadli ishlatilishini ta’minlash
va hududlarda federal byudjetning daromadlar qismini shakllantirishni
ta’minlaydi. Federal G’aznachilik bo’linmalari hududdagi federal byudjetning
tushum va xarajatlari ijrosi to’g’risida yuqori tashkilotlarga axborot beradi.
Barcha Federal G’aznachilik organlari yuridik shaxs maqomiga ega bo’lib, ijro
xokimlik organlariga tegishli va o’z faoliyatida Rossiya Federatsiyasi Moliya


Vazirligi,
Rossiya
Federatsiyasi
Hukumatining
Prezidenti
tomonidan
tasdiqlanagan me’yoriy va qonun xujjatlariga tayanadi. Rossiya Federatsiyasi
Prezidentining
1992 yil
8 dekabrdagi
1556-sonli
Farmoni,
Rossiya
Hukumatining 1993 yil 27 avgustdagi 864-sonli Qarori chiqishi bilan Federal
G’aznachilik shakllantirildi.
Federal byudjet ijrosi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki yoki uning
shohobchalarida ochilgan hisobraqamlarida g’aznachilik organlari tomonidan
amalga oshiriladi yoki Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan
holda tijorat banklari ham amalga oshiradi. Rossiya Federatsiyasining Byudjet
kodeksining 155- moddasida ta’kidlanishicha, Rossiya Markaziy banki
muassasalarida g’aznachilik organlarining hisobraqami mavjud. Hududlarda
Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki muassasalari bo’lmasa, g’aznachilik
hisobraqami vakolat berilgan xususiy tijorat banklarida bo’ladi.
Yuqorida to’xtab o’tilganidek, xorijiy mamlakatlarning g’aznachilik amaliyoti
tajribalarini o’rganish naqadar muhim bo’lsa, ma’lum davr umumiy tarixga ega
bo’lgan mamlakatlarning bu boradiga tajribalari biz uchun undan ham
muhimroqdir. Tabiiyki, respublikamizda davlat moliyasini boshqarishni isloh
qilish borasidagi ishlarning boshlang’ich bosqichida bizning respublikamiz
kabi sharoitga ega bo’lgan sobiq ittifoq respublikalari hamda boshqa
markazlashtirilgan rejali iqtisodiyotga ega bo’lgan Sharqiy Evropa davlatlarida
mazkur ishlar qanday amalga oshirilganligi, mavjud yutuqlar va kamchiliklarga
diqqat-e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi
kunga
kelib
mustaqillikka
erishgan
sobiq
Sovet
Ittifoqi
respublikalarining barchasida u yoki bu shakldagi g’aznachilik tizimi faoliyat
ko’rsatib kelmoqda. Ularning barchasida to’lov operatsiyalari moliya
vazirliklari tarkibiga kiruvchi g’aznalar orqali amalga oshirilmoqda. Ayni
paytda, hozirda ham ba’zi mamlakatlarda to’lov operatsiyalari, masalan,


mudofaa, huquq-tartibot vazirliklarini moliyalashtirish g’aznalar tashqarisida
yurgazilmoqda. Bu mamlakatlardagi Markaziy banklarda hukumat, ayrim
hollarda esa mahalliy boshqaruv organlari moliyaviy resurslarining katta qismi
yoki barchasini, byudjetdan tashqari jamg’armalarni o’z ichiga oladigan
yagona g’azna hisob raqamlari ochilgan. Ammo barcha davlatlarda
boshlangan islohotlar o’zining to’la yakuniga etganicha yo’q. O’tgan davr
mobaynida ularga tegishli o’zgartirishlar kiritildi va shuning evaziga mavjud
tizimlar takomillashtirishda davom etmoqda. Sobiq ittifoq davlatlari tomonidan
g’aznachilik bo’yicha olib borilaetgan islohotlarni Ukraina va Rossiya
tajribalari misollida ko’rib chiqadigan bo’lsak, hozirgi kunda Respublikamizda
g’aznachilikda olib borilayotgan chora- tadbirlarga qo’shimcha ijobiy
yo’nalishlarni aniqlab olishimiz mumkin bo’ladi.
Ukrainada g’aznachilik funktsiyalari bir nechta davlat boshqaruv organlari
o’rtasida taqsimlangan. Davlatning tashqi va ichki qarzlarni boshqarish
Vazirlar Mahkamasining ishonchi bilan Moliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
Lekin mazkur mablag’lardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan
nazorat Xisob palatasi vakolatlariga kiradi. Moliya vazirligi vakolatlariga
byudjetni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish va byudjet birliklari
uchun xarajatlar smetalarini tuzish kiradi. Byudjet xarajatlarini amalga oshirish
uchun tushumlar yig’ish bilan Moliya vazirligi tarkibidagi soliq va bojxona
xizmatlari shug’ullanadi. Barcha pul mablag’lari mamlakatdagi bank tizimi
orqali G’aznachilikning Milliy bankdagi yagona xisobiga kelib tushadi. Yagona
hisobraqam bo’yicha tushumlar va to’lovlar hisobini g’aznachilik yuritadi.
Qimmatli qog’ozlarni chiqarish, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, Moliya vazirligi
zimmasidadir. Byudjet ijrosi jarayonidagi kassa uzilishlarini qoplash uchun
bank kreditlaridan foydalanish, qonunchilikka muvofiq taqiqlangan. Byudjet
birliklari tomonidan xarajatlar bo’yicha majburiyatlarni olish ustidan nazorat
g’aznachilik tomonidan olib boriladi. Byudjet birliklari tomonidan xarajatlar
bo’yicha olingan majburiyatlar to’liq ta’minlangandan so’ng, ular tomonidan


g’aznachilik organlariga to’lov so’rovnomalarini taqdim etadilar. Ichki nazorat
va audit amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq bevosita byudjet birliklarining
yuqori tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi
ma’lumotlar Moliya vazirligi tomonidan chop etiladi. Moliya vazirligi byudjet
ijrosini umumiy boshqaruvini amalga oshiradi. Ukrainaning moliyaviy axborot
tizimi G’aznachilik xizmati javobgarligidadir.
Rossiyada davlat moliyaviy resurslarni boshqarishda g’aznachilik funktsiyalari
quyidagicha taqsimlangan.
Moliya Vazirligi - byudjet loyihasini tuzish va hukumatga taqdim etish,
davlatning byudjetdan tashqari fondlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok
etish, hukumat topshirig’iga asosan davlat nomidan Federal mablag’lar
hisobidan qaytarib berish sharti bilan beriladigan qarzlarni berish va olish
uchun kafolatlar berish, federal byudjet loyihasini tuzish va ijro etish sohasida
uslubiy rahbarlik qilish, jamlangan Federal byudjetini tuzish, xukumat
topshirig’iga asosan, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalarni amalga
oshirish, qimmatli qog’ozlarni chiqarishda emmitent sifatida ishtirok etish,
davlatning tashqi qarzlarini boshqarish, barcha mulkchilik shaklida faoliyat
yurituvchi shaxslarga buxgalteriya hisobi bo’yicha uslubiy raxbarlik qilish,
byudjet ijrosining joriy nazoratini amalga oshirish kabi vazifalarni amalga
oshiradi.
Federal G’aznachilik - byudjet ijrosini to’g’ri amalga oshiradi, byudjet
mablag’larini boshqarish va hisobini yuritadi, belgilangan limitlar doirasida
xarajatlarni,
byudjet
ssudalarini
berish
va
byudjet
investitsiyalari
moliyalashtiradi, to’lovlarni to’liq va o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydi,
byudjet ijrosi to’g’risida ma’lumot va hisobotlar tuzadi, yagona hisobraqam
bo’yicha tushumlar va to’lovlarni hisobga oladi va nazorat qiladi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling