Guruhi talabasi buvanazarov bekzodning
Qozog’iston Respublikasida g’aznachilik faoliyati
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
favorite
3. Qozog’iston Respublikasida g’aznachilik faoliyati
Qozog’iston Respublikasida 1994 yilda Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida g’aznachilik tizimi joriy qilindi. 1995 yilning oxirida esa Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligida G’aznachilik Bosh boshqarmasi G’aznachilik Qo’mitasi tashkil etildi. 1996 yilda byudjet Milliy bankning hisob- kassa markazida respublika va mahalliy byudjetlarning hisobkassasiga xizmat qiluvchi Byudjet banki tashkil etildi. Bunda G’aznachilik idoralariga naqd pul operatsiyalaridan boshqa bank operatsiyalarini o’tkazish huquqi berildi. Shu bilan birga daromadlar va xarajatlar uchun G’aznachilikning yagona hisobi Milliy bankda ochilib, uning hududiy idoralari bilan korrespondentsiya hisoblari tartibi joriy qilindi. 1997 yilda Byudjet banki bekor qilinib uning funktsiyasi g’aznachilikning hududiy idoralariga berildi. 1995 yilda g’aznachilikning hududiy idoralari viloyatlarda, tuman va shaharlarda tashkil etildi. Ayni vaqtda Qozog’iston Respublikasida 16 ta viloyat va 184 ta tumanda mavjud bosqichining barcha bo’g’inlarida g’aznachilik faoliyat ko’rsatmoqda. Qozog’iston Respublikasi g’aznachilik tizimining tarkibi quyidagicha tuzilgan: 1. G’aznachilik qo’mitasi-Markaziy g’aznachilik. 2. G’aznachilikning viloyat boshqarmalari. 3. Tumanlardagi G’aznachilik bo’limlari. Qozog’iston Respublikasi Hukumatining 1999 yil 24 mayda 626-son «Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachilik Qo’mitasi masalalari to’g’risida» qaror qabul qilindi. Qarorda Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik qo’mitasi to’g’risidagi Nizom belgilandi va Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachilik Qo’mitasining tarkibiy tuzilishi aniqlandi. Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik Qo’mitasi Moliya vazirligining boshqarmasi bo’lib, Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligi unga bergan vakolat chegarasida o’ziga yuklatilgan maxsus ijro va nazorat tekshiruv funktsiyalarni bajaradi, shuningdek, respublika byudjetini ijro etilishida mintaqalararo muvofiqlashtirish ishini amalga oshiradi, Davlat byudjetiga va byudjet tashkilotlariga hisob-kassa xizmatini ko’rsatadi hamda Davlat byudjeti mablag’larini maqsadli ishlatilishida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi. G’aznachilik qo’mitasi Qozog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qozog’iston Respublikasi qonunlariga, Prezedent aktlariga, Qozog’iston Respublikasi Hukumatining huquqiy-me’yoriy xujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizom asosida faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilik qo’mitasi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 1. Respublika byudjeti kassali ijrosini tashkil qilish va nazaratni amalga oshirishni yaxshilash; 2. davlat byudjetining, xususan, davlatning va davlat tashkilotlarining ko’rsatadigan pullik xizmatlaridan tushgan tushumlarni, depozit summalarini, beg’araz yordam va homiylikdan tushgan mablag’larning hisob- kassasiga xizmat qilishni yaxshilash; 3. byudjet tizimida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirishda qatnashish; 4. respublika byudjeti mablag’larini samarali va maqsadli ishlatilishining nazoratni ta’minlash; 5. G’aznachilik Qo’mitasida davlatni axborot tizimining faoliyatini ta’minlash. G’aznachilik qo’mitasiga quyidagi funktsiyalar yuklatildi: 6. respublika byudjeti, mahalliy byudjetlarni ijrosida hisob-kassasiga xizmat qilish hamda o’zining vakolati doirasida davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish; 7. kelgusi yil byudjet limitlari doirasida, g’aznachilik ruxsatnomalarini berish asosida respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish; 8. Respublika byudjetining naqd pul oqimlarini prognozini qilish; Davlat tashkilotlari xarajatlarining, shuningdek, davlatning va davlat tashkilotlarining ko’rsatadigan pullik xizmatlaridan tushgan tushumlarni, depozit summalarini, homiylardan tushgan mablag’larning hisob-kassasiga xizmat qilishni yaxshilash. G’aznachilik Qo’mitasi tashkiliy-huquqiy tuzilishi jihatidan davlat tashkiloti, huquqiy shaxs sifatida milliy tildagi muhriga, belgilangan nusxadagi blankalariga ega. Huquqiy fuqarolik munosabatlarida G’aznachilik Qo’mitasi o’z nomidan ish ko’radi. Qonun xujjatlari bo’yicha vakolat berilganda, huquqiy fuqarolik munosabatlarida Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik qo’mitasi davlat nomidan ish ko’radi. G’aznachilik davlat muassasasi bo’lib, uning to’liq nomi Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachilik qo’mitasi deyiladi. G’aznachilik qo’mitasi faoliyatini respublika byudjetidan moliyalashtiriladi. G’aznachilik qo’mitasining tuzilishi va shtatlar soni limiti Qozog’iston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi. G’aznachilik Qo’mitasi belgilangan qonun xujjatlariga muvofiq, Qozog’iston Respublikasi hududida majburiy kuchda bo’lgan buyruqlarni chiqaradi. G’aznachilik Qo’mitasining mulki ishlatishga berilgan Respublika umummilliy boyligi hisoblanadi, G’aznachilik qo’mitasiga uni taqsimlash uchun huquq berilmagan. G’aznachilik qo’mitasi agar qonuniy aktlar asosida faoliyatida daromad keltiradigan faoliyat amalga oshirilsa, bu faoliyatdan tushgan daromadlar respublika byudjeti daromadlariga yo’naltiriladi. Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik Qo’mitasi Moliya vazirligining tavsiyasiga muvofiq, Qozog’iston Respublikasi Hukumati tomonidan tayinlangan Rais rahbarlik qiladi. G’aznachilik Qo’mitasi Raisining uchta o’rinbosari bo’lib, Raisning tavsiyasiga muvofiq, Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligi ularni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. G’aznachilik qo’mitasining Raisi G’aznachilik qo’mitasini tashkil etadi va rahbarlik qiladi va G’aznachilik qo’mitasiga yuklatilgan vazifalarni va funktsiyalarni bajarilishiga javobgar hisoblanadi. Shu maqsadda o’zining o’rinbosarlarini, G’aznachilikning tashkiliy bo’linmalarini rahbarlarini majburiyatlarini va vakolatlarini aniqlaydi, tasdiqlangan tarkibiy tuzilish chegarasida shtatlar jadvalini va shtatlar soning limitini belgilaydi. G’aznachilik organlari xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan ozod qilish to’g’risidagi buyruqlarga imzo chekadi. G’aznachilik organlari mintaqaviy va tashkiliy bo’linmalarining tarkibiy tuzilishi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlaydi. Qozog’iston Respublikasining G’aznachilik qo’mitasini o’ziga yuklatilgan vazifalarni va funktsiyalarni bajarishi uchun unga quyidagi huquqlar berilgan: o G’aznachilik qo’mitasini milliy va chet el valyutasidagi G’aznachilikning yagona hisobraqamini ochadi; 1.davlat tashkilotlaridan, davlat byudjetidan mablag’ olgan tashkilotlardan, shuningdek, respublika va mahalliy byudjetlardan ma’lumotlarni va buxgalteriya hisobotlarini oladi hamda ularni o’z vaqtida taqdim etilishini talab etadi; 2. Qozog’iston Respublikasining Milliy Banki tomonidan berilgan litsenziyaga asosan, milliy va chet el valyutasida bank operatsiyalarini amalga oshiradi; 3.doimiy harakatdagi tarkibi davlat boshqaruv organlari, olimlardan, mutaxassislardan va boshqa tashkilot vakillaridan iborat Uslubiy Kengash hamda vaqtinchalik ishchi guruhini tuzadi; 4. G’aznachilik tizimi xodimlarini qayta tayyorlash ishlarini tashkil qilishda qatnashadi; 5. G’aznachilik organlaridagi byudjet tizimi va ichki audit, buxgalteriya hisobi va hisoboti ishlarida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; 6. respublika byudjeti, mahalliy byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlaydi va mahalliy byudjetlarni axborotlar bilan ta’minlaydi; 7. davlatning moliyaviy prognozlarini shakllantiradi; 8.G’aznachilik organlari faoliyatida va ularning o’z vazifalarini bajarishida me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha takliflar beradi; 9. byudjet ijrosidagi noqonuniy holatlarda, byudjet mablag’lari maqsadsiz ishlatilgan holatlarda, davlat byudjeti uchun mablag’larini qaytarib tushiradi va byudjet mablag’lari bilan amalga oshiriladigan bank operatsiyalarini to’xtatib qo’yadi; 10. G’aznachilik organlari o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida huquqiy shaxslar tomonidan moliyaviy intizomga rioya etish, shuningdek, byudjet mablag’laring ishlatilishida javobgarlikni oshirish uchun nazoratni va tekshiruvni amalga oshiradi; 11. davlatning moliyaviy mablag’laridan maqsadli ishlatilishining dastlabki va joriy nazoratini amalga oshiradi. Qozog’iston Respublikasi Xukumatining 1999 yil 28 sentyabrdagi 1464-son «Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni Qozog’iston Respublikasi Milliy Bankining litsenziyasini olgan, shu ko’rinishdagi bank operatsiyalarini bajara oladigan Bank-Agentlar ikkinchi bosqichdagi banklardan, to’lash tartibini takomillashtirishning chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq yo’riqnoma ishlab chiqildi va Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligining 2000 yil 17 noyabrdagi 488-son buyrug’i bilan tasdiqlandi. Mazkur yo’riqnoma Qozog’iston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 18 dekabrda 1333-son bilan ro’yxatdan o’tdi. Qozog’iston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Qozog’iston Respublikasining «Mehnat to’g’risidagi» qonuniga muvofiq, Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni Bank-Agentlar orqali oluvchilarning xohishiga asosan mablag’larni ularning shaxsiy hisobraqamiga yoki kart- schyotlarga o’tkaziladi. Ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni oluvchi o’ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kart-schyotlarga o’tkazilishi to’g’risida yakka holda, Bank-Agentlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma ikki nusxada bo’ladi, birinchisi Bank Agentlarda qoladi, ikkinchisi oluvchiga beriladi. Bank-Agentlar mazkur tartib bo’yicha oluvchilarning barcha savollariga javob beradi. Bank-Agentlar orqali ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni oluvchi o’ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kart-schyotlarga o’tkazilishidagi xizmatlar uchun to’lov davlat byudjetidan to’lanadi. Oluvchi davlat tashkilotiga o’zining ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarini Bank Agentlarga o’tkazish to’g’risida tuzilgan shartnomaning sanasini, raqamini va Bank- Agentning rekvizitlarini ko’rsatgan holda, ariza taqdim qiladi. Mazkur davlat tashkilotlari oluvchiga xizmat ko’rsatish uchun Agentlik Kelishuvini tuzadi va unga imzo chekishga huquqi bo’lgan rahbar lavozimdagilarni imzosining nusxasini taqdim qiladi. Ular o’rtasida elektron imzolar ham almashadi. Bunda oluvchining individual shaxsiy hisobraqami nomeri, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblangan summa kabi rekvizitlar mavjud. Mazkur davlat tashkilotlarining rahbarlari oluvchilarni ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni Bank-Agentlar orqali ularning shaxsiy hisobraqamiga yoki kart- schyotlarga o’tkazilishi to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlaydigan javobgar shaxslarni aniqlaydi. Mazkur davlat tashkilotlari Agentlik Kelishuvini tuzgandan keyin ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni o’ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kart-schyotlarga o’tkazishni xohlagan oluvchilarning ro’yxatini taqdim qiladi. Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik organlarini ishlash hususiyatlari: Qozog’iston Respublikasi fuqarolik kodeksida ko’rsatilganki, byudjet mablag’larini oluvchi bilan imzolangan barcha shartnomalar faqat Qozog’iston Respublikasi G’aznachiligida ro’yxatdan o’tgandan keyin qonuniy kuchga ega bo’ladi.. Hozirgi paytda elektron-raqamli hujjatlar aylanishi amalga oshirishmayapti. Qozog’iston Respublikasi G’aznachiligi tizimidagi idoralar va uning xududiy organlarining butun faoliyati markazlashtirilgan ish tartiblari qattiq belgilangan. Qozog’iston Respublikasi G’aznachiligi maxaliy organlarini texnikaviy ta’minlash Qozog’iston Respublikasini barcha viloyatlarida texnik xizmat markazlariga ega bo’lgan markazlashtirilgan operatorni autsorsinga berib ko’iladi. Qozog’iston Respublikasi G’aznachiligini tuman bo’limlarda buxgalteriya xisobi o’tkazilmaydi, faqat Qozog’iston Respublikasini viloyatlaridagi Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik Departamentlarida markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi(shu jumladan, o’zining ta’minot smetasi xam) o’tkazilayapti. XULOSA Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, byudjetping ijrosi jarayonida gaznachilnkdan foydalanish alternativ usullaridan biridir. G’aznachilik asosida byudjet mablag’laridan foydalanishda ularni iqtisod qilish, nazoratni kuchaytirish, soliq to’lovchilarning pulini talon-taroj qilish xollarining oldini oladi. Shuningdek, byudjet gashkilotlarining rahbarlarini ajratilgan byudjet mablag’laridan samarali foydalanishga rag’batlantiradi. “Boshqa mamlakatlardagi g’aznachilik tizimini joriy etilshi va rivojlanishida davlat moliya-axborot tizimini joriy etish dovlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshkarishni gaminlaydi”. Mazkur tizimni joriy etish bilan byudjet bajarilishini kuzatish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, byudjet mablag’larini maksadsiz sarflanishidan himoyalash va byudjetni rejalashtirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumknn. Shu sababli, yaqin kelajakda davlat byudjetini ijro etish g’aznachilik tizimini izchil joriy etishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarini amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. “Davlat molnyasini boshqarish tuzilishini tarixiy rivojlantirishda nainki ilmiy, balki amaliy tajribalarga ham tayaniladi, umuman olganda, tarix shu qilingan xatolarni ko’rsatib berishi bilan kelgusida katta maktab yaratadi, deyish mumkin, albatta, davlat moliyasinn boshqarish va uni tuzilishi uchun bu qimmatli maktab bo’lishi lozim”. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling