Guruhi talabasi Qudratova Munojotning O’zbekiston tarixi o’quv kursi “qoraxoniylar” mavzusida tayyorlagan taqdimoti


Download 1.68 Mb.
Sana14.05.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1460661
Bog'liq
Qudratova Munojot- Qoraxoniylar


Buxoro Psixologiya va xorijiy tillar instituti S2-s22 op
guruhi talabasi Qudratova Munojotning O’zbekiston tarixi o’quv kursi “qoraxoniylar”
mavzusida tayyorlagan
TAQDIMOTI
Qoraxoniylar
X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning kuchayishi
va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi. Somoniylarga tobe bo‘lgan viloyatlar, ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi ko‘tarilgan isyonlar, toj-u taxt uchun uzluksiz olib borilgan kurashlar Somoniylar davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi.
X asrning ikkinchi yarmiga kelib bu hududlardagi qarluq, chig‘il, yag‘mo kabi turkiy qabilalar o‘zlarining kuchli davlatlarini tuzishga muvaffaq bo‘lgan edilar. Shu davrda Isfijob (Sayram) hokimi Bilgakul o‘zini xoqon deb atab, oliy hukmronlikka da’vo bilan chiqdi.
Qoraxoniylar davlatining vujudga kelishidagi shart sharoitlar:
Bilgakulning «qora» degan laqabi bo‘lgan. Tarixchilar qoraxoniylarning nomi Bilgakulga nisbatan «qoraxon» deyilsa kerak, deb taxmin qiladilar. Bilgakulning avlod lari tomonidan bir necha marotaba Movarounnahrga hujumlar bo‘lib turadi.
Qoraxoniylar
Sotuq Bug‘Roxon hukmronligi davrida islomni qabul qilgan.
Butun Tyan-Shan va Yettisuvni egallab bo‘lgandan so‘ng, qoraxoniylar Somoniylar davlati tarkibida bo‘lgan Movarounnahrga ham harbiy yurishlar uyushtiradilar.
tez orada Farg‘ona va Isfijobni bosib olishga erishadilar. Ular somoniylarga tegishli bo‘lgan mulklarning kattagina qismini, xususan, Samarqand va Buxoroni ham egallaydi.
Movarounnahrga to‘liq hukmronligi
X asrning 40-yillarida qaror topdi
X asr oxirida Somoniylar davlati o‘rniga ikkita yangi davlat: Qoshg‘ardan Amudaryogacha – Qoraxoniylar, Shimoliy Hindistondan Kasbiy dengizi janubigacha – G‘aznaviylar davlati vujudga keladi
Qoraxoniylarning Turondagi hukmronligi 200 yilga yaqin davom etadi.
Davlatni odatda «qoraxon » unvoni bilan mulug‘langan «buyuk xon» boshqargan. Xonlik taxtiga og‘a-inichilik udumi asosida sulolaning eng Yoshi ulug‘ kishisi o‘tirgan. Xonlar «qoraxon» unvoni bilan birga, tavg‘achxon, arslonxon, bug‘roxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulug‘langan.
Davlat boshqaruvi
Dargoh
Oliy hukmdor o‘ziga tobe bo‘lgan viloyat va shaharlarga hukmdor sulola namoyandalarini tayinlab, bu bilan, tabiiy ravishda, butun mamlakat uzra o‘z siyosatini yurgizishni maqsad qilib qo‘ygan
Devonlar
Viloyat (mulk)larni takinlar boshqargan. Ular mustaqil siyosat yuritishga ham intilgan
  • G‘arbiy xoqonlikda somoniylar davrida mavjud bo‘lgan boshqaruv tizimi (bosh vazir, moliya ishlari, davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish, soqchilar boshlig‘i, xat-xabarlar, saroy ish boshqaruvchisi, muhtasib, vaqflar, qozilik ishlari devonlari) saqlanib qolgan. Shuningdek, viloyat boshliqlarini hokim, shahar boshlig‘ini rais, deb atash odati ham o‘zgarmay qolgan.

Qoraxoniyar davrida ham markazdagi (dargohdagi) boshqaruv tizimiga katta e’tibor berilgan. Bunda dargoh, ya’ni oliy hukmdor bilan viloyatlar, fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirib turuvchi hojiblar faoliyati alohida o‘rin tutgan. Somoniylardan farqli ravishda qoraxoniylar davrida hojiblar, asosan, oliy hukmdor, viloyat hokimlarining davlat va raiyat ishlari bo‘yicha eng yaqin maslahatchilari hisoblanganlar
XI–XII asrlarda shaharlar kengayadi, aholi soni ko‘payib, ular yanada gavjumlashadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O‘zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqo‘rg‘on minorasi, Mag‘oki attori masjidi hamda ko‘plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar quriladi.
Qoraxoniylar davri madaniyati
XII asrning 30-yillari oxiriga kelganda Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar – ko‘chmanchi qoraxitoylar (mo‘g‘ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo‘ldi. Qoraxitoylar hukmdori Go‘rxon Bolasog‘un shahrini Qoraxitoylar davlatining poytaxtiga aylantirgan. Yettisuvga joylashib olgan qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning o‘rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar. Ularning jangovar qo‘shinlari avval Shosh va Farg‘onaga, so‘ngra Zarafshon va Qashqadaryo viloyatiga bostirib kiradi. 1137-yilda ular Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba beradilar. O‘zaro sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olingach, o‘z yurtlariga qaytib ketadilar. Lekin sulh uzoqqa cho‘zilmaydi. Oradan to‘rt yil o‘tgach qoraxitoylar yana Movarounnahrga yurish qiladilar. 1141-yilda bo‘lib o‘tgan jangda qoraxitoylar g‘alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatiladi.
ETIBORINGIZ

UCHUN

RAHMAT !!!
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling