olish tartib-taomillarini va talablarini soddalashtirish. 4. Innovatsion taraqqiyotni mikromoliyalashtirish tizimini takomillashtirish. 5. Ilmiy-texnologik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va moliyalashtirishda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish. 6. Innovatsion loyihalar va salohiyatli investorlarning doimiy ravishda yangilab boriladigan yagona ma’lumot bazasini tashkil etish. 7. Innovatsion loyihalar uchun grantlar va texnik ko‘mak mablag‘larini olish va ulardan foydalanish tartib-taomillarini soddalashtirish va shaffofligini oshirish. XULOSA: Davlat boshqaruviga innovatsion loyihalarni ko’proq jalb qilish, innovatsion loyihalarni qo’llab quvvatlash rivojlanishni tezlashtiradi va davlat holatini yaxshilaydi. Innovatsion loyihalar Eski tipdagi oddiy loyihalardan ko’ra samaraliroq, foydaliroq va arzonroqqa tushadi. Va buni Natijasida davlatning iqtisodiy holati yaxshilanadi va davlat rivojlanadi. Bugungi kunda davlatimizda Innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo’yicha ko’plab qonunlar loyihalari ishlab chiqilyapti va innovatsion G’oyalar qo’llab quvvatlanyapti. Prezidentimiz Mirziyoyev Sh. Tomonidan innovation g’oylalarni rivojlantirish Bo’yicha ko’plab president qaror va farmonlari imzolanyapti. Katta yirik davlat loyihalari uchun ularning maqsadlariga muvofiq, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat hamda loyihaning huquqiy xavfsizligi, loyihaga jamoatchilik javobgarligi, loyihaning ish bilan bandligi va boshqalar sababli maqsadli mezonlari muhim ahamiyatga ega. Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |