G‘uzor tuman Maktabgacha ta’lim tizimida 2023 yil 01 fevral holatiga amalga oshirilgan ishlar


Download 20.63 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.63 Kb.
#1551578
Bog'liq
2023 yil Гузор МТБ хисобот1 (5)


G‘uzor tuman Maktabgacha ta’lim tizimida 2023 yil 01 fevral holatiga amalga oshirilgan ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi ”Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori asosida G‘uzor tumani hokimining (2017 yil 30 sentabrdagi) qarori asosida tuman hokimligining 2017 yil 24 oktabrdagi X – 1561/10 – sonli qarori bilan G‘uzor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tashkil etildi. Bo‘limga tuman markazida joylashgan Moliya iqtisodiyot kolleji yotoqxonasi 3-qavatidan joy ajratildi. Hozirgi kunda 28 nafar xodimlar faoliyat olib bormoqda.
MTTlarga bolalarni 5 yil oldin tumandagi 3-7 yoshli (18618 nafar) bolalarning 1957 nafari (10.5 foizi), 2022 yil 1 yanvar holatida tumandagi 3-7 yoshli (18618 nafar) bolalarning 11831 nafari (63,5 foizi), hozirgi kunda 12794 nafari (69 foizi) qamrab olingan.
G‘uzor tumanida 31 ta davlat MTT, 1 ta tashkilotga qarashli, 1 ta nodavlat, 3 ta davlat xususiy-sherikchilik asosidagi, 148 ta oilaviy maktabgacha tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.
2023 yil 01 fevral holatida jami 18618 nafar 3-7 yoshdagi bolalardan:
8179 nafari 31 ta (289 ta guruhda) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga;
345 nafari 3 ta (11 ta guruhda) davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga;
150 nafari 1 ta ( 6 ta guruhda) tashkilot huzuridagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga;
120 nafari 1 ta (4ta guruhda) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga;
4000 nafari 148 ta (162) ta guruhda) oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ 5144-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Mexnatobod MFY hududidan 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshiriladi.
2023 yil 01 fevral holatiga jami 12794 nafar bolalar qamrab olinib qamrov darajasi 69 foiz ni tashkil etadi.
Bo‘lim mudiri: Sh.Boltayeva
Download 20.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling