«H i m o y a g a r u x sa t eti l d i»
Download 0.7 Mb.
|
chizmachilikni oqitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
Badiiy amaliy to`garaklar respublikamiz mustaqillikka erishgan yillarda keng e`tibor berib kelinayotgan milliy qadriyatlarimiz bilan bog`liq xalq hunarmandchiligi bilan uzviy bog`liq holatda tashkil etiladi. Bu turdagi mashg`ulotlar amalda qo`llanadigan asbob - uskuna, uyushtiruvchilar guruxini tashkil etishdan boshlanadi. Tashabbuskorlar guruxi uchrashuvda muhokama etiladigan savollar va masalalar doirasini belgilab beradi. Shundan keyin ana shu savollarga javob bera oladigan mutaxassislar tanlanadi. Uchrashuvning o’quvchilarni kasbga yo`naltirish ishiga to`laroq javob bera olishi uchun quriladigan masalalarning tegishli qirralariga ko’prok e`tibor qaratiladi. Kasbga yo’naltirishga asoslangan sinfdan tashqari mashg`ulotlarning uchinchi guruxiga o’quvchilarnig mehnat birlashmalari kiradi. Mehnat birlashmalari nisbatan ancha ilgari paydo bo`lganiga qaramasdan, keyingi yillarda, ayniqsa, keng qo`llanila boshlandi. O`quvchilarning mehnat birlashmalari ta`limni unumli mexnat bilan qo`shib olib borishning samarali shakli sifatida mehnatda tarbiyalash, kasb tanlashga yo`llash, ishlab chiqarish asoslari bilan tanishtirish va mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish vositasi sifatida namoyon bo`ladi. Mehnat birlashmalarini tashkil etish, faqatgina, o`quvchilarning moddiy, xom ashyo ta`minotini mustahkamlabgina qolmasdan, balki, milliy qadriyatlarimizni tiklash, kasbiy ta`lim-tarbiya berish, kasbga yo`naltirish, tayyorlash, tanlash, moslashtirish kabi dolzarb muammolarni ijobiy xal etishda ham muhim omil bo`lib xizmat
qiladi. Shunday ekan, har bir maktabda bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitini hisobga olgan xolda, o`quvchilarning talab, ehtiyoj va qiziqishlarini qondirish uchun mehnat birlashmalarining tashkil etilishi bozor munosabatlari sharoitining zaruriy ehtiyojidir. Birlashmaga jalb etilgan o`quvchilar o`z mexnatlari natijalarini ko`rib, chuqur ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Mehnat faoliyati ularda mustaqillik, mehnatsevarlik, erkinlik, ijodkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tashkilotchilik kabi sifatlarni Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling