«H i m o y a g a r u x sa t eti l d i»


Download 0.7 Mb.
bet19/40
Sana10.06.2020
Hajmi0.7 Mb.
#116828
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
chizmachilikni oqitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish

Dars turlari va tuzilishi. Darslar bir-biridan turlari va tuzilishi bilan farqlanadi. Chizmachilik darslarini umumiy tarzda quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin:

1) yangi matеrialni o`zlashtirish;
2) o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini takrоrlash va
mustahkamlash;
3) nazоrat;
4) umumiy yoki aralash turdagi darslar.
Yuqоrida kеltirilgan darslarning hamma turlari chizmachilik o`qitish mеdikasida kеng fоydalaniladi. Yangi matеrialni o`zlashtirish darsi bilim оlish kabi asоsiy didaktik vazifani bajaradiganligi uchun ham asiy dars turlaridan biri hisоblanadi. Bunday darsga misоl sifatida 8-sinfdagi chizmachilikdan birinchi darsni ko`rsatishimiz mumkin. Bu darsda o`quvchilar Chizmachilik fani bilan tanishib, chizmachilik o`qishning maqsadi, vazifalari, amaliy ahamiyati, kishilarning amaliy faоliyatidagi o`rni bilan tanishadilar.

O`quvchilarning yosh хususiyatlari, ularning hayotiy va mеhnat tajribalari natijasida o`qish va bilim оlishga bo`lgan оngli munоsabatlari o`qituvchidan o`tiladigan darslarga pta tayyorgarlik ko`rishni talab qiladi.

Chizmachilik fanida kursning mazmuni, o`qituvchi va o`quvchining faоliyat shakllaridan kеlib chiqqan hоlda aralash turdagi darslar ko`p qo`llaniladi. Bunda

o`qituvchining yangi matеrialni bayon qilishi bilan bir qarda amaliy ishlar bajarish, o`quv qo`llanmadan fоydalanib uy vazifasini bajarishga dоir zarur tushuntirishlar darsning asiy tarkibiy qismlaridan hisоblanadi. Amaliy ish bajarish оrqali оlingan bilimlar mustahkamlanadi, o`quvchilarning chizma bajarish tехnikasi takоmillashadi.

O`quv-tarbiya jarayonining samararligi bilimlarni bayon qilish uchun tanlangan talim mеdi bilan chambarchas bоg`liq bo`ladi. Pеdagоgik adabiyotlarda t`lim mеtоdlarining shakllanish tariхi va turlarga ajratilishiga kеng o`rin bеrilgan.

Eng оddiy ta`lim mеdlari turlariga оg`zaki, ko`rgazmali va amaliy mеdlarni ko`rsatishimiz mumkin. Chizmachilik darslaridagi оg`zaki mеtоdlarga o`qituvchining yangi matеrialni ma`ruza-suhbat shaklida bayon qilishini, skada chizma bajarish jarayonida uning bоsqichlarini tushuntirib rishini, shuningdеk o`quvchilarning o`quv qo`llanmalari va ma`lumоtnоmalardan mustaqil fоydalanib bilimlarini mustahkam-lashlarini ko`rsatish mumkin.

Ba`zi bir parishonxotirlik xolatlarida insonni u yoki bu qarorga kelishiga yengil undash mumkinligi eksperementlar orqali isbotlangan. Agar inson diqqatini arzimas biron - bir narsaga chalg`itilsa, ishontirish ta`siri yanada kuchliroq bo`ladi. (V.V.Boyko) O`yin holatlari orqali o`qitishning yuqori darajadagi samaradorlik sabablari ham balki shundadir. O`yinli ta`lim texnologiyalari boshqa pedagogik texnologiyalardan:

1. Xoxlagan yoshdagi insonlarga yaxshi tanish oddiy va sevimli faoliyat shakliligi.
2. O`yin holatlarming mazmunli tabiati hisobiga qatnashchilarni o`yin faoiiyatga tonuvchi va ularda yuqori darajadagi ruhiy va jismoniy kuch hosil qiluvchi eng samarali faollashthuvchi vositalardan biri ekanligi, O`yuida qiyinchiliklar, to`siqlar, psixologik to`siqlar ancha oson echilishi.

3. O`z tabiatiga ko`ra motivatsionligi. U bilish, o`rganish faoliyatiga nisbatan qatnashchilardan tashabbuskorlikni, ijodiy yondashishni, tasavvur, maqsadga intiluvchanlikni talab qilishi.

4. Bilim ko`nikma malakalarni ko`rsatish masalalarini ham hal qilishi. Jamiyat va

tabiat qonunlarini qatnashchilarining chuqur anglashlariga undashi. Ularga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishga imkon berilishi. Qiziqtirishi, ishontirishi, ba`zi bir xolatlarda davolashga ham imkon yaratishi.

5. Ko`p vazifaliligi, o`yinning insonga bo'lgan ta'sirini qandaydir biron- bir aspekt bilan cheklab bo`lmasligi. Lekin, uning mumkin bo`lgan barcha ta`sirlari bir vaqtda faollashishi.

6. Asosan jamoa, guruhli faoliyat shaklidaligi asosida musobaqa aspekti yotuvchi raqib sifatida qatnashishi mumkinligi.

7. So`ngi natija darajalarini hisob- kitob qilimshi. O`yin qatnashchisini xoxlangan (maqtovlar, faxriy yorliq, natijalarni e`lon qilish) psixologik (o`z-o`ziga baho berish va uni isbotlash) mukofot va boshqalar uni qoniqtirishi. Yana shunisi borki gurux harakat qilish faoliyatida natijaga umumiy yutuq nuqtai - nazaridan qaralishi, guruh, komanda yutug'i shaxsiy yutuq sifatida qabul qilinishi. O`yinli ta`lim maqsadning aniq qo`yilganligi va unga muvofiq pedagogik natijalari bilan ajralib turadi.

O`yin o`z xatti-xarakatlarini boshqarish takomillashadigan ommaviy tajribalami yaraluvchi va ularni o`zlashtirishga yo`naltirilgan shartli xolatlarni yaratuvchi, faoliyat turidir.

O`yin faoliyati quyidagi vazifalarni: ko`ngil ochar, muloqot - muomala, o`zini namoyon qilish, davolovchi (terapevtik), tashxis qo`yish, xalqaro kommunikatsiya va ijtimoiylik kabilami bajaradi.

O'yinli ta`lim metodini, kattalar tajribasini yoshlarga uzatish vositasi sifatida qadimdan qo`llab keladilar, xalq pedagogikasida, maktabgacha va maktab muassasalarida o`yin keng qo`llaniladi. Zamonaviy maktabda Chizmachilik ta`lim jarayonini jadallashtirishni faollashtirishga urg`u beriladigan o`yin texnologiyasidan quyidagi hollarda qo`llaniladi:

1. Chizmachilik darslarida, mavzu, tushinchalar, o`quv fanimng bo`limlarini o`zlashtirish uchun mustaqil texnologiya sifatida;

2. O`yinli texnologiyalardan ham keng ko`lamliroq texnologiyalarning elementi sifatida;

3. Chizmachilik darsi yoki uning qismlari (kirish, mustahkamlash, tushintirish, nazorat qilish, mashqlar va h. q.) sifatida;

4. Sinfdan tashqari ishlar texnologiyasi sifatida,
Pedagogik o'yin rejinologiyatari tushunchasi o`z ichiga har xil pedagogik o`yinlar shaklida pedagogik jarayoni tashkil qilishning metod va usullarining katta guruhini oladi.

Pedagogik o`yinlar ko`zga ko`rinarli xususiyati - asoslanishi aniq mumkin bo`lgan va u ta`lim o`rganish yo`nalishi bilan xarakterlanuvchi aniq qo`yilgan maqsad va unga mos pedagogik natijalarga egadir.

Mashg`ulotlaming dars shaklidagi holatlarida o`yin texnologiyalarini amalga tadbiq qilish quyidagi asosiy yo`nalishlarda amalga oshiriladi: o`quvchilar oldiga didaktik maqsad o`yin vazifasi shaklida qo`yiladi. O`qitish faoliyati o`yin qoidalariga bo`ysunadi; o`quv materiali uning vositasi sifatida qo`llaniladi, o`quv faoliyatiga musobaqa elementi kiritiladi, u esa didaktik vazifani o`yin vazifasiga aylantiradi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling