«H i m o y a g a r u x sa t eti l d i»
Download 0.7 Mb.
|
chizmachilikni oqitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
etiladi. Davr talabi ta`lim oluvchini ta`lim jarayonining sust tinglovchisi bo`lishdan faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo etmoqda.
O`quvchining ta`lim jarayonidagi yetakchilik roli quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish imkonini beradi: 1) o`quvchida bo`lajak kasbi to`g`risidagi bilimlarni va ma`lumotlarni o`zlashtirishga bo`lgan ehtiyojni qaror toptirish; 2) kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshuvni shakllantirish; 3) mustaqil faoliyat yuritish ko`nikmalarini shakllantirish; 4) o`quvchilarda mustaqil fikr yuritish, nazariy va amaliy bilimlar mohiyatini taxlil etish, ular borasida xulosalar chiqarish, umumlashtirish hamda ularni o`z amaliy faoliyatiga tadbiq etish ko`nikmalarini yuzaga keltirish va takomillashtirish; 5) o`z-o`zini nazorat qilish, qiyosiy baholash, tahlil qilish sifatlarini shakllantirish. 6) tashqi muhit ta`sirisiz o`zi tanlagan kasbga qiziqishini shakllantirish. O`quvchilarni kasb tanlashga yo`llashda ta`lim shakli, metod va vositalarining ahamiyati katta. Zero, ular o’quvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, bilim, ko`nikma va malakalarini bo`lajak faoliyat soxasi talablari asosida shakllantirish uchun shart - sharoit yaratib beradi. O’z navbatida o`quvchilarning yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, dunyoqarashining ko`lami hamda ularning faolligi samarali. Ilg`or, noan`anaviy ta`lim shakli, metod va vositalarini tanlash, ulardan maqsadga muvofiq darajada foydalanish uchun turtki bo`ladi. Ta`lim jarayonining maqsadi DTS, o`quv rejasi, dasturi, shuningdek, darslik, qo`llanmalarda belgilab berilgan muayyan mavzu hamda mashg`ulot turining o`ziga xos jixatlari, mavjud pedagogik shart - sharoitlar o`quvchilarning yosh psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy ehtiyoji va qiziqishlari, o`qituvchining bilim va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi, vaziyatni baholash hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish layoqati va hokazo omillarni inobatga olish asosida belgilanadi. O`quv jarayonining maqsadi, tashxisli aniq hamda ravshan belgilanmog`i lozim. Ta`lim maqsadining bunday belgilanishi ma`lum va amal qilingan vaqtda didaktik jarayonni tashkil qilish va amalga oshirilish darajasi yuzasidan xulosa chiqarish imkoniyatini yaratadi. Maqsadning tashhisli belgilanishi quyidagi holatlar bilan tavsiflanadi: a) shaxsda shakllantirilgan ma`naviy - axloqiy sifatlar, aqliy salohiyat hamda shaxsiy sifatlari shu darajada aniq va ravshan tavsiflanadiki, natijada ularni kasb tanlashga yo`llash ishida aniq metod va vositalarni tanlash mumkin bo`ladi; 6) shaxsning tashhislangan ma`naviy - axloqiy va aqliy – kasbiy sifatlarining shakllanganlik darajasini haqqoniy nazorat qilishga yo`naltirilgan aniq usullar mavjud bo`ladi; v) shaxsning tashhislangan sifatlarini aniqlash yuzasidan olib borilgan nazorat natijalari asosida uning samaradorligini aniqlash mumkin bo`ladi; g) o`lchov mezonlari asosida muayyan bilim, ko`nikma Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling