H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Mulolaja nomi: Uchastka tibbiy hamshirasining


Download 485.49 Kb.
bet17/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Mulolaja nomi: Uchastka tibbiy hamshirasining
sumkasini tayyorlash
Maqsad. Uchastka tibbiy hamshirasining sumkasini
tayyorlash.
Kerakli jihozlar. Uchastka tibbiy hamshirasining sumka-
si, dori moddalari, tibbiy asboblar, santimetr lentasi, buklama,
bola ning o‘sishi va rivojlanishi jadvali.
Bajarish algoritmi
Uchastka tibbiy hamshirasining sumkasini 0,5 % li
xloraminga botirilgan salfetka bilan arting.
Sumkaning ichiga:
а)­termometrni­joylashtiring;
b) fonendoskopni joylashtiring;
d) steril salfetkani joylashtiring;
e) prujinali qo‘l tarozisini joylashtiring;
f) chaqaloqni o‘lchash uchun matodan tikilgan moslamani
joylashtiring;
g)­tаymer­(nafas­tezligini­sanash­uchun)ni­joylashtiring;
h) o‘lchov lentasini joylashtiring;
i) homiladorlik kalendarini joylashtiring;
j) yodning 5 % li eritmasi, brilliant yashili, ichimlik sodasi-
ni joylashtiring;


36
k) bint, doka, paxta, sochiqni joylashtiring;


l) plastirni joylashtiring;
m) bolaning o‘sishi va rivojlanishi jadvalini joylashtiring;
n) buklama, broshuralarni joylashtiring va boshqalar…
Eslatma. Uchastka tibbiy hamshirasi sumkada oilani parvarish
qi lish maqsadiga qarab kerakli qo‘shimcha jihozlarni yig‘ib joylash-
tiradi.
2.4. Profilaktik emlash ishlarini tashkil etish
Profilaktik emlash – bolalarda jadval asosida, aholi o‘rtasida
yuqumli kasalliklar tarqalganda yoppasiga 6 oydan katta bo‘lgan
bolalarda va kattalarda o‘tkaziladi. Emlash uchun uchastka shi-
fokori, immunolog, uchastka hamshirasi, patronaj hamshiralari,
maktab, bog‘cha, korxona va tashkilotlar hamshiralari mas’ul
hisoblanadi.
Profilaktik­emlash­maqsadi­–­2­yoshgacha­bo‘lgan­bolalar­
orasida yuqumli kasalliklarni va bolalar o‘limini kamaytirish-
ga qaratilgan.
Profilaktik­emlash­uchun­quyidagilarga­e’tibor­berish­kerak:
1. Chet mamlakatlardan keltirilgan vaksinalar O‘zbekiston
Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilib, yo‘riqnoma asosida
qo‘llanishi kerak.
2. Silga qarshi revaksinatsiya 7 va 14 yoshda o‘tkazilishi
shart­(Mantu­sinamasi­manfiy­bo‘lgan­bolalarda).
3. KPK uch valentli vaksina ekanligini inobatga olish kerak.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling