33
8. Bemor dumbalarini 2 daqiqa davomida qisib ushlab turing.
9. Termometrni oling, ko‘rsatkichiga qarang. Termometrni
1 foizli xloraminli eritmada 1
soat qoldiring, keyin zararsizlan-
tiruvchi eritmadan oling va yuvuvchi eritmaga 10
daqiqa bot-
irib qo‘ying.
10. Termometrni yuvuvchi eritmada yaxshilab yuving.
11. Termometrni toza suvda chaying.
12. Termometrni yana 1 % li xloraminga 15 daqiqaga solib
qo‘ying,
uni xloraminli eritmadan oling, salfetka bilan artib quri-
ting, toza idishga solib qo‘ying.
13. qo‘lingizni
sovunlab yuving, 96 % li spirtda zararsizlan-
tiring.
14. Harorat natijasini harorat varag‘iga belgilang.
Pulsni turli sohalardan sanash
Kerakli jihozlar. Sekundli soat, harorat varag‘i, sariq qalam.
Bajarish algoritmi
1. Bemorni yotqizing yoki o‘tqazing.
2. O‘ng qo‘lingiz bilan bilak ichki
yuzasidan arteriyani pay-
paslab toping.
3. O‘ng qo‘l II–III–IV barmoqlaringizni bilak arteriyasiga
ohista, bosmasdan qo‘ying va sekundlarga qarab pulsni sanang.
4. Bemorning tomir urishini kamida 30 sekund sanang va
olingan raqamni 2 ga ko‘paytiring.
5. Bemorni yotqizing yoki o‘tqazing.
6. O‘ng qo‘lingiz bilan bemorning
chakka arteriyasini pay-
paslab toping.
7. O‘ng qo‘l II–III–IV barmoqlaringizni chakka arteriyasiga
ohista, bosmasdan qo‘ying va soat sekundiga qarab pulsni
sanang.
34
8. Bemorning tomir urishini kamida 30 sekund ichida sanang
va olingan raqamni 2 ga ko‘paytiring.
Eslatma. Pulsning o‘zgarib turishi va uning tezligi bemorning
yoshi, jinsi, tashqi muhitga hamda jismoniy harakatga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: