H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Qon infeksiyalari va tashqi qoplam infeksiyalari va ularga


Download 485.49 Kb.
bet98/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Qon infeksiyalari va tashqi qoplam infeksiyalari va ularga 
qarshi kurashish chora-tadbirlari
Reja
1. Asosiy qon infeksiyalari va tashqi qoplam infeksiyalri
haqida tushuncha.
2. qon infeksiyalari va tashqi qoplam infeksialari paydo
bo‘lishini­bartaraf­qilish­bo‘yicha­profilaktik­chora-tadbirlar.


193
3. qon infeksiyalari va tashqi qoplam infeksiyalari paydo


bo‘lganda, ularning tarqalishini oldini olish.
4. qon infeksiyalari va tashqi qoplam infeksiyalariga qarshi
kurashish­va­profilaktikasida­tibbiyot­hamshirasining­roli.
Qon infeksiyalari
Qon­infeksiyalariga­epidemik­toshmali­tif,­virusli­gepatit­В,­С,
d hamda tulerimiya kabi kasalliklar kiradi. qon infeksiyalarida
qo‘zg‘atuvchi qon va limfatik tizimda rivojlanib ko‘payadi.
qon infeksiyalarining asosiy kasalliklari va ularning klinik sip-
tomlari.
Toshmali tif kasalligida isitma, bosh og‘rig‘i, varaja,
darmonsizlik, ko‘ngil aynish va qusish, oyoq-qo‘llarda og‘riq
paydo bo‘lishi kabi klinik simptomlar kuzatiladi. Ular natijasida
birdan kasallik rivojlanadi. Inkubatsion davr 15-16 kun, o‘rtacha
12 kunni tashkil qiladi. Tana harorati 39-40 °C gacha ko‘tariladi.
Isitma boshlangandan 2-3 kundan keyin bemor terisida toshmalar
paydo bo‘ladi. 5-6 kundan so‘ng kasallik butun tana bo‘yicha
tarqalib,­yuz,­kaft,­oyoq­ustki­tarafida­toshmalar­kam­kuzatiladi.­
Bir necha kundan keyin terida ketmaydigan petixial-qon quyilish
dog‘lari saqlanib qoladi. Isitma aniqlangandan ikki haftadan
so‘ng harorat keskin tushadi, biroq bemorda kasallik belgilari
qoladi. Og‘ir kasallangan bemorlarning 50 %da psixonevrotik
simptomlar yuzaga keladi. Taxminan kasallikning 5-kunidan
isitma kuzatilib, bemorda alahsirash va 2 haftadan keyin
qo‘zg‘aluvchanlik boshlandi, gallyutsinatsiya holati kuzatiladi.
Ularning natijasida ruhiy kasallik holati qayd etiladi. Kasallikning
5-6-kunidan boshlab, es-hushi susayadi. Taxikardiya bilan
ta’riflangan yurak-qon tomir tizimidagi o‘zgarishlar qorin
tifidagi­o‘zgarishlardan­farqlanadi.­Bu­kasallikda­davolanish­


194
iloji bo‘lmaganda o‘lim holatlari 10-40 %ni tashkil qiladi. Bunda


bemorning yoshi ham katta ahamiyatga ega.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling