H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Ovqat haznt qilish tizimining asosiy yuqumli


Download 485.49 Kb.
bet95/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Ovqat haznt qilish tizimining asosiy yuqumli 
kasalliklari asoratlari
Ovqat hazm qilish tizimi yuqumli kasalliklariga chalingan
bemorning uzoq vaqt davomida bir holatda yotishiga yo‘l
quymaslik kerak. Aksariyat holatda bu kasallik kechishini
og‘irlashtiruvchi asoratlarga olib kelishi mumkin. Infeksiya
jarayoni tufayli organizm darmonsizlanadi oqibatda yiringli-
уallig‘lanish­jarayonlari­kuchayishi­mumkin.­Asoratlarni­oldini­
olishda og‘iz bo‘shliqlarini toza tutish muhim rol o‘ynaydi.
Og‘iz bo‘shlig‘idan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar
quloq oldi yo‘li orqali bezga o‘tishi va bezda o‘tkir yallig‘lanish
jarayoni – parotitni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday
yallig‘lanish keng rivojlanib, aksariat holatlarda yiringlashga
o‘tadi. Ko‘p holatlarda yuqumli kasallik ichaklarda bijg‘ish
jarayoni - meteorizm bilan birga kechadi. Ichakdan qon ketishi
ich terlamaning asorati tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Ich terlama, salmonellyoz va ularning oldini olish 
choralari 
Etiologiya va epidemiologiyasi. Salmonella bakteriyasi
oilasiga kiruvchi Salmonella-tiphimurium - ich terlama, ya’ni


188
qorin­tifini­kasalligini­qozg‘atadi.­Tif­bakteriyasi­suv,­oziq-


ovqatdan og‘iz orqali (perioral) yuqadi. U tif lixoradkasi
(Tiphoid Fever) yoki ichak lixoradkasi (enteric fever) nomi bilan
tanilgan.­Qorin­tifining­asosiy­belgilaridan­biri­yuqori­harorat­
hisoblanadi. Kasallik alohida e’tiborni talab qiladi. Bu kasallikda
har yili 20 mln kishi kasallanib. 200–300 ming odam hayotdan
ko‘z yumadi. Lekin bu kasallikni vaqtida aniqlab. tegishli
antibiotiklar qo‘llansa. davolash mumkin.
Umumiy profilaktika. qo‘lni yuvish, ichimlik suvini
qaynatib ichish, ovqat tayyorlash va saqlash, chiqindilarni yo‘q
qilish, ajralmalarni zararsizlantirish kabilar ustidan boshqa
jamoa tashkilotlari bilan hamkorlikda jamoa hamshirasi ham
nazorat o‘rnatishi lozim.
Ich terlama kasali bilan og‘rigan bemorlar 2 yil davomida
dispanser hisobida turadi va bakteriologik nazoratdan o‘tib
turishi kerak. Aholi o‘rtasida jamoa hamshiralari sanitariya-
maorif ishlarini olib borishi katta ahamiyatga ega. Bakteriya
tashuvchilar ovqat tayyorlash blokiga, bolalar muassasalariga,
suv ta’minoti stansiyalariga kiritilmaydi. Undan tashqari oshxona
asboblari va oziq-ovqat mahsulotlarini maydalash stollarining
toza bo‘lishini ta’minlash lozim. Xom va pishirilgan oziq-ovqat
mahsulotlari uchun turli taxtachalardan ishlatish tavsiya etiladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling