H jamolxonov
§. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari
Download 5.34 Mb.
|
H jamolxonov
§. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari
O'zbek tili bir qator shevalarni o'z ichiga oladi, bunday shevalar etnolingvistik nuqtayi nazardan uchta katta lahjaga — qarluq, qipchoq va o'g'uz lahjalariga birlashtiriladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilining tarkib topishida ana shu uchta lahja shevalarining ishtirok etganligi tabiiy bir holdir, ammo ulardan qaysi bin adabiy tilga ko'proq darajada asosbo'lganligi masalasida tilshunoslar orasida yakdillik yo'q. Ko'pchilik manbalarda hozirgi o'zbek adabiy tilining tayanch dialekti sifatida qarluq lahjasi, xususan, uning Toshkent—Farg'ona tipidagi shahar shevalari ishtirok etganligi ko'rsatiladi *. Ammo ayrim tilshunoslar (masalan, prof. X. Doniyorov, dotsent B. To'ychiboyev) adabiy tilning tayanch dialekti masaiasiga boshqacharoq yondashadilar: ularning fikricha, hozirgi o'zbek adabiy tilining tarkib Bu haqda qarang: Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh.Sh. O'zbek tili dialektolögiyasi. — T.: «0‘qituvchi», 1978, 43-b. Abdurahmonov G\, Mamajonov S. O'zbek lili va adabiyoti. — T.. «0‘zbekiston», 2002, 44- b. topishida qipchoq lahjasiga mansub shevalar ham faol qatriashgan, shunga ko'ra adabiy til me’yorlariga oid ayrim masalalar (xususan, vokalizm tizimi, alifbo tuzilishi) qayta ko‘rilishi kerak. Bu mualliflarning ta'kidlashicha, hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida 6 ta emas, 8—9 ta unli fonema bor, ular i/bi, e/a, y/u, e/o kabi kontrast juftliklarni hosil qiladi4. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining grammatik qurilishida otning jo'nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklaridagi shakllari Toshkent- Farg‘ona gruppa shevalariga asoslanadi: «-ga» (j. k.), «-da» (o‘-p. k.) va «-dan» (ch. k.) kabi. Boshqa shevalarda otning bu kelishiklaridagi shakllari quyidagicha boladi: Samarqand shevasida «-ga» formanti jo'nalish va o‘rin-payt kelishiklari ma’nosini ifodalaydi: Buxoroga ketopti («Buxoroga» — otning jo'nalish kelishigidagi shakli), Buxoroga o'qopti («Buxoroga» — otning ö‘rin-payt kelishigidagi shakli) kabi. O'g'uz lahjasi shevalarida «-ga» o'rnida «-g‘a» (qurvaqag'a), «-ye» (tangaye), «-ne» (erkine), «-na (yanwna), «-ø» (yyime) formantlari ishlatiladi. Bunday har xillik tushum va qaratqich kelishiklarida ham mavjud: «-ni»/«-nw», «-ning»/«-nbing» (qipchoq lahjasi shevalarida), «-ning»/«-ing», «-nbing»/«-bing» (Iqon, Qorabuloq, Hazorasp shevalarida), «- n i»/«-t i»/« - p i»/«-y i»/«- mi» (Toshkent shevasida) kabi. Bunday ko'p variantlilik adabiy tilga ko‘chirilmagan. Shuni ham aytish kerakki, ko'pchilik shevalarda tushum va qaratqich kelishiklari deyarli farqlanmaydi. Shuning uchun ham kelishiklar soni Toshkent, Farg‘ona, Xeva-Urganch shevalarida — 5 tä, Qarshi shevasida 4 tadir. Qipchoq lahjasining j- lovchi shevalarida, qarluq—chigil—uyg'ur lahjasining Iqon-Qo|abuloq dialektida esa ularning soni 6 taga yetadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining 6 kelishikli tizimga asoslanishida ana shu lahjalarning morfologik xususiyati hisobga olingan. Download 5.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling