H jamolxonov


Tilning fonetik-fonologik sathida


Download 5.34 Mb.
bet10/170
Sana20.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1789312
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   170
Bog'liq
H jamolxonov

Tilning fonetik-fonologik sathida: a) qadimgi turkiy til vokalizmida 8 unli bo‘lgan (a, bi, o, u - orqa qator, yo‘g‘on unlilar; a, i, e, y ~ old qator, ingichka unlilar); b) eski turkiy til va eski o‘zbek tillarida ham shu 8 unli saqlangan, antmo eski o‘zbek tilida old qator lablanmagan e unlisi hisobiga vokalizm tizimi 9 unlidan iborat boigan; d) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tillarida unli tovushlarning yo‘g‘onlik-ingichkalik ziddiyati (oppozitsiyasi) bo‘lgan: i—w, ø—a, yu, e—o kabi; e) hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida unlilar miqdori 6 taga tushib qolgan (i, e, a, u, o‘, o). Bu tizimda yo‘g‘onlik-ingichkalik oppozitsiyasi yo‘q, ayrim tovushlarning sifat belgilari ham o‘zgargan. Masalan, orqa qator, lablanmagan a o‘rnida kuchsiz lablangan o (o) unlisi paydo boigan. Qiyos qiling: ata — ota, at — ot kabi; f) qadimgi turkiy til konsonantizmida b, m, p, v, s, z, t, d, n, 1, r, ch, sh, y, q (k), g‘ (g), r\ undoshlari boigan, bu undoshlarning ko‘pchiligi palatal (ingichka yoki yumshoq) va velyar (qalin) variantlarga ega edi; g) eski o‘zbek adabiy tilida undoshlar 24 taga yetgan (b, m, p, v, f, s, z, t, d, n, 1, r, ch, sh, j, j (dj), y, q, k, g‘, g, q, x, h). Konsonantizm tarkibida undoshlar miqdorining ortishi o‘sha davrdagi o‘zbek-arab va o‘zbek-fors ikki tilliligi (bilingvizmi) ta’sirida, shuningdek, ayrim undoshlarning divergensiyasi (bir fonemaning ikki fonemaga ajralishi) 10 natijasida sodir bo'lgan; h) hozirgi o'zbek adabiy tili konsonantizmida yuqoridagi 24 undoshning barchasi bor. Ayrim tilshunoslarning (masalan, prof. A. Abduazizovning) fikricha, ms tilidan o‘zlashgan so'zlarda uchraydi- gan qorishoq «ts» ham o'zbek tili undosh fonemalari qatoridan o'rin olgan deb qaralishi kerak.3 Yuqoridagi ma’lumotlar tahlilidan quyidagilar ma’lum boiadi: a) qadimgi turkiy til konsonantizmida f, x, h, j, j (dj) undoshlari boimagan. Ular eski turkiy til va eski o'zbek adabiy tili davrida turli lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstralingvistik) omillar ta’sirida paydo bo'lgan; b) qadimgi turkiy tilda q va k undoshlari bir fonemaning nutqdagi ikki ko'rinishi — ottenkalari bo'lgan, keyinchalik bu fonema divergensiyaga uchrab, ikki mustaqil fonemaga aylangan; g' va g undoshlari rivojida ham ayni shu jarayon (divergensiya) boiganligini - «g» ning «g‘» va «g» ga parchalanganligini ko'ramiz.


  • Download 5.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   170




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling