H jamolxonov


Download 5.34 Mb.
bet8/170
Sana20.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1789312
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   170
Bog'liq
H jamolxonov

Kursning obyekti — hozirgi o'zbek adabiy tili.
Kursning maqsadi — talabalarni adabiy tilga oid nazariy va amaliy bilimlar bilan tanishtirish.
Kursning vazifalari — talabalarga hozirgi o'zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki va tashqi omillar haqida ma’lumot berish, ularda hozirgi o'zbek adabiy tilining sistemaviy va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko'nikmalarini shakllantirish.
Adabiy til milliy tilning ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan oliy formasi.
Sistema — har biri alohida mustaqil (avtonom)bo'lgan murakkab mexanizmiar (fonemalar tizimi, morfemalar tizimi, leksik birliklar tizimi, sintaktik konstruksiyalar tizimi) o'rtasidagi aloqadorlikdan tarkib topgan makrotizim.
Struktura — bir butun tizim (makrotizim) tarkibidagi mikrotizimlar, ularo‘rtasidagi aloqalar mexanizmi.
Norma (me’yor) — adabiy tilga va adabiy nutqqa xos barqaror belgi- xususiyatlar. Ular ijtimoiy til amaliyotida tanlab olinadi va mustahkamlanadi.
Lingvistik omillar — til strukturasi va sistemasiga mansub bo‘lgan, shu tizim qoida-qonuniyatlaridan kelib chiqadigan omillar: fonemalar- ning funksional xususiyatlari, morfema tiplari, leksik va grammatik tizimlar xususiyatidan kelib chiqadigan faktorlar. Ular lisoniy omillar deb ham yuritiladi.
Ekstralingvistik omillar - tildan boshqa sistemalarga oid faktorlar (nolisoniy omillar). Ular til taraqqiyotiga tashqaridan (til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari jarayonida) ta’sir o'tkazadi.
- Uzus — leksema, frazema, so‘z shakli va sintaktik konstruksiyalarning til egalari tomonidan qabul etilgan qo‘llanishi.

Download 5.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling