H jamolxonov


Til — fonetik, leksik va grammatik vositalar o‘rtasidagi aloqa- munosabatlardan tarkib topgan barqaror tizim (sistema). Nutq


Download 5.34 Mb.
bet9/170
Sana20.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1789312
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   170
Bog'liq
H jamolxonov

Til — fonetik, leksik va grammatik vositalar o‘rtasidagi aloqa- munosabatlardan tarkib topgan barqaror tizim (sistema).
Nutq — til vositalari ishtirokida fikr ifodalash jarayoni.
Ierarxiya - til tizimida quyidan yuqoriga qarab bosqichma- bosqich joylashgan sathlar (yaruslar) yig‘indisi: fonetik-fonologik sath (quyi yarns), morfemik sath, leksik sath (yuqori yaruslar), grammatik sath (yariada yuqoriroq yarns) kabi.
HOZIRGI 0‘ZBEK ADABIY TILINING TARIXIY ILDIZLARI YA DIALEKTAL ASOSLARI
Adabiyotlar: 3 [12-26, 41-46, 161-164], 10 [8-16], 17 [21-23], 18 [5-59], 28 [3-174],

  1. §. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining, ma’lumki, bir qator tarixiy ildizlari bör: a) eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo‘lgan davr); b) qadimgi turkiy til (VII—XI asrlar); d) eski turkiy til (XI—XIII asrlar); e) eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XIX asrlar); f) yangi o‘zbek adabiy tili (XIX asrning oxiri - XX asrning boshlari). 0‘zbek tili ana shu tarixiy ildizlardan o‘sib chiqib, XX asrning 30- yillarida hozirgi o‘zbek adabiy tili shakliga kirgan2.
Turkoiogiyada va o‘zbek tilshunosligida o‘zbek tili tarixini boshqacharoq davrlashtirish holatlari ham uchraydi [qarang: 17, -21—23].
0‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini ko‘zdan kechirish qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan lisoniy taraqqiyot djqamikasini kuzatish, hozirgi o‘zbek adabiy tilining qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek adabiy tillaridan farqlarini aniqlash imkonini beradi. Bunday farqlarning paydo bo'lishi, odatda, ikki omilga asoslanadi:

  1. muayyan tilning ichki taraqqiyot qonuniyatlariga — tilning o'zidagi sistemaviy va strukturaviy hodisalar munosabatiga; 2) ikki yoki undan ortiq tillar o‘rtasidagi kontaktga (interstrat munosabatiga). 0‘zbel< tili taraqqiyotida eng qadimgi turkiy til va qadimgi turkiy til substrat (asos) til vazifasini, arab, tojik-fors va rus tillari esa superstrat (ustama) til vazifasini o'tagan. Substrat va superstrat tillar o‘rtasidagi aloqa odatda bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (ko‘p tillilik).sharoitida yuzaga keladi va tillar substratsiyasi deb ataladi: turkiy-arab, turkiy-fors, o‘zbek-arab, o'zbek- tojik, o‘zbek-rus ikki tilliliklari sharoitida asos til bilan ustama tillar o‘rtasida bogiangan aloqalar ana shunday substratsiyalar sanaladi. Ayni shu omillar (ichki taraqqiyot qonuniyatlari bilan birga) qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan davrda til strukturasida qator o'zgarishlarni yuzaga keltirgan. Buni til sathlari va tizimlari bo'yicha keltirilgan quyidagi , ma’lumotlardan anglab olsa boladi.


  1. Download 5.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling