H jamolxonov


Download 5.34 Mb.
bet38/170
Sana20.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1789312
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   170
Bog'liq
H jamolxonov

§. Fonema ottenkalari

Fonema ottenkalari fonemalarning talaffuzdagi real ko‘rinishlaridir (L.V. Shcherba). Chunonchi, «a» fonemasi old qator unlidir. Bu belgi «a» fonemasi uchun tipik hisoblanadi, biroq shu tipik belgi qaram so‘zida orqa qator unli ottenkasiga aylanadi. Demak, «a» fonemasi qaram so‘zida («q» bilan yondosh qo‘llanganda) orqa qator unli tarzida, karam so‘zida («k» bilan yondosh qollanganda) esa old qator unli tarzida talaffuz qilinadi. Bu ikki xil talaffuz «a» fonemasining so‘z tarkibidagi real ko‘rinishlari - ottenkalari hisoblanadi. Ottenkalar fizik-akustik va artikulatsion jihatdan o‘zaro farqlansa-da, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, chunki shu ikki ottenkaning fonologik funksiyasi bitta (ularning ikkalasi bitta «a» fonemasining vazifasini bajaradi). Demak, fonema bilan uning ottenkalari o‘rtasida umumiylik va xususiylik munosabatlari bor.
Fonema ottenkalaridan birining o‘mida ikkinchisini qo‘llab boimaydi: bunga shu ottenkani shakllantirgan fonetik pozitsiya yo‘l qo‘ymaydi. Masalan, ko 7 so‘zidä faqat old qator «e», qo 7 so‘zida esa faqat orqa qator «o» qo‘llanadi. Bir fonemaning turli pozitsiyadagi ko‘rinishlari — ottenkalari fonema qatorini hosil qiladi. Masalan, «u» fonemasi kul so‘zida old qator «Y» tarzida, qul so‘zida esa orqa qator «u» tarzida talaffuz etiladi, shunga ko‘ra y, u qatorini yuzaga keltiradi.
Fonema ottenkalari tushunchasiga L.V. Shcherba asos solgan. Bu tushuncha va atama Sankt-Peterburg (sobiq Leningrad) fonetistlari maktabi vakillari tomonidan ko'proq qo'llanadi.

  1. §. Ottenkalar tasnifi

Ottenkalar tilshunoslikda majburiy va individual turlarga ajratiladi.

  1. Majburiy ottenkalar fonemaning so'z tarkibidagi yoki nutq oqimidagi fonetik qurshov ta’sirida yoki ma’lum fonetik pozitsiya talabi bilan o'zgargan ko'rinishlaridir. Ular o'z navbatida kombinator ottenkalar va pozitsion ottenkalarga bo'linadi:

  1. kombinator ottenkalar so'z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, jarangli «z» fonemasi mazlcurso'zi tarkibida jarangsiz «k» undoshi ta’siriga uchraydi va jarangsiz «s» tarzida (maskur deb) talaffliz qilinadi;

  2. pozitsion ottenkalar undosh fonemalarning so'z oxirida kelgan, unli fonemalarning urg'uli yoki urg'usiz, ochiq yoki yopiq bo'g'inlarda qoilangan ko'rinishlaridir. Masalan, jarangli «b» va «d» fonemalari so'z oxirida jarangsiz «p» va «t» tarzida talaffuz qilinadi: tartib > tartip, omad > omat kabi. Bundagi «p» va «t» tovushlari jarangli «b» va «d» fonemalarining pozitsion ottenkalari sanaladi, «i» unlisi bilan so'zida qisqa va kuchsiz (urg'usiz bo'g'inda bo'lganligi uchun), o‘rik so'zida kuchliroq (urg'uli bo'g'inda bo'lganligi uchun), bir so'zida tor (to'la yopiq bo'g'inda bo'lganligi uchun), endi so'zida esa biroz kengaygan holatda — ende shaklida (so'z oxiridagi ochiq bo'g'inda bo'lganligi uchun) talaffuz etiladi. Bu ko'rinish- larning barchasi bitta «i» fonemasining turli pozitsion ottenkalari hisoblanadi;

  1. fonema ottenkalarining yuzaga kelishida ba’zan kombinator va pozitsion omillar birga qatnashadi, natijada fonemaning kombinator- pozitsion ottenkasi (aralash ko'rinishi) shakllanadi. Masalan, old qator «i» fonemasi qilich so'zining birinchi bo'g'inida «q» ning ta’siriga duch kelib, «bi» ga moyil talaffuz etiladi(kombinator ottenka), ayni paytda urg'usiz bo'g'inda bo'lganligi uchun bu fonema kuchsizlanadi (pozitsion ottenka).

Fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari tilshunoslikda shu fonemalarning allofonlari deb ham yuritiladi.
Har bir fonema nutq oqimida o'zining yuqoridagi ottenkalaridan biri shaklida namoyon bo'ladi, bunday ottenkalar ichida bittasi shu fonema uchun tipik bo'ladi — kam o'zgaradi yoki butunlay o'zgarmaydi: fonema­larning kuchli pozitsiyadagi ko'rinishlari bunga misol bo'ladi. Masalan, daraxt so'zi boshida yoki bodom so'zi o'rtasida qo'llangan «d» fonemasining akustik-artikulatsion belgilari shu fonemaning alohida (nutqdan tashqarida) 46 olingan belgilaridan deyarli farq qilmaydi. Fonemaning bunday ko'rinishi shu fonemaning asosiy ottenkasi yoki fonema qatoridagi dominanta deb qaraladi. Qolgan barcha ko‘rinishlar esa asosiy bo'lmagan (notipik) ottenkalar sanaladi. Notipik ottenkalar fonetik qurshovdagi tovushlarga ko‘proq darajada qaram boiadi;

  1. majburiy ottenkalarning adabiy so‘zlashuvga va jonli so‘zlashuvga xoslangan uslubiy ottenkalari ham uchraydi: ko'ylak 1» — adabiy so‘zlashuvga xos) > ko'ynak («n» — jonli so‘zlashuvga xos), qarmoq («r» — adabiy so‘zlashuvga xos) > qalmoq 1» — jonli so‘zlashuvga xos) kabi.

Fonemalarning uslubiy ottenkalaridan uslubiy (stilistik) maqsadlarda foydalaniladi.
So‘zlovchi va tinglovchining xotirasida, odatda, fonemaning asosiy ottenkasi «o‘rnashib qolgan» bo‘ladi, shu bois inson nutq oqimida fonemaning o'zgargan ottenkasi qo'llanganligini sezmaydi, uni asosiy ottenka sifatida qabul qiladi: fonemaning lingvistik-funksional (fonologik) xususiyati shuni taqozo etadi. Masalan, tub va tup so'zlari oxiridagi «b» va «p» fonemalari bir xil talaffuz etiladi: tup (1) va tup (2) kabi, ammo inson bu ikki so‘zning ma’nolarini farqlashda qiynalmaydi, chunki tub so'zining oxiridagi fonemaning aslida «p» emas, «b» ekanligi uning xotirasida mustah- kam o'rnashib qolgan. Demak, fonemalarning til va nutqdagi tanituvchi funksiyalari realizatsiyasida ularning fizik-akustik belgilari emas, lingvistik- funksional belgilari muhim rol o‘ynaydi. Bularni o'rganish fonologiyaning vazifasi hisoblanadi.

  1. Individual ottenkalar ayrim kishilarning talafïuzidagi o‘ziga xosliklar (masalan, erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari) tufayli yoki nutq a’zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan tovush ko‘rinishlaridir. Bunday ottenkalarning lingvistik qiymati yo'q, shunga ko'ra ular tilshunoslikda o'rganilmaydi.

  2. Fakultativ variantlar fonemaning bir xil fonetik pozitsiyadagi ikki xil ko'rinishidir. Chunonchi, shohi so'zidagi «h» shu pozitsiyada (intervokal holatda) «y» ko'rinishida ham, «h» ko'rinishida ham namoyon bo'ladi; shohishoyi, Tohir — Toyir kabi. Shuningdek, sirg'aluvchi «s» fonemasi jonli so'zlashuvda so'z boshida «ch» ko'rinishida ham qo'llanadi: soch — choch, sochiq — chochiq, sachratmoq — chachratmoq kabi.


  1. Download 5.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling