H jamolxonov


Download 5.34 Mb.
bet151/170
Sana20.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1789312
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   170
Bog'liq
H jamolxonov

Frazeologik omonimiya - omonimlar doirasidagi shakliy tenglik hodisasi.
Frazeologik paronimiya — tarkibidagi birorta leksema bilangina farqlanuvchi frazemalar.
Omofrazemalar - shaklan teng bo’lgan frazemalar.
Pärafrazemalar — paronimik munosabatda bo’lgan frazemalar.
Frazeologik sinonimlar — bir ma’no asosida birlashgan sinonimlar.
Uslubiy bo’yoq — frazemalaming ijobiy yoki salbiy baho ifodalovchi semalari.
Frazeologik variatsiya - bitta frazemaning ikki xil ko’rinishi.
Leksik-frazeologik sinonimlar — so’z va frazemalar o’rtasidagi ma’no birligiga asoslangan sinonimlar.
Leksik-frazeologik antonimlar - so’z va frazema orasidagi ma’no ziddiyatiga asoslangan antonimlar.
0‘Z VA O’ZLASHGAN QATLAM FRAZEMALARI
Adabiyotlar: 11 [87], 27 [180-183],

  1. §. Frazemalaming tarixan ikki qatlamga ajratilishi

O’zbek tili frazemalari tarixan ikki qatlamga ajratilishi mumkin: o’z qatlam frazemalari va o’zlashgan qatlam frazemalari.

  1. O’z qatlam frazemalari o’zbek tilining o’ziniki bo’lgan yoki umumturkiy manbaga mansub frazemalardir. Bunday frazemalar asosida bevosita o’zbek xalqi (yoki turkiy xalqlar) hayotiga xos voqelik va shunga suyangan obraz yotadi: ikki ko ‘z.i to ‘rt bo ‘Imoq (varianti: ko ‘zi to ‘rt botmoq) — ma’nosi: «intizor boimoq»; bel bog'lamoq (varianti: bel(i)ni bog'lamoq) — ma’nosi: «shaylanmoq», «otlanmoq»;

  2. O’zlashgan qatlam frazemalari — o’zbek tiliga boshqa tillardan o’tib, o’zlashib qolgan frazemalar. Bunday frazemalaming aksariyati kalka usulida o’zlashtirilgandir: pashshaga ozor bermaslik (ruscha Myxu He oöudemb frazemasining kalkasi) — ma’nosi: «beozor»; pashshadan fdyasamoq (ruscha u3Myxu denamb cnona frazemasining ijodiy kalkasi) — ma’nosi: «bo‘rttirib yubormoq», «oshirib yubormoq», «mubolag‘a qilmoq».

Boshqa tillardan frazemalarning o‘zicha (o'zgarishsiz) o'zlashtirilishi o'zbek tilida juda kam uchraydi: dardi bedavo (tojik tilidan); sukut — alomati rizo (tojik tilidan) kabi.
FRAZEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI VA ZAMONIYLIGI Adabiyotlar: 11 [87-89], 27 [143-151],
160- §. Frazemalarning ishlatilish doirasiga ko‘ra tavsifi
O'zbek tili frazemalarining ishlatilish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan bo'lishi mumkin.

  1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan frazemalar millat vakillarining barchasi uchun umumiydir, ular barchaning nutqida bir xil darajada qo'llanadi, barchaga tushunarli bo'ladi: ikki gapning birida, ko'ngliga qil sig‘maydi, ter to'kmoq, g'azabi kelmoq kabilar shular jumlasidandir.

  2. Ishlatilish doirasi chegaralangan frazemalar, asosan, muayyan dialekt yoki sheva birligi bo'lib, umumtil va adabiy til doiralarida qo'llanmaydi. Masalan, qipchoq lahjasi shevalarida qo‘Hni moylab kelmoq (ma’nosi: «xohlamay, loqayd ish!amoq»), ayroni achimas (ma’nosi: «loqayd», «beparvo»), jiydaning ostidan o‘tmoq (ma’nosi: «esini yo‘qotmoq», «miyasi aynimoq»), qulog7 ostida qolmoq (ma’nosi: «o‘lmoq», «vafot etmoq») frazemalari uchraydi98.

Ba’zan, umumtil frazemalarining u yoki bu shevadagi varianti (ko'rinishi) ham uchraydi: Qo'yniga qo‘l solib ko‘rmoq (umumtil frazemasi) — ichiga qo‘lsolib ko‘rmoq (dialektal variant), chitlaki chillakini ko‘rib chumak uradi (umumtil frazema) — chilgi chilgini ko ‘rib chumak uradi (dialektal variant) kabi.


  1. Download 5.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling