§. Anatomik-fiziologik aspekt
Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning biologik asosini - inson organizmidagi ayrim a’zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning tuzilishi va faoliyatini o'rganadi.
Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bo'lish mumkin: 1) nutq a’zolarining anatomiyasi; 2) nutq a’zolarining fiziologiyasi; 3) nutq a’zolarining ijro kechimi.
Nutq a’zolarining anatomiyasi deyilganda shu a’zolarning shakli, tuzilishi, o'rni nazarda tutiladi. Bunday a’zolar quyidagi apparatlarga birlashadi:
nafas apparati — o‘pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko'krak qafasi (1-rasm). Bu apparat a’zolari tovush hosil qilish uchun zarur bo'lgan havo oqimini boshqa a’zolarga yetkazib beradi, shu ma’noda havo manbayi sanaladi;
bo‘g‘iz bo‘shlig‘i — traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho'michsimon, ponasimon, shoxsimon tog'aylar mavjud. Bu apparatdagi eng faol a’zolar un. (ovoz) paychalaridir:
rasm. Nafas apparati:
/ - qalqonsimon tog'ay; 2 — uzuksimon tog'ay; 3 — kekirdak (traxeya); 4 - bronxlar; 5— bronxlarning uchki tarmoqlari; 6 — o'pkaning tepa qismi; 7— o'pkaning tag (ost) qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |