§. Eshitib his etish aspekti (perseptiv aspekt)
Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklaming eshitish a’zolariga ta’sirini his etish orqali so‘zning ma’nosini yoxud gap va nutq mazmunini idrok qilish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Ma’lumki, inson tashqi dunyoni o‘zining sezgi a’zolari orqali his etadi: ko‘radi, eshitadi, sezadi. Fonetik birliklar ham moddiy-material hodisa sifatida insonning eshitish a’zolariga ta’sir qiladi, ammo bu ta’sir shunchaki moddiy hodisaning ta’sirigina emas, balki fonetik so'zning (ma’noga ega bodgan formaning) yoxud gapning ta’siri bodadi. Shuning uchun 'har qanday so‘zni, so‘z shaklini yoki gapni eshitganimizda, ongimizda shu birliklarning ma’nosi yoki mazmuni, aniqrogd, ma’no yoki mazmun obrazi gavdalanadi. Bunday his etish, idrok qilishsiz tilning birorta funksiyasi(nominativ funksiya, kommunikativ funksiya, emotiv funksiya va hokazolar) amalga oshirilmaydi.
§. Lingvistik-funksional aspekt
Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning til mexanizmidagi rolini, demak, tilning ijtimoiy mohiyatini belgilashdagi ahamiyatini o'rganadi. Tilshunoslikda fonetikaning bu aspekti fonologiya deb ataladi (qarang: 19- §).
Tekshirish savollari
Tovushning fizik-akustik tabiatiga nimalar kiradi?
Tovushning balandligi nima?
Tovushning balandligi nima bilan odchanadi?
Tovushning baland-past tarzda todqinlanishi nimani hosil qiladi?
Melodika nima? Uning nutqda qanday ahamiyati bor?
Murakkab tovushni qanday tushunasiz?
Tovush kuchi nima? U qanday o‘lchov birligi bilan oichanadi?
Tovush kuchining til va nutqda qanday ahamiyati bor?
Tovush tembrini qanday tushunasiz?
Formant nima? U qanday aniqlanadi?
Nutq apparatlaridan qaysilari rezonatorlik (akustik filtrlik) funksiyasini bajaradi?
Tovush tembri vositasida nimalar farqlanadi?
Tovush cho‘ziqligi nima? Uning qanday turlari bor?
Fonologik va fonetik cho‘ziqliklar nimasi bilan farqlanadi?
Tovushning sifat va miqdor belgilariga nimalar kiradi?
Fonetik birliklarning biologik asosini qanday tushunasiz? Fonetikaning qaysi aspektida «biologik asos» haqida ma’lumot beriladi?
«Biologik asos»ni oTganishning qanday ahamiyati bor?
Nutq a’zolarining anatomiyasi, fiziologiyasi va ijro kechimlarini qanday tushunasiz?
Artikulatsiya qanday bosqichlardan tarkib topadi? Ekskursiya, o'rta holat (ish holati), rekursiya nima?
Fonetikaning perseptiv aspekti nimani o‘rganadi?
Fonetikaning lingvistik-funksional aspekti deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |