H jamolxonov


Download 5.34 Mb.
bet35/170
Sana20.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1789312
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   170
Bog'liq
H jamolxonov

§. Korrelatsiya

Korrelatsiya - ikki va undan ortiq oppozitsiyalarning bir farqlanish belgisi asosida uyushib kelishidan tarkib topgan tagsistema (mikrosistema). Masalan,o'zbek tili undoshlari «labial — til oldi» farqlanish belgisi asosida (p-t) + (b-d) + (m-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh) + (v-1) + (v-r) korrelatsiya- siga, «labial-til orqa» farqlanish belgisi asosida (p-k) + (b-g) + (f-x) + (v-g‘) korrelatsiyasiga, «til oldi — til orqa» farqlanish belgisi asosida (t-k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-g‘) + (n-ng) korrelatsiyasiga, «portlovchi — sirg‘aluvchi» farqlanish belgisi asosida (p-f) + (b-v) + (t-s) + (d-z) + (t-sh) + (d-j) + + (k-x) + (g-g‘) + (q-x) + (k-h) + (g-h) korrelatsiyasiga uyushadi (korrelatsiyalar miqdori va turlari yuqoridagilar bilan cheklanmaydi).
Odatda, oppozitsiyadagi differensial (farqlovchi) belgi korrelatsiyada integral (farqlanmaydigan, birlashtiruvchi) belgiga, oppozitsiyadagi integral belgi esa korrelatsiyada differensial belgiga aylanadi. Masalan, (p-b) oppozitsiyasidagi jarangsizlik (p) va jaranglilik (b) farqlovchi belgisi korrelatsiyadagi (p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch-dj) + + (x-g‘) oppozitsiyalarining barchasi uchun umumiydir, ayni paytda (p-

  1. dagi integral belgilar (lab-lab, portlovchi) bu oppozitsiyani korrelatsiyadagi boshqa oppozitsiyalardan farqlaydi (demak, differensial belgi vazifasini bajaradi). Qiyos qiling: p-b (lab-lab) + t-d (til oldi-tish) + k-g (sayoz til orqa) + p-b (portlovchi) + f-v (sirg'aluvchi) kabi.

Tilshunoslikda fonologik oppozitsiyalar tasnifining yana bir necha ko'rinishlari bor. Shulardan biri taniqli fonolog N.S. Trubetskoyga mansubdir. U fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko'ra tasnif qiladi:
Birinchi asos oppozitsiya bilan sistema o'rtasidagi munosabatga ko‘ra belgilanadi. Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. Bir o ichovli oppozitsiyalar. Bunda bir oppozitsiya a’zolariga xos bolgan belgïlar yig‘indisi shu sistema tarkibidagi boshqa oppozitsiyalarning a’zolarida uchramaydi. Masalan: (p-b)dagi «lab-lab, portlovchi» belgisi (t-

  1. da yo‘q, (t-d)dagi «til oldi, portlovchi» belgisi (k-g)da yo'q, (k-g)dagi «til orqa, portlovchi» belgisi (s-z)da yo‘q, (s-z) dagi «til oldi-dental, sirg‘aluvchi» belgisi (sh-j)da yo‘q, (sh-j)dagi «til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi» belgisi (ch-dj)da yo‘q. Shuning uchun (p-b) oppozitsiyasi tarkibida uchinchi a’zo uchramaydi. Bu xususiyat «jarangli-jarangsiz»lik farqlanish belgisi asosida uyushib kelgan korrelatsiya (tagsistema) tarkibiga kirgan barcha juftliklarga xos.

Bir o‘lchovli oppozitsiyalar ba’zan «bilateral oppozitsiyalar» deb ham nomlanadi [103, -282, -369].

  1. Ko‘p o‘Ichovli oppozitsiyalar. Bunda bir oppozitsiya a’zolaridagi belgilar shu sistemadagi boshqa oppozitsiya tarkibiga kiruvchi fonemaga ham xos bo‘ladi. Masalan: (b-d)dagi «portlovchi-jarangli»lik belgisi (d-g)dagi «g» fonemasida ham bor (b-d-g), (p-t)dagi «portlovchi-jarangsiz»lik belgisi esa (t-k)dagi «k» undoshida ham mavjud (p-t-k).

  2. Proporsional oppozitsiyalar. Bunda bir oppozitsiya a’zolaridagi farqlanish belgilari shu sistemadagi (yoki tagsistemadagi) barcha oppozitsiyalarga xos bo‘ladi. Masalan; «jarangsiz-jarangli»lik farqlanish belgisi shu belgi asosida tarkib topgan korrelatsiya a’zolarining barchasida bor: (p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + + (ch-dj) + (x-g‘) kabi.

  3. Yakkalangan oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolari o‘rtasidagi aloqa boshqa oppozitsiyalarda takrorlanmaydi. Masalan; o‘zbek tilidagi (1-r) oppozitsiyasiga xos «yon sonant» va «titroq sonant» farqlanish belgisi boshqa biror oppozitsiyada yo ‘ q [ 1, 29—31].


Download 5.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling