H jamolxonov
Download 5.34 Mb.
|
H jamolxonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonematik transkripsiya
- KapaM, papaM
- Fonema nirna
- Korrelatsiyaning yadrosini nima tashkil qiladi Korrelatsiya hodisasini dastlab kim aniqlagan
- Ozbek tili vokalizmida korrelatsiyaning qanday turlari mavjud
- Fonema ottenkalari va fonema qatori nima Fonema ottenkalari haqidagi tushunchaga kim asos solgan
- Fonemalarning variatsiya va variantlari qanday farqlanadi
- Fonemalarning differensial belgilari
- Gradual oppozitsiya
- Jaranglilik-jarangsizlik belgilariga asoslangan oppozitsiyalar
- Fonema ottenkalari
- HOZIRGI 0‘ZBEK ADABIY TILI VOKALIZM 1 Adabiyotlar
§. Transkripsiya
Transkripsiya — fonemalarning nutq oqimidagi turli ottenkalarini, shuningdek, mahalliy lahja va shevalarning fonetik xususiyatlarini (tovushlarning cho'ziq-qisqaligi, o'zakva morfemalar o'rtasidagi uyg'unlik kabi hodisalarni) yozuvda aniq ifodalash uchun qo'llanadigan maxsus grafik belgilar tizimidir. Bunday tizimdan xalq og'zaki ijodi namunalarini, o'zga til matnlarini yozib olishda ham foydalaniladi. Transkripsiyaning quyidagi ikki turi o'zaro farqlanadi: Fonetik transkripsiya. Transkripsiyaning bu turi fonetik prinsip asosida tuziladi — fonemaning talaffuzdagi har bir foniga alohida harf belgilanadi. O'zbek dialektologiyasida ko'proq rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyadan foydalanib kelinmoqda. Bu transkripsiyada o'zbek tili unlilari uchun quyidagi belgilar olingan (jadvalga qarang):
Demak, unlilarning turli ottenkalarini berish uchun transkripsiyada 15 ta belgi olingan. Bu belgilar orqali o‘zbek dialekt va shevalarida uchraydigan unli fonemalarni ifodalash mumkin. Undoshlar uchun rus grafikasiga asoslangan o'zbek alfavitidagi e, e, 10, h grafemalaridan boshqa barcha harflar ishlatiladi: «e», «e», «io», «a» lar esa transkripsiyada quyidagicha ifodalanadi: E — üe, ho, he; E — ho; K) — fly, ny; 51 — hø, ha. Transkripsiyada undoshlarning yumshoqligi ham alohida belgi bilan ifodalanadi. Masalan, «jT»(yumshoq «ji») kabi20. Fonematik transkripsiya (fonologik transkripsiya). Transkripsiyaning bu turi faqat fonemalarni ifodalashga asoslangan, unda har bir fon (allofon) uchun maxsus belgi (harf) ishlatilmaydi. Masalan, kir, qir (fonematik transkripsiya) - Kbr, (fonetik transkripsiya), KapaM, papaM (fonematik transkripsiya), Kdr&M, qaraM (fonetik transkripsiya). Fonematik transkripsiyada bir fonema uchun bir belgi qo‘llanadi, fonetik transkripsiyada esa fonemaning har bir foni (ottenkasi) uchun alohida belgi ishlatiladi, shuning uchun fonetik transkripsiyada harflar va diakritik belgilar miqdori ko‘p bofladi. 49 Fonema nirna? Fonemalarning differensial va integral belgilarini qanday tushunasiz? Bu belgilarning tilda qanday roli bor? Fonologik oppozitsiya (zidlanish) nima? Korrelyatsiya-chi? Korrelatsiyaning yadrosini nima tashkil qiladi? Korrelatsiya hodisasini dastlab kim aniqlagan? O'zbek tili konsonantizmida korrelatsiyaning qanday turlari bor? O'zbek tili vokalizmida korrelatsiyaning qanday turlari mavjud? Vokalizm sistemasining shakllanishida tilning ko'tarilishi, tilning yotiq harakati va lablarning ishtiroki qanday rol o'ynaydi? Ulardan qaysilari unli fonemalarning fonologik belgilarini shakllantiradi? Fonema ottenkalari va fonema qatori nima? Fonema ottenkalari haqidagi tushunchaga kim asos solgan? Fonema ottenkalaridan birining o'rnida ikkinchisini qo'llab bo'ladimi? Fonemalarning variatsiya va variantlari qanday farqlanadi? Fonemalarning mo'tadillashuvi (neytrallashuvi) va arxifonema (giperfonema) tushunchalarini qanday izohlaysiz? Tayanch tushunchalar Fonema - so'zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig'ini, binobarin, ma’nolarini ham farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik. Fonemalarning differensial belgilari - o'zaro qarama-qarshi qo'yilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari. Fonemalarning integral belgilari — o'zaro qarama-qarshi qo'yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari. Fonologik oppozitsiya — differensial belgilar asosida ikki fonemaning bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishi (fonologik zidlanish). Gradual oppozitsiya — pog'onali zidlanish. Korrelatsiya — bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori. Artikulatsiya o‘rni — talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan qismi. Artikulatsiya usuli — nutq a’zolari hosil qilgan to'siqdan havo oqimining portlab, sirg'alib yoki titrab o'tishi. Jaranglilik-jarangsizlik belgilariga asoslangan oppozitsiyalar — undosh tovushlarning jaranglilik va jarangsizlik belgilari asosida zidlanish hosil qilishi. Lablanish va lablanmaslik oppozitsiyasi — unli fonemalarning lablar ishtirokiga ko‘ra zidlanishi. Tilning uch darajali ko‘tarilishi — unli fonemalarning hosil bo‘lishida tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasi: quyi ko‘tarilish, o'rta ko‘tarilish, yuqori ko'tarilish kabi. Fonema ottenkalari - fonemalarning talaffuzdagi real ko'rinishlari. Kombinator ottenka - fonemaning so‘z tarkibidagi tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan ko‘rinishi. Pozitsion ottenka — fonemaning so‘z yoki bo‘g‘indagi pozitsiya talabiga moslashgan ko‘rinishi. Variatsiya — fonema ottenkasining Moskva fonologlari maktabida qabul qilingan nomi. Transkripsiya - fonemalarning turli ottenkalarini, shuningdek, lahja va shevalarga xos fonetik xususiyatlarni yozuvda aniq ifodalash uchun shakllantirilgan maxsus grafik belgilar tizimi. HOZIRGI 0‘ZBEK ADABIY TILI VOKALIZM 1 Adabiyotlar: 1 [44-63], 4 [20-22], 10 [47-53], 16 [16-20], 20 [15— 17], 22 [20-45], 27 [17-21], 29 [8-25], §. Vokalizm Vokalizm — o'zbek adabiy tilining unlilari tizimidir. U 6 ta fonemani - i, e, a, u, o‘, o tovushlarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi (kirillcha) o'zbek yozuvida bu 6 ta fonema uchun 10 ta harf (h, 3, a, y, y, o, e, e, io, a), yangi (lotincha) o'zbek yozuvida esa 6 ta harf (i, e, a, u, o, o') ishlatiladi. Fonemalar miqdori bilan harflar (grafemalar) miqdori o'rtasidagi bunday har xillik ularning boshqa-boshqa hodisalar ekanligidan dalolat beradi. (Bu haqda darslikning «Grafika» boiimiga qaralsin.) Unli fonemalar undoshlardan quyidagi belgilariga ko'ra farqlanadi: fizik-akustik jihatdan: unlilar ovozdan (asosiy va qo'shimcha tonlar munosabatidan) tarkib topadi, unda shovqin qatnashmaydi. Undosh tovush tarkibida esa shovqinning bo'lishi shart; b) anatomik-fiziologik jihatdan: unli tovushlar talaffuzida nutq a’zolari to'siq (fokus) hosil qilmaydi, bu hoi o'pkadan kelayotgan havo oqimining og'iz bo'shlig'ida to'siqqa uchramay o'tishini ta’minlaydi. Undoshlar artikulatsiyasida esa albatta to'siq (fokus) hosil qilinadi, havo oqimi shu to'siqdan portlab, sirg'alib yoki titrab o'tadi, bu jarayon undosh tovush uchun kerak bo'lgan shovqinni yuzaga keltiradi; d) lingvistik-funksional jihatdan: unlilar ham, undoshlar ham so‘z va morfema tarkibida «qurilish materiali» sifatida (shakllantiruvchi funksiyada) qatnashadi; shakllantirilgan fonetik so‘z yoki morfemalarning tovush qobig‘ini bir-biridan farqlaydi, shu orqali ularning ma’nolarini tafovutlash imkonini yaratadi. Yana: unlilar bo‘g‘in hosil qiluvchi asosiy tovushdir, undosh fonemalar esa unli bilan birga qatnashadi, o‘zicha bo‘g‘in hosil qilmaydi (sonantlar bundan mustasno, chunki ularda bo'g'in hosil qilish xususiyati bor)2\ Shuning uchun bo‘g‘in tarkibidagi unli shu bo'ginning cho'qqisi («vershina sloga») sanaladi. Bundan tashqari, unlining yolg'iz o‘zi fonetik so‘zni yoki morfema qobig'ini hosil qilishi mumkin: uchinchi shaxs, birlik ma’nosidagi «u» olmoshining, shuningdek «a?» so‘roq yuklamasining ifoda plani - moddiy-material asosi bir unlidan iboratligi. buning dalilidir. Undoshlarda esa bu xususiyat yo‘q. Download 5.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling