Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-797-806
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 797 www.ares.uz
MAKTABDA KIMYOVIY EKSPERIMENTLAR O‘TKAZISHNING
ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI
SH. R. Sharipov
Jizzax Davlat pedagogika instituti k.f.n.
H. M. Nasimov
Samarqand davlat universiteti dotsenti
A. A. Samiyev
Samarqand davlat universiteti
U. N. Kalandarov
Samarqand davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada asosan kimyo fanini o„qitishda pedagog o„qituvchining
maktabda kimyoviy eksperimentlar o„tkazishning ilmiy pedagogik asoslari
keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Modernizatsiyalash, texnologiya, pedagogik texnologiya, ta‟lim
jarayonini
texnologiyalashtirish, in
novatsiya, novatsiya, innovatsion ta‟lim
texnologiyalari,
innovatsion jarayon, ta‟limiy innovatsion jarayon, ta‟limiy
innovatsion jarayon bosqichlari, pedagogik mahorat.
KIRISH
Mustaqil O„zbekistonning kelajagi bo„lgan yosh avlodni tarbiyalash, nihoyatda
katta diqqat e‟tiborni talab qiladigan ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan,
o„qituvchi o„quvchi yoki talabaning shakillanish jarayonini zo„r havas va sinchkovlik
bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonlarni boshqarar ekan, pedagogik bilim va
mahorat egasi bo„lishi lozim. Shundagina o„qituvchi
pedagogik hodisalarning
mohiyatini va dialektikasini,
pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va
professional pedagogikani tushunib yetadi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo„lgan
o„qituvchi avvalo, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining
qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va
vazifalarini bilishi kerak. Ta‟lim tizimida mehnat
qilayotgan pedagoglarning