372
H.Ne’matov va R.Rasulovlar semema tarkibidagi semalarni ma’no
xususiyatiga,
umumiylik darajasiga ko‘ra farqlanishini inobatga olib, uning quyidagi
turlarini
ajratishni ma’qul ko‘rishdi:
a) atash semalari (denotativ semalar);
b) ifoda, tasvir, qo‘shimcha ma’no semalari (konnotativ semalar);
v) vazifa semalari (funksional semalar).
Mualliflarning fikricha, “har bir semema tarkibida shunday semalar mavjuddir”.
Aytish joizki, bu semalar atash ma’nosi, konnotativ va funksional semaga ega birliklar
tarkibdagina farqlanadi. Ammo tildagi barcha so‘zlar ham bir vaqtda bu kabi semalarga
ega bo‘lavermaydi.
Darhaqiqat, ba’zi so‘zlar atash ma’nosini ifodalashdan tashqari,
qo‘shimcha ma’no
semalari, ya’ni konnotativ semaga ham ega bo‘ladi. Masalan,
qiltiriq
so‘zida konnotativ ma’no bir vaqtda shu so‘zning lug‘aviy ma’nosi orqali anglashilib
turadi. Ammo
ozg‘in so‘zida bu sema mavjud emas. Yoki yordamchi so‘zlarning atash
semasiga
ega emasligi, ularga faqat vazifa semasi daxldor ekanligi hammaga ma’lum.
Demak, har bir semema tarkibida shunday semalar bir vaqtda mavjud bo‘lavermaydi.
Sinonimlarni belgilashga ham semik tahlilning tatbiq etilishi sinonimik
qatorlarga birlashtirilayotgan leksik birliklar ma’nolaridagi aynanlik, umumiylik va
farqlilikka aniqlik kiritish imkoniyatini yaratdi.
Xullas, o‘zbek tilshunosligida sinonimlarni belgilashda an’anaviy
va zamonaviy
qarashlar tubdan farq qiladi. Keyingi yillarda lug‘aviy sinonimlarni ularning leksik
ma’nolari tarkibini semik tahlil qilish asosida belgilash keng tus oldi.
Sinonimlarni
belgilashga bunday yondashuv ularning mohiyatidagi aynanlik va farqlilik belgilarini
ajratishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
A.Toshpo‘latov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Qo‘qon davlat pedagogika instituti