H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Download 1.94 Mb.
bet53/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

9.4. Agrar islohotlar. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi dehqonchilikda paxtachilik, sholi, bugʻdoy yetishtirish va chorvachilikda goʻsht, sut, qorakoʻl teri yetishtirish ustuvorlik qiladi.  Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligida tarkibiy oʻzgarishlar, bozor munosabatlariga oʻtish amalga oshirildi. Qishloq xoʻjaligi ilgarigidek, oʻlka iqtisodiy’otining yetakchi tarmogʻi boʻlib qoldi. Qishloq xoʻjaligida xususiylashtirish amalga oshirildi, fermer xoʻjaliklari tashkil qilindi. 1997-yil 1-yanvar holatiga koʻra nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Qishloq xoʻjaligida paxta, don, sabzavotlar, poliz ekinlari, goʻsht, sut, tuxum, qorakoʻl teri, jun, pilla va sholi asosiy mahsulotlar boʻldi. Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi oʻzgardi. Paxta maydonlari qisqartirilib, oʻrniga bug’doy, sholi, sabzavotlar, poliz ekinlari koʻpaytirildi.
Dehqon fermer xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha tajriba sinov Qoraqalpogʻistonda oʻtkazildi, toʻplangan tajriba Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga joriy qilindi. Dastlab Ellikqal’a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va etishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa xoʻjaliklari dehqon-fermer xoʻjaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Ana shu tajribani ma’qullab, Oʻzbekiston hukumati yerni uzoq muddatga ijaraga berish boʻyicha maxsus qaror qabul qildi. Hozirda oziq-ovqat yetishtirishda shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarning ham hissasi koʻpayib bormoqda.
9.5. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi. Mustaqillik yillarida oʻlkada aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Istiqlol yillarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida sogʻliqni saqlash tizimida ham muayyan oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bu borada eng avvalo aholi sogʻligʻini muhofaza qilish va mustahkamlash uchun tegishli moddiy texnik baza yaratish hamda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Oʻtgan yillar mobaynida respublika shifoxonalari va poliklinikalarini zamonaviy tibbiy-apparaturalar bilan ta’minlash boʻyicha alohida yutuqlarga erishildi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi – onalar va bolalar oʻlimi soni kamaydi. “…1996-yilda onalar oʻlimi 1991-yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar oʻlimi esa 1,8 martaga kamaydi”47. Oʻlkada “Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash boʻyicha milliy Dastur” hamda “Yosh avlodni sogʻlomlashtirish kompleks Dasturi” ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur Dasturlar boʻyicha mamlakatda ayollar va bolalar salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada 2001-yilda Respubhka shoshilinch tibbiy tez yordam markazi hamda Respublika akusherlik va genekologiya ilmiy tadqiqot institutining Nukus filiali tashkil etilib, aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish hamda xotin-qizlarning sogʻligʻini saqlash, kasalliklarning oldini olish, bemorlarni sogʻlomlashtirish borasida ham ijobiy natijalarga erishildi. Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻzini oʻzi boshqarish nodavlat va notijorat tashkilotlar faoliyatiga ham katta e’tibor qaratildi. 2000-yilga qadar boʻlgan davrda respublikada 140 ta nodavlat va notijorat tashkilotlar mavjud edi. Aytish joizki, “Perzent” (“Farzand”), “Qishki gullar”, “Xalq hunarmandlari-ning ijodiy ustaxonasi”, “Progress”, “Orolning oltin merosi” va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari toʻplagan tajribalar diqqatga loyiqdir.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling