H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Download 1.94 Mb.
bet52/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

9.3. Arxitektura va qurilish. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasida qurilish sohasiga kata e’tibor berib kelinmoqda. Jumladan, aholining infratuzilma inshootlari boʻyicha 1991-2003-yillarda 97 ta qishloq shifokorlik shahobchalari, 90 oʻrinli shifoxona, 11900 oʻquvchiga moʻljallangan maktab binolari, 7,5 ming kv. m turar joy, 2 ming km gaz tarmoqlari, 1,4 ming km suv tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Natijada respublikada 390 ta qishloq aholi punktlari toza ichimlik suvi bilan, yuzga yaqin aholi punktlari esa tabiiy gaz bilan ta’minlandi.
“Qoraqalpoqqurilish” aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kvadrat metr marmar bloklari va plita-lari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. “Nukusun” zavodida spirt ishlab chiqaradigan yangi tsex, 1993-yili Nukus shahrida “Kateks”, 1995-yili Ellikqal’a tumanida “Elteks” toʻqimachilik majmualari, Nukus va Qoʻngʻirot un kombinatlari, Toʻrtkoʻlda konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida konserva sexi foydalanishga topshirildi.
1991-2003-yillar mobaynida mobaynida San’at va Berdaq nomidagi muzeylar, Mirzo Ulugʻbek, Ajiniyoz, “Markaziy bank”, “Xalq”, “Paxta”, “Tadbirkor”, “Asaka” banklari, Xoʻjalik sudi, Nukus aeroporti binolari, respublika markaziy shifoxonasining binolari qayta ta’mirlandi va bunyod etildi. 80 kilometrli Qoʻngʻirot - Beynov avtomobil yoʻli, Nukus - Xoʻjayli yoʻnahshida temir-beton koʻprigi qurilib foydalanishga topshirildi.
Oʻtgan yillar mobaynida respublikada temir yoʻl va havo transporti sohasida ham bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi
Nukus aeroportining yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.
2002-yili rasmiy delegatsiya zalida va Nukus shahar aviakassa agentligining binosiga jahon andozalariga javob beradigan darajada ta’mirlash ishlari olib borildi va zamonaviy texnik asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 2002-yilda Nukus aero-vokzal majmuasi ta’mirdan chiqarildi va soatiga 200 nafar mijozga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻldi.
Nukus shahar temir yoʻl vokzalida ta’mirlash ishlari yakunlanib, xalqaro talablar darajasidagi binoga ega boʻldi.
Yangidan “Uchquduq - Miskin - Qoraoʻzak” temir yoʻl liniyalari ishga tushi-rilib, qoʻshni Turkmaniston Respublikasi hududidan oʻtmaydigan boʻldi. Miskin, Toʻrtkoʻl va Ellikqal’a temir yoʻl vokzallari qurib foydalanishga topshirildi. “Qoʻngʻirot - Nukus - Chimboy”, “Nukus - Toʻrtkoʻl” va “Toʻrtkoʻl - Uchquduq” yoʻnalishlari tashkil etildi. “Uchquduq - Miskin - Nukus”, “Toshkent - Nukus - Qoʻngʻirot - Toshkent”, “Andijon - Nukus - Saratov” va boshqa shaharlararo yoʻnalishlar tashkil etildi. Hozirda Toshkentdan Buxorogacha temir yoʻl elektrlashtirilgan. Kelajakda Buxoro-Urganch-Xiva-Nukus temir yoʻli elektrlashtirilishi rejalashtirilgan. Bu loyiha oxiriga yetib elektropoezd qoʻyilgandan keyin yoʻlovchilarning Toshkentdan Nukusgacha yetib boorish vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.
1999-yildan boshlab Yaponiya fondining OECF krediti boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasining 9 ta shahar tumanlarida (Nukus, Taxiatosh sha-harlari va Toʻrtkoʻl, Beruniy, Ellikqal’a, Xoʻjayli, Kegayli, Nukus tumanlari) qayta qurish va rivojlantirish loyihasi boʻyicha yangidan 306 kilometr shisha tolali kabelli 78,5 ming raqamlik ATS va 6720,0 ming portga ega raqamli shaharlararo telefon stansiyalari ishga tushirildi. Mazkur ATSlar orqali abonentlar jahondagi 180 davlatga sanoqli soniyalarda bogʻlanishi va sifatli soʻzlashish imkoniyatiga ega. Mazkur dasturning ikkinchi bosqichi boʻyicha Chimboy, Qorakoʻzak, Taxtakoʻpir, Amudaryo, Qanlikoʻl, Boʻzatov tumanlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.
2017-yilda Moʻynoqda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Moʻynoq Aeroportida 50 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan yangi terminal qurildi, uchish-qoʻnish yoʻlagi va maydonchalar ta’mirlandi. Majmua atrofi koʻkalamzorlashtirildi. Toshkent - Moʻynoq - Nukus aviaqatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Qoraqalpoq aholisi uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala boʻlgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, qisqa vaqtda 101 kilometrlik “Qoʻngʻirot – Moʻynoq” suv quvuri va “Qoʻngʻirot” suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Moʻynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 
2017-yilda investitsiya dasturiga muvofiq byudjet mablagʻlari va Orolboʻyi hududini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta’minlangani bu boradagi ishlarning izchil davomi boʻldi. 
Nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki butun mamlakatimizning faxri boʻlgan, dunyoda “Sahrodagi Luvr” deb shuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpoq davlat oʻlkashunoslik muzeyi binosi, Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bogʻi, zamonaviy imkoniyatlarga ega yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jom’e masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Bunday oʻzgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda roʻy berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, odamlar buni oʻz hayotlarida sezmoqda.



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling